«Научный импульс» апреля, 02 1489 «jismoniy sifatlarni tarbiyalashda harakatli o‘yinlarni qo‘llash uslubiyati» Xalimova Madinabonu Xusanboy qizi



Yüklə 71,95 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/6
tarix07.01.2024
ölçüsü71,95 Kb.
#209083
1   2   3   4   5   6
Xalimova Madinabonu Xusanboy qizi


часть
3
 
«
Научный импульс
»
апреля 
, 202

1492 
o‘yinlardan foydalanish mumkin. Bu o‘yinlar juda oddiy va oson bo‘lib, ulardan jismoniy 
tarbiya darslarida, xususan darsning boshi va oxirida samarali foydalanib kelinayotir 
(T.S.Usmonxo‘jaev, F.Xo‘jaev).
Turli harakatlarni bajarishda hayol va mustaqillikni o‘stirishga bevosita yordam 
beradigan “Daqiqa”, “Aniq burilish”, “Kim keldi?” singari mazmunli o‘yinlarni tanlash va 
o‘tkazish ham muhimdir.
Agar bir nechta o‘yin o‘tkazilsa, ular turli yo‘sinda bo‘lishi, ularga har xil mashqlar va 
harakatlar kiritilishi lozim. O‘qituvchi har bir darsning aniq vazifasini nazarda tutib, ana shu 
vazifani 
amalga 
oshirishga 
yordam 
beradigan 
o‘yinlardan 
tanlashi 
kerak 
(T.S.Usmonxo‘jayev, F.Xo‘jayev, 1990,1992).
Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarga mos harakatli o‘yinlar jismoniy tarbiya 
darsining asosi hisoblanadi. Uning uchun maktab dasturida o‘yinlar boshqa materiallarga 
nisbatan ko‘proq o‘rin oladi. Buning sababi shuki, dasturga kiritilgan har xil jismoniy 
mashqlarni bolalar turli o‘yinlar vositasida osonroq idrok qiladilar va o‘zlashtiradilar. 
Masalan, ularga yugurib kelib uzunlikka sakrashni o‘rgatish bo‘yicha alohida mashg‘ulot 
o‘tkazilsa, o‘qituvchi qo‘ygan vazifa amalda ko‘rsatish, bajarish va qanday bajarilganini 
aniqlash, xatolarni tuzatish va hokazolar bolalar uchun zerikarli bo‘ladi. Agar bu ishda “Bo‘ri 
zovur ichida” o‘yinidan foydalanilsa maqsadga osongina erishiladi.
III-IV sinflarda harakatli o‘yinlarni asosan darsning asosiy va yakunlovchi qismida 
o‘tkazish tavsiya etiladi, chunki dasturda darsning kirish qismida saf mashqlarini o‘tkazish 
belgilangan.
O‘yinlarda yugurish, sakrash, uloqtirish yoki irg‘itish kabi harakatlar bajarilishiga 
alohida e’tibor berish lozim. Bu yoshdagi bolalar bilan asosan oddiy va o‘rtacha 
murakkablikdagi o‘yinlar o‘tkaziladi. Agar bolalar yetarli darajada tayyorlangan bo‘lsa, 
yanada murakkabroq, ya’ni komandalarga bo‘linib ijro etiladigan o‘yinlarni ham o‘tkazish 
mumkin. Bolalar bu o‘yinlarda “Bir kishi hamma uchun, hamma bir kishi uchun” printsipi 
bo‘yicha birgalikda harakat qilishni o‘rganadilar. Bu hol butun jamoaning, komandadagi 
barcha ishtirokchilarning mas’uliyatini orttiradi. .Komandali o‘yinlar yetarli darajada 
chaqqonlik, hozirjavoblik, farosatlilik va jismoniy tayyorgarlikni talab qiladi va ayni vaqtda 
bu xususiyatlarni takomillashtiradi.
Jismoniy tarbiya darslari ko‘pincha turli o‘yinlardan iborat bo‘ladi va ularga gimnastika 
hamda sport o‘yinlarining asosiy turlari – basketbol, voleybol va hokazolar ham kiritiladi.
O‘qituvchi harakatli o‘yinlar yordamida jismoniy mashg‘ulotlarni qiziqarli o‘tkazadi va 
III-IV sinf o‘quvchilarida turli harakat ko‘nikmalarini hosil qiladi.
III-IV sinf o‘quvchilari harakatli o‘yinlarda qatnashganlarida ularning harakatlari 
faollashib, tartibli va aniqroq bo‘lib boradi.
9-10 yoshli bolalarning o‘yinlari birmuncha murakkablashtiriladi.
Agar o‘qituvchi o‘z oldiga o‘quvchilarda sportning biror turi bo‘yicha harakat 
ko‘nikmalarini hosil qilish vao‘zifasini qo‘ysa, ayrim darslar shu vazifani bajarishda yordam 


Международный
научный
журнал


(100), 
Yüklə 71,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin