190
Fond birjasida qimmatli qog‗ozlar bilan operatsiyalar quyidagi asosiy
tamoyillarga muvofiq amalga oshiriladi:
1. birja
savdolarining ishtirokchilari, shuningdek, birja xizmatkorlari
tomonidan qonunchilik va birja qoidalariga qat‘iy rioya qilinishi;
2. birja savdolarining barcha ishtirokchilari uchun teng sharoitlar
yaratilishi;
3. birja savdolari o‗tkazilishini oldindan belgilangan joy va yil bilan
reglamentlash yo‗li orqali ushbu savdolarning regla mentlanishini ta‘minlash;
4. tuziladigan bitimlarning ixtiyoriyligi;
5. amalda yuzaga kelgan talab va taklif asosida narxni belgilash;
6. birja savdolariga ruxsat etilgan qimmatli qog‗ozlar haqidagi ishonchli va
to‗liq ma‘lumotlarni zudlik bilan e‘lon qilish hamda birja
savdolari ishtirokchilarini
birja bitimlarining narxlari to‗g‗risida xabardor qilish;
7. qonun
yo‗li
bilan
talab
etiladigan
birja
axborotini
taqdim
etish va e‘lon qilish;
8. tovlamachilik, narxlar bilan nayrangbozliklar qilinishi, qasddan noto‗g‗ri
axborot berilishining taqiqlanishi va ta‘qib qilinishi va h.k.
Birjada qo‗yidagilar taqiqlanadi:
1. qalbaki, sun‘iy qisqa muddatli bitimlarning tuzilishi;
2. monopoliyaga qarshi siyosatni yuritishga vaqil etilgan organ bilan oldindan
kelishuvlarsiz bir–birining mulkini nazorat qiluvchi bir shaxs yoki shaxslar guruhi
tomonidan biror–bir emitent aksiyalarining 35 va undan ortiq foizini ta‘minlovchi
yoki aksiyadorlar ovozlarining 50 foizidan ortig‗ini ta‘minlovchi aksiyalarni xarid
qilish hamda bitimlarni ro‗yxatga olish;
3. bir shaxs tomonidan bevosita yoki baholar kotirovkasiga ta‘sir ko‗rsatishni
maqsad qilgan soxta shaxs orqali qimmatli qog‗ozlarni sotib olish (sotish) bo‗yicha
ko‗lamli bitimlarning tuzilishi;
4. qimmatli qog‗ozlar bozori konyunkturasining sun‘iy ravishda o‗zgarishiga
olib kelishi mumkin bo‗lgan yolg‗on xabarlarni tarqatish va qimmatli qog‗ozlar bilan
savdolar qilishning asosiy tamoyillariga hamda amaldagi
qonun hujjatlariga zid
bo‗lgan boshqa harakatlar.
191
Fond birjalari o‗zini o‗zi tartibga soluvchi tashkilotlar jumlasiga kiradi. Bu
shuni anglatadiki, birjalar qimmatli qog‗ozlar bilan birja savdolari qoidalarini,
birjaning tarkibiy tuzilmalari, ularni a‘zolarining ishini tartibga
soluvchi hujjatlarni
mustaqil ravishda ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, biroq bularning barchasi qimmatli
qog‗ozlar bozori to‗g‗risidagi amaldagi qonun hujjatlari doirasida amalga oshirilishi
lozim. Xususan, birja operatsiyalarining qoidalari majburiy tartibda qo‗yidagi
ta‘riflarni nazarda tutishi kerak:
5. muayyan birjada qimmatli qog‗ozlar bilan savdo–sotiq qilish tamoyillari;
6. birja savdolari ishtirokchilarining tarkibi va ularga nisbatan qo‗yiladigan
talablar; birja yig‗ilishlarining joyi va
yili haqida axborot;
7. qimmatli qog‗ozlarning birja savdolariga ruxsat etilishi tartibi;
8. birja bitimlari;
9. mijozlarning brokerlarga topshiriqnomalari (buyruqlari)ning turlari;
10. savdolarni tashkil etish;
11. bitimlarni ro‗yxatga olish va rasmiylashtirish tartibi;
12. bitimlarni tuzishda
foydalaniladigan shartnomalar, arizalar, hisobotlar,
xabarnoma shakllari va boshqa birja hujjatlarining namunalari.
Dostları ilə paylaş: