84
Sug‗urta kompaniyalari faoliyatining hossa va xususiyatlari evaziga moliya
bozori tarkibida alohida segment – integrallashgan sug‗urta xizmatlari bozori faoliyat
yuritadi va rivojlanadi.
Agar sug‗urta kompaniyalari aksiyadorlik kapitali asosida tuzilgan bo‗lsa, unda
ular aksiyalar emitenti sifatida ham namoyon bo‗ladi.
Fond bozoridagi emission
faoliyati doirasida ular boshqa turdagi qimmatli qog‗ozlarni ham belgilangan tartibda
chiqarishga haqli.
Ko‗rinib turibdiki, sug‗urta kompaniyalari banklar va
investitsiya institutlari
bilan bir qatorda moliya bozorining professional, o‗ta zarur, foydali va eng salmoqli
qatnashchilaridan hisoblanadi.
Bu esa moliya bozorining risksizlilik, jalbdorlilik,
barqarorlik,
moliyaviy
xavfsizlik darajasini ko‗tarishga, samarali investitsion hajmini
va jarayoni sifatini
oshirishga xizmat qiladi.
Shunday qilib, sug‗urta kompaniyalari umuman hayotda va iqtisodiyotda,
xususan moliya bozorida quyidagi rollarni bajaradi:
- risksizlikni (sug‗urta turlari klassifikatori bo‗yicha) ta‘minlovchi moliyaviy
institutlar;
- moliyaviy resurslar akkumulyatori, yirik investitsiyalar manbai;
-institutsional investor (belgilangan tartibda);
- qimmatli qog‗ozlar emitenti (belgilangan tartibda).
Aytilganlarni xalqaro sug‗urta bozori va sug‗urta operatsiyalari rivojlanishi
tendensiyalari asosida ko‗rish mumkin
16
.
Hozirda rivojlangan mamlakatlardagi sug‗urta kompaniyalari
operatsiyalari va
daromadining 60-80 foiziga orasidagi miqdori qimmatli qog‗ozlar bozorida
shakllanmoqda (ilova 2). Daromadining qolgan qismi esa traditsion sug‗urta
operatsiyalaridan hosil bo‗lmoqda. O‗zbekistonda ham shunga o‗hShash tendensiyani
ko‗rish mumkin
Dostları ilə paylaş: