71
boshqarish asosida jalb qilingan investitsiyalar daromadliligi
va qiymatini oshirib
borishdir. Bunda moliya bozori emitentning vazifalarini va emission siyosatini
samarali amalga oshirishida, kerakli imidjga (obro‗-e‘tiborga) ega bo‗lishida katta rol
o‗ynaydi va muhim funksiya bajaradi.
Emitentlarni quyidagi belgilarga asosan tasniflash mumkin:
1. Tashkiliy-huquqiy shakli bo‗yicha: davlat organi, turli mulkchilik asosidagi
yuridik shaxs.
2. Faoliyat yo‗nalishi bo‗yicha: davlat, xalqaro va nodavlat moliyaviy
institutlar va nomoliyaviy tashkilotlar.
3. Moliyaviy instrumentlari bo‗yicha: davlat, munitsipal,
xalqaro va nodavlat
(korporativ) instrumentlar chiqaruvchi tashkilotlar.
4. Emission siyosati bo‗yicha: davlatning iqtisodiy siyosatini (mone-tar, budjet-
soliq) yurituvchi vakolatli tashkilotlar, xalqaro iqtisodiy siyosatni yurituvchi
tashkilotlar, investitsion siyosat (strategik, portfel, xorijiy investorlarga qaratilgan)
yurituvchi tashkilotlar.
5. Milliyligi bo‗yicha: rezidentlar va norezidentlar.
6. Emission potensiali bo‗yicha: katta, o‗rta va kichik hajmda moliyaviy
instrumentlarni chiqaruvchi tashkilotlar.
7. Imidji va riski bo‗yicha: yuqori, o‗rta va kam nufuzli va riskli tashkilotlar.
8. Moliyaviy instrumentlarining jalbdorliligi bo‗yicha: yuqori, o‗rtacha va kam
jalbdor emitentlar. Masalan, fond bozorida emitentlar o‗zlarining qimmatli qog‗ozlari
jalbdorliligi bo‗yicha quyidagicha tasniflanishi va tavsiflanishi mumkin:
―Zangori fishkalar‖ sarasiga kiruvchi qimmatli qog‗ozlar – bozorda
barqaror va
yuqori kreditlik imkoniyatiga ega yirik kompaniyalar chiqaradi.
72
―Ikkinchi eshelon aksiyalari‖ sarasiga kiruvchi aksiyalar – yosh lekin
yetarlicha yirik kompaniyalar chiqaradi.
―Markaziy‖ sarasiga kiruvchi qimmatli qog‗ozlar – tarmoqda yetakchi o‗ringa
ega va tarmoqdagi boshqa kompaniyalar aksiyalari bahosiga ta‘sir ko‗rsatuvchi
emitentlar chiqaradi.
―Himoyalanuvchi aksiyalar‖ sarasiga kiruvchi qimmatli qog‗ozlar – yuqori
dividendlar to‗lovchi va salbiy kotirovka miqdoriga yo‗l qo‗ymaydigan yirik
kompaniyalar.
―Dastur asosi‖ (―Gvozd programmi‖) sarasiga kiruvchi qimmatli qog‗ozlar –
qimmatli qog‗ozlarining yuqori likvidlilik darajasini ta‘minlovchi emitentlar.
―Rag‗batli aksiyalar‖ sarasiga kiruvchi aksiyalar – kurs narxi (kotirovkasi)
bo‗yicha yuqori o‗rinni egallagan kompaniyalar.
―Yoqimdor aksiyalar‖ sarasiga kiruvchi aksiyalar – daromadliligi bo‗yicha
―rag‗batli aksiyalar‖ toifasiga yaqin va kurs tafovutini
tez oshib borishini
ta‘minlovchi yosh kompaniyalar.
―Davriy aksiyalar‖ – aksiyalarning daromadliligini o‗zining faolligi bilan
bog‗liq tarzda sinxron o‗zgarishi asosida ta‘minlovchi kompaniyalar.
―Uxlab yotgan aksiyalar‖ – bozorni hali egallamagan, lekin o‗sishning katta
potensialiga ega aksiyalarni chiqaruvchi kompaniyalar.
―Ishirilgan aksiyalar‖ – aksiyalari haddan
tashqari yuqori baholangan
kompaniyalar.
―Spekulyativ aksiyalar‖ – bozorda yaqinda paydo bo‗lgan aksiyalarni
chiqaruvchi kompaniyalar (ularni imidji va tarixi yo‗q).
―Faol bo‗lmagan aksiyalar‖ – investorlar nuqtai nazaridan nolikvid va qiziqarli
bo‗lmagan aksiyalar emitentlari.
73
Yuridik shaxs bo‗lan emitentlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda
tuziladi, faoliyat yuritadi, reorganizasiya qilinadi va tugatiladi.
Ma‘lum bir mamlakatga nisbatan rezident va norezidentlar hisoblangan
emitentlar o‗sha mamlakatda o‗rnatilgan qonunlar
doirasida emission faoliyat
yuritadilar. Bu faoliyat doirasida bunday emitent moliyaviy resurslarni
(investitsiyalarni) jalb qilish siyosatini amalga oshiradi.
Ushbu siyosat emitentning
ahvoliga va turiga qarab agressiv va konservativ, strategik va portfel bo‗lishi
mumkin.
Davlat boshqaruvi va hokimiyati organlari
mamlakat qonunlari bilan
o‗rnatilgan vakolatlar, maqsad, vazifa va funksiyalar doirasida emission faoliyat
yuritadilar. Bu faoliyat doirasida bunday emitent moliyaviy resurslarni
(investitsiyalarni) jalb qilish siyosatini amalga oshiradi. Ushbu siyosat emitentning
ahvoliga, turiga va vakolatiga qarab makromoliyaviy, territorial va tarmoqiy bo‗lishi
mumkin.
Dostları ilə paylaş: