203
Valyuta birjasi – milliy valyutalarning tashkillashtirilgan bozori. Unda milliy
valyutalar o‗rtasidagi talab va taklif ta‘siri ostida vujudga keladigan kurs nisbatidan
(kotirovka) kelib chiqib valyutalar erkin oldi-sotdisi amalga oshiriladi.
Valyuta
birjasida kotirovka ayirboshlanadigan valyutalarning xarid layoqatiga bog‗liq, u esa,
o‗z navbatida, emitent mamlakatlardagi iqtisodiy vaziyat bilan belgilanadi. Valyuta
birjalaridan operatsiyalar u yerda ayirboshlanadigan valyutalar konvertatsiyalanishiga
bog‗liq. Birjalarning bu turiga klassik birja savdosining barcha elementlari xosdir.
Xorijiy valyuta birjasi bu – valyuta sotuvchi va xaridorlarining katta, butun dunyoni
qamrab oladigan, ko‗p sonli moliya markazlarida harakat qiladigan tarmoqdir. Butun
dunyoda kuniga taxminan 500 mlrd. AQSH dollari miqdoridagi bitimlar amalga
oshiriladi. Biroq real (jismoniy) valyuta ayirboshlash kamdan-kam hollarda ro‗y
beradi. Telefon, teleks va kompyuterlar axborotni lahzada yetkazish va bitimni
hujjatlar bilan rasmiylashtirgan holda tartibga solishga imkon beradi.
Xorijiy valyuta savdosining uchta asosiy markazi bu London,
Nyu-York va
Tokio shaharlari hisoblanadi. hajmi bo‗yicha eng katta operatsiyalar Londonda kun
yarmiga etgan paytga to‗g‗ri keladi, bu paytda Yevropa va Amerikada ish kuni bir-
biriga to‗g‗ri keladi.
Asosiy valyuta birjachilari quyidagilar hisoblanadi:
- Banklar, o‗ziga xos «ichki bank birjasi» tashkil qilgan holda. Banklar xorijiy
valyuta sotish yoki sotib olish istagida bo‗lganlar o‗rtasidagi tabiiy vositachilar
hisoblanadi va butun dunyo bo‗ylab o‗z mijozlari
uchun himoyalovchi valyuta
bitimlarini amalga oshiradi.
- Sotuvchi va xaridor o‗rtasida bitim samaradorligini ancha oshirib, vositachi
sifatida ishtirok etadigan xorijiy valyuta brokerlari.
- Jahon savdosida ishtirok etadigan kompaniyalar bitimlarni amalga oshirish
uchun xorijiy valyutaga ehtiyoj sezadi. Kompaniyalar xorijiy valyuta bilan bog‗liq va
odatiy birja operatsiyalarining natijasi hisoblangan riskni chegaralashga harakat
qiladi, ba‘zida chayqov maqsadlarida valyuta operatsiyalarida ishtirok etadi.
204
- Xalqaro kapital qo‗yilmalar sohasidagi menejerlar
ularning qimmatli
qog‗ozlari maksimal foyda keltirishini doimiy kuzatib turgan holda, qimmatli
qog‗ozlarni bir valyutadan boshqasiga o‗tkazadilar.
- Markaziy banklar mamlakat xorijiy valyutasining asosiy egasi hisoblanadi va
zarurat tug‗ilgan hollarda mamlakat hukumatini moliyalashtiradi. Markaziy banklar
milliy valyuta qiymatining tebranishlarini yumshatish maqsadida ko‗pincha valyuta
birjasida vositachi sifatida qatnashadi, ba‘zida esa milliy valyutaning qadrsizlanishi
bilan bog‗liq salbiy jarayonlarni ortga qaytarishga harakat qiladi.
Valyuta bitimlari bilan birja operatsiyalari orasida AQSH dollari bilan
operatsiyalar eng katta hajmga ega. Iqtisodiy
jihatdan eng rivojlangan
mamlakatlarnning valyutalari konvertatsiyalanadigan valyuta deb ataladi va butun
dunyoda faol qo‗llanadi. Qisman konvertatsiyalanadigan valyutalar jahon
iqtisodiyotiga jalb etiladi, faqat milliy bozordan tashqarida o‗ta cheklangan hajmda.
Konvertatsiyalanmaydigan valyutalar hukumat
tomonidan nazorat qilinadi, bunday
valyutalarni sotish yoki juda cheklangan, yoki umumna taqiqlangan bo‗ladi.
Dostları ilə paylaş: