192
tashkil etilgan mustaqil ichki bozorni jadallik bilan yuzaga
keltirishning maqsadga
muvofiq ekanligini tasdiqladi Dastlab birja mas‘uliyati cheklangan jamiyat shaklida
barpo etildi. Qator vazirliklar, idoralar, respublikaning
yirik korxonalari uning
ishtirokchilari bo‗lishdi. Birjaning ustav fondi 10 mln. rublni tashkil etdi. Biroq,
1991-yil bahor oylarining oxiri va yoz oylarining boshida birja savdolarining shiddat
bilan o‗sishi birja ustav sarmoyasining oshirilishi, uning ishtirokchilari tarkibining
kengaytirilishi zaruratini keltirib chiqardi O‗sha yilning avgustida "O‗zbekiston
tovar–xomashyo birjasi" mas‘uliyati cheklangan jamiyat "Toshkent" O‗zbekiston
respublika universal tovar–fond birjasi (qisqartirilgan nomi – "Toshkent" birjasi)ga
aylantirildi va uning tarkibida qimmatli qog‗ozlar bozorining dastlabki rasmiy
tashkiloti – Fond bo‗limi ochildi Fond bo‗limi zimmasiga qimmatli qog‗ozlarning
uyushgan bozorini tashkil etish (fond boyliklari bilan birja savdolarini tashkil qilish),
birjaning brokerlik o‗rinlarini sotish, birjaning ustav
sarmoyasini shakllantirish
maqsadida uning aksiyalarini joylashtirish vazifalari yuklatildi.
1991-yilning sentabrida Biznes milliy universiteti bazasida "Toshkent" birjasi
"Aksiyalashtirish. qimmatli qog‗ozlar bilan operatsiyalar" maxsus o‗quv kursini
tashkil etdi. Savdo zalining fond seksiyasida ishlashni xoxlovchi barcha brokerlar
ushbu kursda o‗qishlari lozim edi. Bir yilning o‗zida Fond bo‗liminint
tarkibi
shakllandi. Brokerlik joyining narxi 100 ming rublni tashkil etdi. O‗sha yilning ko‗z
oylari mobaynida me‘eriy hujjatlar paketini ishlab chiqish bo‗yicha jiddiy ishlar olib
borildi va bu ishlar 1992-yilning boshiga kelib tugatildi O‗sha yilda "Toshkent"
birjasi Fond bo‗limi to‗g‗risida, brokerlik joyi to‗g‗risida, Fond bo‗limining a‘zolari
to‗g‗risida, Ekspert, Malaka, Kotirovka, Nizolar bo‗yicha komissiyalar to‗g‗risida
tasdiqlangan nizomlarga va eng asosiysi boshqa respublikalar,
shuningdek, g‗arbiy
Yevropa davlatlari hamda AQSH fond birjalari tajribalarini
inobatga olgan holda
ishlab chiqilgan qimmatli qog‗ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish qoidalariga
ega edi.
1992-yilning yanvarida "Toshkent" birjasining Fond bo‗limi respublikada
birinchi bo‗lib qimmatli qog‗ozlar bilan muntazam savdolarini o‗tkazishga kirishdi.
O‗sha 1992- yilda "Toshkent" birjasi Fond bo‗limining qimmatli qog‗ozlar bilan
193
operatsiyalar bo‗yicha aylanmasi 26 mln. rublni tashkil qildi, bu
Rossiyani dongdor
fond birjalarining xuddi shunday ko‗rsatkichlari bilan taqqoslanadigan darajada edi.
Savdolarga banklarning aksiyalari, turli birjalarning fond boyliklari toifasiga
kiritiladigan brokerlik joylari, shuningdek, ishlab chiqarish tijorat yo‗nalishidagi
dastlabki aksiyadorlik jamiyatlarining paydo bo‗la boshlagan aksiyalari qo‗yildi.
Fond bo‗limi o‗sha yilda qimmatli qog‗ozlar bozori ishtirokchilarining faoliyatini
tartibga soluvchi me‘eriy hujjatlar bo‗lmagan sharoitda va o‗zi yaratgan qoidalar
asosida ish olib bordi Fond bozorining respublika miqesidagi dastlabki yirik
muassasasi bo‗lgan Fond bo‗limi nafaqat dastlabki emitentlar va sarmoyadorlarning,
balki Moliya vazirligining ham e‘tiborini tortdi Moliya vazirligi o‗sha
yil endigina
fond bozoriga nisbatan o‗z munosabatini belgilay boshlab, uni tartibga solishga urinib
ko‗rdi.
Dostları ilə paylaş: