часть
3
«
Научный импульс
»
апреля
, 202
3
1490
O‘quvchilarda harakatli o‘yinlarni mustaqil holda tashkil etish va o‘tkazish uchun zarur
bilim va malakalar hosil qilish.
Harakatli o‘yinlarni o‘tkazishda o‘qituvchining tashkilotchi va tarbiyachi sifatidagi
vazifasi juda mas’uliyatlidir (I.M.Korotkov, 2009; L.V.Bileeva 2005, 2009; T.U.Usmonxo‘jaev,
1992).
Darsda,
shuningdek,
turli
o‘yinlarni
o‘tkazish
jarayonida
o‘rganiladigan
materiallarning metodik jihatdan izchilligiga alohida e’tibor berish muhim ahamiyatga ega.
Chunki izchillik birinchidan, darsning ta’limiy va tarbiyaviy vazifalarini to‘g‘ri hal qilish,
ikkinchidan, dars materiallarini to‘liq o‘tishga erishish, uchinchidan, butun dars davomida
har bir mashqni muayyan me’yorida amalga oshirish imkonini beradi.
Darsning boshida yoki o‘rtasida zo‘r e’tibor berishni va o‘zaro muvofiq murakkab
harakatlarni qilishni taqazo etadigan o‘yin hamda mashqlar o‘tkazilsa, dars oxirida
o‘quvchilarning tana a’zolarini birmuncha tinch holatga keltiradigan o‘yin va mashqlarni
o‘tkazish kerak. Masalan, dars boshida bolalarning diqqatini to‘plash uchun “O‘ylab top”,
“Hamma o‘z joyiga”, “Man qilingan harakat” singari o‘yinlar o‘tkazilsa, darsningasosiy
qismida “Quvnoq bolalar”, “Qoch bolam, kelxat keldi” kabi serharakat o‘yinlarni o‘tkazish
tavsiya etiladi.
O‘rta yoshdagi o‘quvchilar bilan darsning asosiy qismida “cho‘pon, qo‘y va bo‘ri”, “Oq
tosh”, “Oq ayiqlar” va boshqa o‘yinlarni o‘tkazish, darsning yakunlovchi qismida esa kam
harakatli “Daqiqa”, “To‘g‘ri burilish” o‘yinlarni o‘tkazish maqsadga muvofiqdir
(T.Usmonxo‘jaev, F.Xo‘jayev).
Agar butun dars faqat o‘yinlardan iborat bo‘lsa, serharakat o‘yinlarni kam harakatli
o‘yinlar bilan bir xil yo‘sindagi o‘yinlarni ikkinchi xil yo‘sindagi o‘yinlar bilan navbatlashtirib
o‘tish kerak.
Agar o‘qituvchi bir sport turi texnikasining ayrim qismini o‘yin orqali bolalarga
o‘rgatishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ysa, avval o‘yinning mazmuni va yo‘nalishini puxta
o‘ylab olishi zarur.
Masalan, “To‘pni oldirma” yoki “To‘p ilish” o‘yinlari yordamida bolalarga to‘p uzatish
va ilib olish harakatlarini o‘rgatish belgilangan bo‘lsa, bu ishni faqat mazkur o‘yinlar orqali
amalga oshirib bo‘lmaydi. CHunki o‘ynayotganlarning asosiy e’tibori to‘pni tez uzatish va
ilib olish bilan band bo‘lib, o‘yin texnikasi elementlarini bajarish e’tibordan chetda qoladi.
Agar bu ish tegishli metodik ko‘rsatmalarga amal qilib va ba’zi bir o‘zgarishlar kiritib
o‘tkaziladigan o‘yinlar yordamida bajarilsa, maqsadga erishish mumkin (M.A.Qurbonova,
2006).
O‘ynovchilarni ortiq charchatib qo‘ymaslik hayajonli va ermak o‘yinlarni ko‘p
o‘tkazavermay, ularni bolalarning jismoniy tayyorgarlik darajasi va organizmi imkoniyatini
hisobga olgan holda boshqa xildagi o‘yin va mashqlar bilan qo‘shib olib borish kerak.