152
11-bob. JAHON MOLIYA BOZORINING ZAMONAVIY TENDENSIYALARI
VA MUAMMOLARI
Reja:
1. Jahon moliyabozorining rivojlanishi tendensiyalari va muammolari
2. Jahon moliya bozori muammolari
3. Xalqaro moliya bozoridagi operatsiyalar
4.O„zbekiston moliya bozorining jaxon moliya
bozoriga integratsiyalashuvi masalalari
Mashg`ulot maqsadi:
jahon moliya bozorining
umumiy tavsiflari,
unung rivojlanishi, zamonaviy
tendensiyalari hamda muammolari haqida tasavvurlarini
boyitish.
Bobni o„rganish natijasida talaba:
jahon moliya bozori tasnifini bayon qila oladi;
jahon moliya bozorini rivojlanishi haqida bilimga ega bo‗ladi;
jahon moliya bozoridagi muammolarni bilib oladi;
jahon moliya bozori rivojlanishining zamonaviy tendensiyalarinifarqlay
oladi;
1. Jahon moliyabozorining rivojlanishi tendensiyalari va muammolari
Jahon moliya bozorini xalqaro miqyosda globallashgan
bozor deb tavsiflash
mumkin. Jahon moliya bozori moliyaviy globallashuv jarayoni mahsuli bo‗lib,
industrial mamlakatlarni umumjahon miqyosda iqtisodiy samaradorligini keskin
oshirdi. Lekin bu jarayon rivojlanayotgan mamlakatlar rivojiga ijobiy ta‘sirdan ko‗ra
ko‗proq salbiy ta‘sir ko‗rsatishi hozirda barchaga ayon bo‗lib qoldi.
Buning sababi
rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyoti industrial davlatlar iqtisodiyotiga ko‗pdan
bog‗liqligida deb bilish mumkin. Moliyaviy globallashuv sharoitida moliya
bozorlarini rivojlanishi uzoq kelajakda dunyoning istalgan joyidan va vaqtda ishtirok
etish imkonini beruvchi xalqaro elektron birjani vujudga kelishini (hisob-kitob
markazi va markaziy depozitariy bilan kompleksda) tahmin qilish mumkin.
153
Rossiya Federatsiyasining Hisob palatasining ma'lumotlari bo‗yicha 2020-yilga
qadar Rossiya fond bozorini rivojlantirishga qaratilgan fond bozori taraqqiyotining 12
ko‗rsatkichidan jami ikkitasi ayni davrga qadar amalga oshirilgan. Gap "YAIM ga
kapitallashuv jarayonining nisbati" va" YAIM ga korporativ obligasiyalarning
ularning aylanmalaridagi nisbati" to‗g‗risida ketmoqda.
Dostları ilə paylaş: