215
direktorlar kengashiga yordam beradi,
shuningdek, tartibga solish qoidalariga
muvofiq ularga yuklatilgan birja faoliyati bo‗yicha muayyan majburiyatlarni
bajaradi. Birjaning yollanma xodimlari savdo bo‗yicha hech qanday huquqqa yoki
ovoz berish huquqiga ega emas. Xodimlar soni
va ularning majburiyatlari
Direktorlar Kengashi tomonidan belgilanadi. Personal direktorlar Kengashi va
qo‗mitalarning topshiriq va qarorlarini bajaradi, personalning tashkiliy strukturasi
esa ko‗pincha turli qo‗mitalarning funksiyalariga mos keladi.
Birja a‘zosining ikkinchi muhim ustunligi b-j operatsiyalari o‗tkazish
xarajatlarining nisbatan pastligidir. Odatda a‘zo bo‗lmaganlar har bir bitim bo‗yicha 2
sentdan 75 sentgacha birja yig‗imi va to‗laydilar. SHu bilan bir paytda birja a‘zolari,
qoidaga ko‗ra, bunday yig‗imlardan ozod etiladi.
Birjaga a‘zolik birja shartnomalarini sotib olish va sotishda birjaga a‘zo
bo‗lmaganlardan olinadigan komission mukofotlar ko‗rinishida ma‘lum
bir daromad
olish imkonini ham beradi.
Nihoyat, birjaga a‘zolikning muhim afzalligi birja boshqaruvida ishtirok etish
yoki boshqarish, birjaning faoliyat qoidalarini ishlab chiqish yoki o‗zgartirish,
namunaviy shartnomalar shartlarini belgilash, bozor axborotlarini birjaga a‘zo
emaslardan oldinroq olish imkoniyati hisoblanadi.
O‗zbekiston Respublikasining «Tovar birjalari va birja savdosi to‗g‗risida»gi
Qonuniga muvofiq birjani ta‘sis qilishda quidagilar ishtirok etishi mumkin emas:
davlat hokimiyati va boshqaruvi oliy va
mahalliy organlari;
banklar va belgilangan tartiba bank operatsiyalarini amalga oshirish
litsenziyasini olgan kredit muassasalari;
sug‗urta va investitsion kompaniya va fondlari;
jamoat, diniy va xayriya tashkilotlari va jamg‗armalari;
qonunchilikka muvofiq tadbirkorlik faoliyatini amalga oshira olmaydigan
jismoniy shaxslar.
Ta‘sischilar soni qanchalik ko‗p va ularning moddiy-moliyaviy ahvoli
qanchalik kuchli bo‗lsa, ular birjaga shunchalik katta yordam ko‗rsata
oladi deb
216
hisoblanadi, vaholanki, ta‘sischilar sonining ko‗pligi birjangi boshqarishni
qiyinlashtiradi.
Birja a‘zosi deb uning nizom kapitalini shakllantirishda ishtirok etadigan,
a‘zolik badallari yoki birja mulkiga boshqa maqsadli badallar kiritadigan va ta‘sis
hujjatlarida ko‗zda tutilgan tartibda uning a‘zosiga aylangan shaxslarga aytiladi.
Birja a‘zosi belgilangan huquqlarga ega, u:
birja savdosida ishtirok etishi;
birjaning me‘yoriy hujjatariga muvofiq uni boshqarishda qatnashish;
foydani taqsimlashda ishtirok etish va ta‘sis hujjatlarida ko‗zda
tutilgan
hollarda dividend olish;
birja savdosida qatnashish huquqini ijaraga berish (belgilangan tartibda va
faqat bitta yuridik shaxsga).
Birja a‘zolari soni cheklangan bo‗lib, nizom fondi hajmiga va bitta aksiyaning
nominal qiymatiga bog‗liq bo‗ladi. Aksiya birja a‘zosi huquqlaridan foydalanish
imkonini beradi. U birjadagi «joy» bahosini ifodalaydi.
Joy bu – birja a‘zosining
mulkidir. U birja a‘zosi birjadan chiqadigan taqdirda sotib yuborilishi yoki ijaraga
berilishi mumkin. Joyning bahosi Birja qo‗mitasi
tomonidan belgilanadi, u talab va
taklifga bog‗liq bo‗ladi. Masalan, 1991-yil (bahorda) RTXB aksiyalari 2470 ming
so‗mdan (nominali 100 ming so‗m), 1991-yil noyabrida – 7600 ming so‗mdan
sotilgan.
«Tovar birjalari va birja savdosi to‗g‗risida»gi Qonunga muvofiq
O‗zbekistonda ham ikki xil birja toifalari ko‗zda tutilgan:
to‗liq a‘zolar – birjaning barcha seksiyalarida (bo‗lim, bo‗linma) birja
savdosida ishtirok etish huquqiga ega bo‗lgan a‘zolar;
to‗liqsiz a‘zolar – mos keluvchi seksiyalarda (bo‗lim, bo‗linma) va
birjaning ta‘sis hujjatlari va birja seksiyalari (bo‗lim, bo‗linma) a‘zolarining Umumiy
yig‗ilishida belgilangan birja savdosida ishtirok etish huquqiga ega bo‗lgan a‘zolar.
Dostları ilə paylaş: