Международный
научный
журнал
№
9
(100),
часть
3
«
Научный
импульс
»
апреля
, 202
3
1489
«JISMONIY SIFATLARNI TARBIYALASHDA HARAKATLI O‘YINLARNI QO‘LLASH
USLUBIYATI»
Xalimova Madinabonu Xusanboy qizi
Andijon Mashinasozlik Instituti Sirtqi fakultet MSMSM (Metralogyani
standartlashtirish va Mahsulot sifati menejmenti) yoʻnalishi 4-bosqich talabasi
Andijon viloyati Marhamat tumani 4-DMTT Jismoniy tarbiya oʻqituvchisi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada umumiy o’rta ta’lim maktablari jismoniy tarbiya
darslarida o’quvchilarining jismoniy sifatlarini tarbiyalashda harakatli o’yinlarni qo’llash
uslubiyati haqida bayon etilgan.
Kalit so’zlar:
harakatli o’yinlar, jismoniy tarbiya darsi, jismoniy sifatlar .
O‘quvchi bolalar sog‘ligini mustahkamlash va yosh
sportchilarni tarbiyalashda
harakatli o‘yinlarning o‘rni beqiyosdir. Buning isboti shundan iboratki, dars yoki trenirovka
mashg‘ulotlari davomida qo‘llaniladigan standart va me’yoriy (chegaralangan) jismoniy
mashqlar (yurish,
yugurish, osilib chiqish,
tortilish, oyoq va qo‘llarni bukish-yozish,
egilish
va h.) aksariyat hollarda bolalar qiziqishini so‘ndiradi, kayfiyatini tushiradi. Ko‘pincha
bunday mashg‘ulotlar unumli o‘tmaydi. Ko‘pchilik mutaxassis olimlarning fikriga ko‘ra,
aynan harakatli o‘yinlar sog‘liqni kuchaytirish, jismoniy sifatlarni rivojlantirishda o‘ta
samarali vosita deb tan olingan (Bril, 1980; A.I.Lisitsina, T.U.Usmonxo‘jaev, 1992;
M.N.Jukov, 2002; G.I.Berger 2003; I.M.Korotkov, L.V.Bileeva 1982,2005,; M.A.Qurbonova,
2006, 2009).
Lekin, ushbu mutaxassislar sakrovchanlik sifatlari va umuman barcha jismoniy sifatlar
hamda harakat ko‘nikmalarini rivojlantirishda qo‘llaniladigan harakatli o‘yinlardan
foydalanishdan avval shu o‘yinlarni
tashkil qilish, tartib-qoidalari,
shart-sharoitlarir,
pedagogik talablar haqida muayyan ma’lumotlarga ega bo‘lishi zarurligini ta’kidlaydilar.
Azaldan ma’lumki, pedagog – trener va o‘qituvchi – harakatli o‘yinlar tashkilotchisi va
boshqaruvchisi. Jismoniy tarbiya o‘qituvchisi harakatli o‘yinlarni tashkil qilish va o‘tkazishda
quyidagilarni nazarda tutish lozim: O‘quvchilarning jismoniy barkamolligiga, salomatligining
yaxshilanishiga, chiniqishiga, tana a’zolari va umumiy ish qobiliyatining o‘sishiga
yordam
berish;
O‘quvchilarda har xil sharoitlarda erkin harakat qila olish imkonini beradigan bilimlar
va kerakli harakat malakalarini hosil qilish;
O‘quvchilarda hayotiy faoliyatda yordam beradigan aqliy va irodaviy sifatlarni tarkib
toptirish;
O‘quvchilarni turli o‘yinlar va jismoniy
mashqlarga qiziqtirish, rejimga rioya qilishga
odatlantirish;