O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot univеrsitеti r. D. Alladustov, A. J. Xo„jamurodov


 markaziy bankning ochiq bozordagi operatsiyalari



Yüklə 1,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə85/110
tarix26.10.2022
ölçüsü1,88 Mb.
#66333
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   110
ARM Alladustov R D Moliya bozori va birja ishi O\' q 2019

5. markaziy bankning ochiq bozordagi operatsiyalari 
Ochiq bozordagi operatsiyalar – bu pul bozoriga ta‘sir ko‗rsatish maqsadida 
qimmatli qog‗ozlarni markaziy bank tomonidan sotib olish va sotishdir. Ular XIX 
asrning 30–yillarida Angliyada ssuda kapitali bozorida ortiqcha mablag‗larni 
yo‗qotish uchun foydalanilgan edi. Markaziy bankning ochiq bozor siyosati shundan 
iboratki, qimmatli qog‗ozlarga bo‗lgan talab va taklifni tartibga solib, bunda tijorat 
banklarining qiziqishlarini uyg‗otishdir. 
Ochiq bozordagi operatsiyalar mazmuni markaziy bank tomonidan davlat 
qimmatli qog‗ozlari, bank akseptlari va boshqa kredit majburiyatnomalarini bozor 


177 
kursida yoki oldindan e‘lon qilingan kurs bo‗yicha sotib olish va sotishdan iboratdir. 
Bular sotib olingan taqdirda, markaziy bank tijorat banklariga tegishli summalarni 
o‗tkazib, ularning zaxira hisobraqamlaridagi qoldiqni ko‗paytiradi. Tijorat banklarida 
bo‗sh turgan pul mablag‗lari ortadi va ular ssudalar berish uchun foydalaniladi. Bu 
holda kreditlar bo‗yicha foizlar pasayadi. Berilgan ssudalar hajmining oshishi pul 
massasi hajmining ko‗payishiga olib keladi, bu esa, tegishli ravishda pul 
muomalasining holatiga ta‘sirini ko‗rsatadi. Markaziy bank restriksion pul siyosatini 
qo‗llagan holda (ya‘ni u muomaladagi pullar miqdorini qisqartirishga intilgan yilda), 
qimmatli qog‗ozlarni sotadi. Tijorat banklari qimmatli qog‗ozlarni sotib olishi uchun 
markaziy bank qimmatli qog‗ozlar bo‗yicha tijorat banklari uchun foydali bo‗lgan 
foizlar (yoki foizsiz qimmatli qog‗ozlar bo‗yicha katta miqdordagi marja)ni taklif 
etishi kerak. Agar markaziy bank tijorat banklariga qimmatli qokozlarni sotsa, ularda 
korxona va tashkilotlarga kredit berish uchun pul mablaklari kam qoladi. Bu mos 
ravishda, pul muomalasining holatiga samarali ta‘sir etib, mamlakatda pul massasi 
qisqaradi. 
SHunday qilib, yuqorida ko‗rsatilgan operatsiyalar bank tizimi zaxira mavqei 
holatiga ta‘sir etadi va u tartibga solish usuli sifatida foydalaniladi. XX asrning 40–
yillarida davlat obligatsiyalar bozorining nihoyatda ko‗payishi va ularning markaziy 
banklar tomonidan faol sotib olinishiga o‗tish ochiq bozordagi operatsiyalarni pul–
kredit siyosatining bosh usuliga aylanishi uchun shart–sharoitlar yaratib berdi. 
Bunday operatsiyalar AQSH, Angliya, Kanada, Germaniya, Gollandiyada keng 
qo‗llanmoqda. Ularning boshqa mamlakatlarda joriy etilishi asosan yetarlicha keng 
va faol davlat obligatsiyalari bozorining yo‗qligi sababli to‗xtalib turibdi. 

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin