173
martidan boshlab kredit muassasalari davlat qisqa muddatli obligatsiyalari (DQMO)
bilan dilerlik va brokerlik operatsiyalarini amalga oshira boshladilar. Buning ustiga
vositachilik xizmatlari ko‗rsatish bozorida banklar umuman olganda anchagana
foydali holatda bo‗ldilar, chunki hozirgi yilga qadar ham DQMO bozorida faqat
tijorat banklarigagina yo‗l ochiq. Banklarning vositachilik
operatsiyalari tarkibida
vositachilik xaqi evaziga qimmatli qog‗ozlar bilan bitimlarni ro‗yxatdan o‗tkazish
vazifasini alohida ajratish mumkin. Bitim yagona hisob yuritish ro‗yxati (registri)da
qayd etiladi va bitim qatnashchilari – bank mijozlari (qimmatli qog‗ozlarni xarid
qiluvchi va sotuvchi) ro‗yxatdan utish to‗g‗risida qayd etilgan shartnomani oladilar.
Ro‗yxatdan o‗tkazilgan barcha bitimlar to‗g‗risidagi axborotni banklar qimmatli
qog‗ozlar bozorini tartibga soluvchi organga davriy ravishda topshirib turadilar.
Agar bank brokerlik operatsiyalarini amalga oshiradigan bo‗lsa, u xar bir mijoz
uchun hisobraqam ochishi va mijozning qimmatli qog‗ozlari bilan amalga oshirilgan
barcha operatsiyalarga doir ma‘lumotlarni yozib borishi,
bunda qimmatli
qog‗ozlarning turi, operatsiyalar sanasi, sotilgan va xarid qilingan qimmatli qog‗ozlar
ning narxi va sonini ko‗rsatishi shart.
Ko‗pgina hollarda banklarning fond bozoridagi faoliyatini investitsiya
kompaniyalari ish–faoliyati bilan tenglashtirish mumkin. Banklar aksiyalar,
obligatsiyalar, depozit va jamg‗arma (omonat) sertifikatlarini chiqaradi,
shu tarzda
mablag‗larni jalb etib, resurslar yaratib, keyinchalik bu resruslarni korporativ va
davlat
qimmatli
qokozlariga
investitsiya
qilib
hamda
to‗g‗ridan–to‗g‗ri
investitsiyalarni amalga oshirib, ulardan foydalanadi. O‗zbekistonda tijorat
banklariga anderrayting bilan shug‗ulanish man etilmagan. SHunday qilib, tijorat
banklari investitsiya kompaniyalari vazifalarini muvaffaqiyatli bajarishi mumkin.
G‗arb davlatlarida banklar qimmatli qog‗ozlarni
birlamchi tarqatish yilida
qimmatli qoyuzlarni chiqarish va ularni birlamchi joylashtirishni tashkil etishda
vositachilar sifatida faol ish olib boradi. Banklarning qimmatli qog‗ozlarni xususiy
joylashtirish bo‗yicha vazifasi (matbuotda e‘lon qilmasdan va obunachilar keng
qatlamining ishtirokisiz) keng tarqaldi. Rossiya Federatsiyasida, masalan, investitsiya
banklari mavjud bo‗lmagani tufayli, tijorat banklari emitentlar
uchun hujjatlarni va
174
qimmatli qog‗ozlar chiqarish shartlarini ishlab chiqadi, fond bozorini tartibga
soluvchi organda qimmatli qog‗ozlar chiqarishning ro‗yxatdan o‗tkazilishini
ko‗zatadi, sarmoyadorlarni qidirib topish bilan shurullanadi,
birlamchi tarqatishni
amalga oshiradi, qog‗ozlarni chiqarish yakuni to‗g‗risida hisobot tuzadi, qimmatli
qog‗ozlarning sotilishini kafolatlaydi va x.k
Dostları ilə paylaş: