Qimmatli qog`ozlar Tuzuvchi: Alisherov Shahbozbek



Yüklə 6,04 Kb.
tarix19.12.2023
ölçüsü6,04 Kb.
#186476
Alisherov Shahbozbek 1-22 Iqtisodiyot.1

Qimmatli qog`ozlar

Tuzuvchi: Alisherov Shahbozbek


Sarmoyasini oshirishni istagan har bir kishi muqarrar ravishda fond bozori konseptsiyasi bilan shug'ullanishi kerak.
Qimmatli qog'ozlar bozori pulni investitsiya qilishning eng samarali usuli hisoblanadi, chunki ular ko'p foyda olishga va ularni tezda sotib olish va sotishga imkon beradi.

Qimmatli qog’ozlar bozori nima?


Shu o`rinda asosiy so'z bu bozor. Bu bozor bo’lganligi sababli, ma’lum bir mahsulotni taklif qiladigan sotuvchilar va ushbu mahsulotni sotib oluvchilari bor. Bu bozorda mahsulot, qimmatli qog’ozlar hisoblanadi. Shuning uchun ham fond bozori yoki qimmatli qog’ozlar bozori deb ham aytiladi.
Qimmatli qog’ozlarning
quydagi turlari mavjud:
  • Aksiya
  • Obligasiya
  • Veksel
  • Chek
  • Investitsion paylar
  • Fyuchers va opsionlar

Qimmatli qog'ozlar bozori - bu iqtisodiyotning bir tarmog'idan boshqasiga pul o'tkazish mexanizmi hamdir.

Buni tushuntirishni osonlashtirish uchun biz oddiy misol keltiramiz. Muayyan mahsulotni ishlab chiqaradigan kompaniya mavjud va uni ishlab chiqarishini davom ettirishi uchun pul yo’q.Ushbu pulni olish uchun kompaniya o’z nomidan fond bozorida ba’zi qimmatli qog’ozlarni chiqaradi. Shu bilan birga, zarur miqdordagi pulga ega bo’lgan boshqa kompaniya ushbu qimmatli qog’ozlarni sotib oladi. Shunday qilib, korxonalar va tarmoqlar o'rtasida kapital qayta taqsimlash boshlanadi.

Qimmatli qog’ozlar bozorining funksiyalari


Qimmatli qog’ozlar bozorining mohiyati va funksiyalari boshqa bozorlarnikidan farq qilmaydi. Masalan oziq-ovqat bozorlarining faoliyati. Asosiy vazifa- xaridor va sotuvchilarni birlashtirish. Boshqacha aytganda, fond bozori sotuvchilar va xaridorlarning to'planadigan joyidir.

Qimmatli qog'ozlar va ularning turlari

Aksiya

Aksiya – bu uning egasi aksiyadorlik jamiyati kapitaliga o’zining ma’lum hissasini qo’shganligiga qarab jamiyatning foydasidan divident shaklida daromad olish huquqi borligiga guvohlik beruvchi qimmatbaho qog’oz.

  • Aksiyalar 2 guruhga bo’linadi:

Oddiy aksiyalar - kompaniyaning ustaviga muvofiq aktsiyadorlarning umumiy yig'ilishida o'z vakolatlariga kiradigan barcha masalalar bo'yicha ovoz berish huquqiga ega bo'lish huquqida ishtirok etishlari, shuningdek dividendlar olish huquqiga ega bo'lishlari mumkin, shuningdek kompaniya tugatilgan taqdirda o'z mulklarining bir qismini olish huquqiga ega.
Imtiyozli aksiyalar. Bunga aksiya egasi dividendni olingan foydaga qarab emas, balki oldindan belgilangan qatʼiy foizlarda oladi. Lekin bunday aksiya egasi aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida ovoz berish xuquqiga ega boʻlmaydi. Bunday aksiyalar, qoidaga koʻra, aksiyadorlik jamiyati nizom jamgʻarmasining 10% idan ortiq chiqarilishi mumkin emas.

Veksel

Veksel – veksel beruvchining yohud vekselda ko’rsatilgan boshqa to’lovchining vekselda nazarda tutilgan muddat kelganida veksel egasiga muayyan summani to’lash yuzasidan qat’iy majburiyatini tasdiqlovchi qimmatli qog’oz.


Veksel sifatida ishlatiladi :
  • to'lov vositasi;
  • garov va qarz berish uchun to'lov vositasi.

Tijorat banklari nima uchun veksellarni chiqaradi :
  • veksellarda ko'rsatilgan miqdorni belgilangan muddatda to'lash bankning bir tomonlama va shartsiz majburiyatini aks ettiruvchi veksellar;

Cheklar

Chek – bu chekda ko'rsatilgan summani bankdan to’lovchining so'zsiz buyrug'isiz to’lashni o'z ichiga olgan qimmatli qog'oz .


Cheklar quyidagi turlarga
bo'linadi :
  • Ro’yxatdan o’tgan
  • Buyurtma
  • Tashuvchi

Chek egasi kim- chek beruvchining o'zi bankda ma’lum pul mablag'lariga ega bo'lishi, cheklarni berish orqali pul mablag’larini boshqarish huquqiga ega bo'lgan yuridik shaxs bo'lib.

Xulosa


Xulosa qilib shuni aytish kerakki, fond bozori bu muayyan qonunlar va qoidalarga bo'ysunadigan va har bir davlat iqtisodiyotida muhim rol o'ynaydigan ulkan va murakkab tizimdir. Agar siz o'zingizning pulingizni qanday boshqarishni, kapitalni oqilona sarflash va ko'paytirishni o'rganishni istasangiz, pul qanday ishlashini, qanday aylanishini va qimmatli qog’ozlar yordami bilan pulni qanday ko'payishini tushunishingiz kerak

E’tiboringgiz uchun rahmat !


Yüklə 6,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin