76
Investitsion resurslarni moliya bozori imkoniyatlaridan foydalangan holda
yo‗naltirish investorlarning eng asosiy maqsadiy vazifasi hisoblanadi. Uning boshqa
vazifasi – o‗zining investitsion faoliyati jarayonida investitsiyalarini daromadliligi
oshirib borish va risklilik darajasini pasaytirishdir. Bunda moliya bozori investorning
vazifalarini va investitsion siyosatini
samarali amalga oshirishida, yetarli darajada
rivojlangan bo‗lishida katta rol o‗ynaydi va muhim funksiya bajaradi.
Investorlarni quyidagi belgilarga asosan tasniflash mumkin:
1. Tashkiliy-huquqiy shakli bo‗yicha: davlat tashkiloti (davlat boshqaruvi va
hokimiyati organi), turli mulkchilik asosidagi yuridik shaxslar,
jismoniy shaxslar
(fuqarolar va vaqtinchalik fuqarolik huquqiga ega emaslar).
2. Faoliyat yo‗nalishi bo‗yicha: individual va institutsional bo‗lgan davlat,
xalqaro va nodavlat moliyaviy institutlar va nomoliyaviy tashkilotlar, jismoniy
shaxslar.
3. Investitsion vositalari bo‗yicha: pul, valyuta, kredit, mulk, tovar-hom ashyo,
qimmatli qog‗ozlar va h.k. resurslariga ega bo‗lgan investorlar.
4. Investitsion siyosati bo‗yicha: davlatning iqtisodiy siyosatini (monetar,
budjet-soliq) yurituvchi vakolatli tashkilotlar, xalqaro iqtisodiy
siyosatni yurituvchi
tashkilotlar, investitsion siyosat yurituvchi shaxslar.
5. Milliyligi bo‗yicha: rezidentlar (ichki) va norezidentlar (tashqi).
6. Investitsion potensiali bo‗yicha: katta (institutsional, strategik), o‗rta va
kichik (minoritar) hajmda investitsiyalarni yo‗naltiruvchilar.
7. Riski bo‗yicha: yuqori, o‗rta va kamriskli investorlar.
8. Strategiyasi bo‗yicha: agressiv, konservativva ularning gibridiga asoslangan
investorlar.
77
9. Investitsiyalar turlari bo‗yicha: portfel, to‗g‗ri investitsiyalar qiluvchi
investorlar. Portfelli investorlar spekulyativ-portfel va strategik-portfel turida bo‗lishi
mumkin.
10. Investitsiya muddati bo‗yicha: qisqa, o‗rta va uzoq muddatli investorlar.
11. Sektorga yo‗nalganligi bo‗yicha:
- davlat sektoriga investitsiya
qiluvchilar;
- bank va moliya sektoriga investitsiya qiluvchilar;
- ishlab chiqarish sektoriga investitsiya qiluvchilar;
- ijtimoiy sektorga investitsiya qiluvchilar va h.k.
Jismoniy shaxs bo‗lgan investorlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda
investitsion faoliyat yuritadi.
Yuridik shaxs bo‗lan investorlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda
tuziladi, faoliyat yuritadi, reorganizatsiya qilinadi va tugatiladi.
Ma‘lum bir mamlakatga nisbatan rezident va norezidentlar hisoblangan
investorlar o‗sha mamlakatda o‗rnatilgan qonunlar doirasida
investitsion faoliyat
yuritadilar. Bu faoliyat doirasida bunday investor investitsiyalarini orttirish (kamida
saqlab qolish) siyosatini amalga oshiradi. Ushbu siyosat investorning ahvoliga va
turiga qarab agressiv va konservativ, strategik va portfel bo‗lishi mumkin.
Investorlarga qo‗yiladigan asosiy talablar: transparentlilik, mahfiylilik,
ishonchlilik, barqarorlik, raqobatbardoshlilik,
moliyaviy xavfsizlik, faollilik asosida
o‗z investitsiyalarining likvidlilik, daromadlilik, risksizlilik va bazisiga nisbatan
ekvivalentlilik darajasini ta‘minlashdan iborat. Odatda,
investorlar risklarga moyil
bo‗ladilar, ularning hatti-harakatlari refleksiv bo‗lib, bozordagi investitsion muhitga
va bozor konyunkturasiga bog‗liq bo‗ladi.
78
Mamlakatdagi investorlarning faollilik darajasi moliya bozorida va umuman
iqtisodiyotda muhim ahamiyatga ega bo‗lib, bu indikatorni (
F) baholash uchun
quyidagi mezonni (kriteriyni) qo‗llash mumkin:
Dostları ilə paylaş: