«Научный импульс» апреля, 02 1489 «jismoniy sifatlarni tarbiyalashda harakatli o‘yinlarni qo‘llash uslubiyati» Xalimova Madinabonu Xusanboy qizi



Yüklə 71,95 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix07.01.2024
ölçüsü71,95 Kb.
#209083
1   2   3   4   5   6
Xalimova Madinabonu Xusanboy qizi


часть
3
 
«
Научный импульс
»
апреля 
, 202

1491 
Xushyor o‘qituvchi ayrim bolalarning charchash belgilarini (rang o‘chishini, harakatlari 
sustligini va o‘yinni davom ettirish istagi yo‘qligini) darhol sezib oladi.
Jismoniy tarbiya darsining muhim xususiyatlaridan biri vaqtdan unumli foydalanishdir. 
Bu tadbir darsni samarali o‘tish imkonini beradi. O‘qituvchi o‘quvchilarni darsda faol 
qatnashtirish uchun barcha imkoniyatlardan foydalanishi, shuningdek, hamma 
o‘quvchilarga beraladigan topshiriqlar bir me’yorda bo‘lishiga erishish lozim.
Bunga esa har bir o‘yin va har bir ishtirokchi uchun vaqtni aniq taqsimlash yo‘li bilan 
erishish mumkin. Agar o‘ynovchilar soni juda ko‘p bo‘lsa, bir necha guruh yoki komanda 
tuzish, topshiriqni bajarish uchun belgilanadigan vaqtni qisqartirish lozim.
O‘yin paytida uning qoidalarini buzgan o‘quvchilarni o‘yindan chiqarib yuborish emas, 
balki ularga shtraf ochkolari berish orqali “jazolash” maqsadga muvofiqdir.
O‘yin bo‘linib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun unga yaxshi tayyorgarlik ko‘rish, o‘yin 
o‘tkaziladigan joyni va kerakli asbob-uskunalarni oldindan taxt qilib qo‘yish lozim.
O‘qituvchi maktabning imkoniyatlari va qo‘uvchilarning tayyorgarlik darajasini 
hisobga olib, o‘quv dasturida tavsiya etilgan o‘yinlarni o‘zgartirishi va ularga qo‘shimchalar 
kiritishi mumkin.
Harakatli o‘yinlarni o‘quv yilning choraklari bo‘yicha rejalashtirishda ob-havo 
sharoitlarini hisobga olish kerak, albatta. Masalan, O‘zbekistonda dekabr, yanvar, fevral 
oylaridan boshqa paytlarda mashg‘ulotlarni ochiq havoda o‘tkazish mumkin. Biroq ob-havo 
yaxshi vaqtga mo‘ljallangan “CHillak”, “Oq tosh”, “Qoziq”, “Tegizsang-minasan”, “Bayroq 
uchun kurash” singari o‘yinlar rejalashtirilganida ehtiyoj uchun ularning o‘rniga bino 
ichkarisida o‘tkazsa bo‘ladigan o‘yinlarni ham belgilab qo‘yish kerak (I.M.Korotkov, 1979, 
2009; L.V.Bileeva 2005, 2009; T.U.Usmonxo‘jayev, 1992).
Har bir chorak oxirida o‘tkaziladigan tekshirish mashg‘ulotlari uchun turli jismoniy 
mashqlardan iborat o‘yinlarni rejalashtirish lozim. Bunday o‘yinlar o‘quvchilarning 
tayrgarligini, egallagan malakalarini, harakatlarining tezligi va o‘zaro muvofiqligini sinab 
ko‘rishda yordam beradi.
O‘yin vaziyatida tez fikr yuritishni o‘stirish maqsadi bilan o‘yinnning ayrim usullarini 
o‘rgatishda sharoitga muvofiq holda o‘yinga “raqib” o‘yinchini kiritish ham mumkin.
Bolalar uchun harakatli o‘yinlarning ahamiyati ularda muayyan jismoniy sifatlarni 
hosil qilish va ularni takomillashtirish bilan cheklanmaydi. Harakatli o‘yinlar bolalarda 
intizomlilik, jamoada o‘zini tuta bilish va uning sharafi, obro‘si uchun kurashish, o‘rtoqlariga 
beg‘araz yordam berish kabi fazilatlarni ham shakllantiradi.
I-IV sinf o‘quvchilarida uyushqoqlik bilan bir maromda yurish ko‘nikmalarini hosil 
qilish uchun xorovodli (doira bo‘lib aylanib raqsga tushiladigan, ashula aytiladigan) 
O‘yinlarni, musiqa jo‘rligida o‘ynaladigan o‘yinlarni, shuningdek, aytilayotgan she’r vazniga 
mos harakatlar bajariladigan o‘yinlarni tanlash lozim. SHu maqsadda “Musiqa jo‘rligida 
yurish”, “Karuselь”, “O‘ylab top”, “Kimning ovozi” singari ommaviy o‘yinlardan, 
shuningdek, “O‘razan-bo‘razan”, “Pat”, “Pr-r-r...”, “Oq terakmi, ko‘k terak” kabi milliy 


Международный
научный
журнал


(100), 
Yüklə 71,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin