210
yirik bitimlar tuzadigan asosiy mijozlar uchun 8 AQSH dollaridan narxi qimmatroq
brokerlar orqali ishlaydigan kichikroq mijozlar uchun 100 dollargacha bo‗lishi
mumkin.
«Tryumlar» bahosi birja tomonidan
ham tartibga solinadi, biroq bunda u
odatda brokerning komission foizlariga kiritiladi.
«Svop» valyuta operatsiyalari bu – belgilangan muddat o‗tgach
sotib olish
majburiyati bilan xorijiy valyutani «spot» shartlarida milliy valyutaga sotib olishdir.
Operatsiyalar markaziy va tijorat banklari tomonidan xalqaro hisob-kitoblar uchun
zarur bo‗lgan
valyutani xarid qilish, valyuta zaxiralarini diversifikatsiyalash joriy
schetlarida belgilangan qoldiqlarni qo‗llab-quvvatlash maqsadida amalga oshiriladi.
«Svop» foizli operatsiyalarida bitim tomonlaridan birining qat‘iy
belgilangan
stavka bo‗yicha to‗lovlar olish evaziga boshqa tomonga o‗sishi yoki pasayishi
mumkin bo‗lgan LIBOR stavkasi bo‗yicha foizlar to‗lash majburiyati ko‗zda tutiladi.
Ssuda kapitallari bozorida konyunkturani aniqroq bashorat qilgan bitim qatnashchisi
yutib chiqadi.
Ko‗p hollarda «svop» operatsiyalari oltin bilan o‗tkaziladi.
Bu holatda
qimmatbaho metall belgilangan muddatda uni qayta sotib olish shartlarida,
biroq
o‗rtacha foiz stavkasini qamrab olgan holda «spot» shartlarida sotiladi. «Svop»
operatsiyalarini markaziy bank o‗tkazadi, bu unga oltin zaxiralarini amalda
kamaytirmasdan turib, to‗lov balansi taqchilligini moliyalashtirish
uchun kredit
olishga imkon beradi.
Dostları ilə paylaş: