O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot univеrsitеti r. D. Alladustov, A. J. Xo„jamurodov



Yüklə 1,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/110
tarix26.10.2022
ölçüsü1,88 Mb.
#66333
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   110
ARM Alladustov R D Moliya bozori va birja ishi O\' q 2019

investitsiya maslaxatchisining faoliyati, deb e‘tirof etiladi.
Yuridik yoki jismoniy shaxs investitsiya maslaxatchisi bo‗lishi mumkin. 
Investitsiya maslaxatchisi mijozga muayyan qimmatli qog‗ozlarni sotib olish 
yoki sotish bo‗yicha tavsiyalar taqdim etish, shuningdek mijozga investitsiya qarorini 
o‗zi mustaqil qabul qilishi uchun zarur axborotni takdim etish huquqiga ega. 
Maslaxat xizmatlari ko‗rsatilganida, bajarilgan ishlar dalolatnomasida muvofiq 
yozuvlar ko‗rsatiladi, mijozga taqdim etilgan hujjatlarning nusxalari esa investitsiya 
maslaxatchisida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda saqlanadi. 
Investorlarning pul mablag‗larini ishga solish maqsadida aksiyalar sotib 
oladigan va chiqaradigan hamda mablag‗larni fond nomidan qimmatli qog‗ozlarga, 
mas‘uliyati cheklangan jamiyatlar ulushlariga, banklardagi hisobvaraqlarga va 
omonatlarga qo‗yadigan yuridik shaxs investitsiya fondidir.


92 
Investitsiya fondlarining mablag‗larni bunday qo‗yish bilan bog‗lik 
tavakkalchiligi, bu mablag‗larning bozordagi qadri o‗zgarishidan keladigan daromad 
va ko‗riladigan zarar to‗la-to‗kis ushbu fond egalari (aksiyadorlari) hisobiga 
o‗tkaziladi va ular tomonidan fond aksiyalarining joriy narxlari o‗zgarishi hisobiga 
realizatsiya qilinadi. 
Banklar va sug‗urta kompaniyalari investitsiya fondlari bo‗la olmaydi. 
Investitsiya fondi boshqa tashkiliy-huquqiy shakllarga qayta tuzilishi mumkin 
emas. Investitsiya fondini qayta tashkil etish qimmatli qog‗ozlar bozorini tartibga 
solish bo‗yicha vakolatli davlat organi bilan kelishilgan xolda amalga oshiriladi. 
Yuridik shaxsning egalik qilish uchun o‗ziga berilgan va boshqa bir shaxsga 
tegishli bo‗lgan, mazkur shaxs yoki bu shaxs ko‗rsatgan uchinchi shaxslar 
manfaatlarini ko‗zlab:
- qimmatli qog‗ozlarni;
- qimmatli qog‗ozlarni sarmoyalashga mo‗ljallangan pul mablag‗larini;
- qimmatli qog‗ozlarni boshqarish jarayonida olinadigan pul mablag‗lari xamda 
qimmatli qog‗ozlarni xak evaziga boshqarish vakolatini muayyan muddat davomida 
o‗z nomidan amalga oshirishi qimmatli qog‗ozlarni boshkarish soxasidagi faoliyat 
hisoblanadi. 
Qimmatli qog‗ozlarni boshqarish faoliyatini amalga oshirish tartibi qonun 
hujjatlari va shartnomalar bilan belgilanadi. 
Qimmatli qog‗ozlarni ishonchli boshqarish bo‗yicha faoliyatni amalga 
oshiruvchi kimmatli qog‗ozlar bozorining professional qatnashchisi boshqaruvchi 
kompaniya deb nomlanadi. 
Ishonchli boshqaruvga berilgan investitsiya aktivlari bilan bitimlarni 
boshqaruvchi kompaniya o‗z nomidan amalga oshiradi, bunda u boshqaruvchi 
kompaniya sifatida xarakat qilayotganligini ko‗rsatishi kerak. Agar yozma ravishda 
rasmiylashtirishni talab etmaydigan xarakatlarni amalga oshirishda boshqa taraf 
uning bajarilishi to‗g‗risida boshqaruvchi tomonidan ma‘lum qilingan bo‗lsa, yozma 
hujjatlarda ishonchli boshqaruvchining nomidan keyin tegishli belgilar kiritilgan 
bo‗lsa, yuqoridagi shartga amal qilingan hisoblanadi. 


93 
Agar boshqaruvchi kompaniya va uning mijozi yoki bir boshqaruvchi 
kompaniyaning turli mijozlari manfaatlari yuzasidan baxs, barcha taraflar oldindan 
bu xakda xabardor qilinmagan bo‗lsa, boshqaruvchi kompaniyaning mijoz 
manfaatlariga zarar yetkazuvchi xarakatlarni amalga oshirishga olib kelgan bo‗lsa, 
boshqaruvchi kompaniya o‗z hisobidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda 
zararlarni qoplashga majbur.
Investitsiya fondlarining investitsiya aktivlarini boshqarish bo‗yicha faoliyat 
deganda, ushbu modda va qonun hujjatlari bilan belgilangan faoliyatning talablariga 
javob beradigan boshqaruvchi kompaniyaning faoliyati tushuniladi. Investitsiya 
fondlarining investitsiya aktivlarini boshqarish bo‗yicha faoliyatni amalga oshiruvchi 
yuridik shaxs investitsiya fondlarining boshqaruvchi kompaniyasi deb nomlanadi. 
Investitsiya fondlarini boshqaruvchi kompaniya investitsiya fondlarining 
investitsiya aktivlarini boshqarish bo‗yicha faoliyatni amalga oshiruvchi, shuningdek 
qimmatli qog‗ozlarning oldi-sotdisi bilan shug‗ullanuvchi qimmatli qog‗ozlar 
bozorining professional qatnashchisi hisoblanadi. 
Investitsiya fondlarini boshqaruvchi kompaniya qonunchilikka muvofiq 
tuzilgan va investitsiya fondining topShirig‗i bilan va uning nomidan unga berilgan 
qimmatli qog‗ozlarni; qimmatli qog‗ozlarga investitsiyalashga mo‗ljallangan pul 
mablag‗lari; qimmatli qog‗ozlarni boshqarish jarayonida qo‗lga kiritilgan pul 
mablag‗larini ishonchli boshqaruvni; investitsiya fondining qimmatli qog‗ozlari 
portfelini tuzishni va bu portfelni diversifikatsiya qilish bo‗yicha xizmatlar 
ko‗rsatishni; shuningdek fond bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq investitsiya 
fondining egasi vazifasini amalga oshiruvchi istalgan mulkchilik shaklidagi yuridik 
shaxs hisoblanadi. Ko‗rsatilgan operatsiyalar investitsiya fondlarini boshqaruvchi 
kompaniya faoliyatining mutlaq turlari hisoblanadi. 
Boshqaruvchi kompaniyaning ta‘sischilari yuridik va jismoniy shaxslar bo‗lishi 
mumkin, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, shuningdek ular tomonidan ta‘sis 
qilingan ustav fondining 25 foizdan ortigini davlat ulushi tashkil etuvchi korxonalar 
bundan mustasno. 


94 
Investitsiya fondlarining boshqaruvchi kompaniyasi depozitariy, davlat 
boshqaruv organi, notijorat tashkiloti, shuningdek affillangan shaxs (Shaxslar) 
tomonidan tuzilgan korxona bo‗lishi mumkin emas. 
Qimmatli qog‗ozlarni saqlash, qimmatli qog‗ozlar bo‗yicha huquqlarni hisobga 
olish va tasdiqlash bo‗yicha xizmatlar depozitar faoliyat hisoblanadi. 
Depozitar faoliyatni amalga oshiruvchi kimmatli qog‗ozlar bozorining 
professional qatnashchisi depozitariy deb nomlanadi. Fakat yuridik shaxsgina 
depozitariy bulishi mumkin. 
Qimmatli qog‗ozlarni saqlash, qimmatli qog‗ozlar bo‗yicha huquqlarni hisobga 
olish va tasdiqlash bo‗yicha depozitariy xizmatlaridan foydalanadigan shaxs 
deponent hisoblanadi. 
Depozitariy va deponent o‗rtasidagi munosabatlar tegishli shartnoma bilan 
tartibga solinadi. 
Depozitar shartnoma – depozitariy bilan deponent o‗rtasida yozma shaklda 
tuziladigan, qimmatli qog‗ozlarni saqlash va qimmatli qog‗ozlarga bo‗lgan 
huquqlarni hisobga olish bilan bog‗liq munosabatlarni tartibga solib turuvchi 
shartnoma. 
Depozitar xizmat ko‗rsatish to‗g‗risida shartnoma tuzish deponentning 
qimmatli qog‗ozlarga mulk huquqi depozitariyga o‗tishiga olib kelmaydi. 
Depozitariy o‗ziga deponentga qo‗yilgan qimmatli qog‗ozlarning but 
saqlanishi uchun, shuningdek qimmatli qog‗ozlarga bo‗lgan huquqlarni hisobga olib 
borish bo‗yicha o‗z burchlarini bajarmaganligi yoki tegishli darajada bajarmaganligi 
uchun, shu jumladan deponent hisobvaraqlari bo‗yicha yozuvlarning to‗laligi va 
to‗g‗riligi uchun qonunda belgilangandek javobgar bo‗ladi.
Deponentlarning qimmatli qog‗ozlariga depozitariyning majburiyatlari 
bo‗yicha undiruv qaratilishi mumkin emas. 
O‗zaro majburiyatlarni belgilash, aniqlash va hisobga olishga doir faoliyat 
kliring deb hisoblanib, bu faoliyat bitimga doir axborotni to‗plash, solishtirish, unga 
tuzatish kiritish hamda qimmatli qog‗ozlarga doir fuqaroviy-huquqiy bitimlarni ijro 
etish uchun buxgalteriya hujjatlarini tayyorlash operatsiyalarini nazarda tutadi. 


95 
Qimmatli 
qog‗ozlarga 
doir 
bitimlar 
bo‗yicha 
hisob-kitob-kliring 
operatsiyalarini amalga oshiruvchi qimmatli qog‗ozlar bozorining professional 
ishtirokchilari hisob-kitob-kliring palatasi (tashkiloti) deb ataladi.
Qimmatli qog‗ozlarga doir operatsiyalar yuzasidan hisob-kitob olib borilishi 
munosabati bilan kliringni amalga oshiruvchi tashkilotlar o‗zaro majburiyatlarni 
aniqlash chog‗ida tayyorlab qo‗yilgan qimmatli qog‗ozlar, pul mablag‗lari va 
buxgalteriya hujjatlarini ijroga qabul qilib olayotganlarida qimmatli qog‗ozlar 
bozorining qaysi qatnashchisi uchun hisob-kitob ishlari amalga oshirilayotgan bo‗lsa, 
shu qatnashchi bilan tuzgan o‗z shartnomalariga asoslanadilar. 
Hisob-kliring palatalarining (tashkilotlarining) mijozlari mablag‗lariga hisob-
kliring palatalarining (tashkilotlarining) majbuiyatlari yuzasidan bo‗yicha undiruv 
qaratilishi mumkin emas. 

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin