3.
O„zbekistonda fond birjasining rivojlanish tarixi
Ayni paytda birjalarning soni asta-sekin o‗sib bordi. Ayrim ma‘lumotlarga
ko‗ra, faqat O‗zbekistonning o‗zida 1992-yilning yoziga kelib ularning soni 36 taga
etdi. Respublikada qabul qilingan "Birjalar va birja faoliyati to‗g‗risida"gi qonun
birjalarga nisbatan zarur majburiy talablarni belgilagan holda, ularning faoliyatiga
sezilarli o‗zgartirishlar kiritdi. Qonunga binoan birjaning ustav fondi 50 mln. rubldan
kam bo‗lmasligi lozim edi. Birjalar hech qanaqa tijorat tuzilmalarini tashkil qilishi
mumkin emas edi. Vazirliklar, idoralar, davlat qo‗mitalari va shu kabi tashkilotlar
birjaning muassislari bo‗lishi mumkin emas edi. Ustav sarmoyasining miqdoriga
ko‗ra "Toshkent" birjasi qonunchilik talablariga javob berdi. Biroq o‗sha yilda bu
birja ancha nomdor bo‗lgan gijorat tuzilmalari katta miqdorining asosiy ta‘sischisi
bo‗lib, bir necha yirik vazirliklar va idoralar birjani o‗zining muassisi edi Bu birjalar
to‗g‗risidagi yangi qonunga zid keldi 1992-yilning oxirida "Toshkent" birjasi
"O‗zbekinvest" – O‗zbekiston moliya–investitsiya kompaniyasi" aksiyadorlik
jamiyatiga aylantirildi va u yangi birja – "Toshkent" O‗zbekiston Respublikasi tovar–
fond birjasi" mas‘uliyati cheklangan jamiyatning muassisi bo‗lib qatnashdi. Yangi
birjaning tarkibida Fond bo‗limi tashkil etilib, bu bo‗lim tashkiliy–me‘eriy jihatdan
hech bir o‗zgarishlarga duch kelmadi. Yangi birja amaldagi qonunchilikning barcha
194
talablariga javob berdi. Ta‘sis hujjatlarining shartlariga ko‗ra eski birjaning barcha
a‘zolari to‗g‗ridan-to‗g‗ri yangi birjaning a‘zolari maqomini oldi.
Fond bo‗limining "solnoma"sida quvonchli va ayanchli saxifalarni uchratish
mumkin. Biroq O‗zbekiston qimmatli qog‗ozlar bozorining tarixidan u joy oldi,
chunki O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil yanvardagi Farmoniga
muvofiq, 1994-yil 8-aprelda uning negizida uning nomini, avvalgi belgisini – bir
o‗rkachli tuya (matonatlilik va chidamlilik ramzi), fond birjalari faoliyat
ko‗rsatishining mumtoz tamoyillariga asoslangan operatsiyalarni amalga oshirish
qoidalariga amal qilish an‘analarini saqlab qolgan "Toshkent" Respublika fond bijasi
tashkil etiddi.
O‗z faoliyatining dastlabki kunlaridan boshlab birja tarmoq dasturiy
mahsulotlarini yaratishga ixtisoslashtirilgan tashkilotlarni jalb etish bilan
savdolarning elektron birja tizimini barpo etish, shuningdek, aksiyalashtirish va
aksiyalarni xarid qilish orqali mablag‗larni milliy iqtisodiyotga investitsiya qilishni
tashviq etish bo‗yicha faol ishlarni boshlab yubordi.
Barcha fond birjalarida bo‗lgani kabi, savdolarda ishtirok etish uchun faqat
Moliya vazirligining qimmatli qog‗ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish
huquqini beruvchi maxsus litsenziyasiga ega bo‗lgan birja a‘zolariga ruxsat etiddi.
Faoliyatining dastlabki yilida "Toshkent" RFB o‗z qo‗l ostiga 250 nafar a‘zolarni, shu
jumladan, AQSH, Germaniya, Rossiya, Pokiston davlatlarining vaqillarini
birlashtirdi, ularning deyarli to‗rtdan bir qismini xususiy shaxslar tashkil etdi. Birja
a‘zoligiga kirish shartlari brokerlik joyining sotib olinishini va muntazam a‘zolik
badallarining to‗lanishini nazarda tutdi. Qimmatli qog‗ozlar bilan operatsiyalar qilish
qoidalarida savdolarda birjada ro‗yxatga olingan har bir brokerlik idorasidan uning
to‗rtta vaqili ishtirok etishiga ruxsat berildi, ushbu vaqillardan ikkitasi bitimlarni
tuzishda imzo chekish huquqiga ega edi. Sarmoyadorlar va jamoatchilik narxlar
kotirovkasi to‗g‗risidagi axborotni informatsion lavxa va birja axborot bulletenlari
yordamida olishi mumkin edi. Umumiy va maxsus birja xizmatlaridan tashqari, fond
birjasi doirasida malaka, ekspert, kotirovka, nizolar bo‗yicha komissiyalar va
makleriat faoliyat ko‗rsatdi. Malaka komissiyasi brokerlarning malakasini va ularga
195
qimmatli qog‗ozlar bilan operatsiyalar o‗tkazish uchun ruxsat etilishi mumkinligini
belgilab berar edi. Kotirovka komissiyasi qimmatli qog‗ozlar kotirovkasini o‗tkazish
bilan birga, birja axborot bulletenlarini tuzar edi. Nizolar bo‗yicha komissiya esa,
savdolar o‗tkazilishi yilida yuzaga kelgan tortishuvlarni, shuningdek, bitim
tuzilganidan keyin, birja shartnomalarining bajarilishi jarayonida sodir bo‗lgan
bahslarni xal qilib berardi. Makleriat savdolarni tayyorlash, tashkil etish va o‗tkazish
ishlarining bajarilishini ta‘minlab turdi.
O‗sha yilda Ekspert komissiyasi alohida rol o‗ynadi. YA‘ni u aksiyalarga
ekspert bahosini berish bilan birga, ularning kotirovkaga va birja savdolariga
kiritilishiga ruxsat etilishini amalga oshirdi. "Toshkent" Respublika fond birjasida
savdolar o‗tkazishning qoidalariga binoan, barcha emitentlarning moliyaviy–xo‗jalik
faoliyati va investitsion jozibadorligi puxta tahlil qilinib, uning natijalariga ko‗ra
ekspert komissiyasi mazkur emitentning aksiyasini savdolarga taqdim etilgan
qimmatli qog‗ozlar ro‗yxatiga kiritish yoki kiritmaslik haqida qaror qabul qilardi.
Qimmatli qog‗ozlar savdolariga ruxsat berish tadbiri quyidagi tarzda amalga
oshirildi. Emitent birjaga uning qimmatli qog‗ozlarini ro‗yxatning ma‘lum bo‗limiga
kiritish to‗g‗risidagi ariza bilan murojaat etib, ushbu arizaga listing bo‗yicha
komissiya uchun korxona faoliyati bilan tanishib chiqish va uning moliyaviy axvolini
baholash imkonini beruvchi hujjatlar to‗plamini ilova qilardi. Listing bo‗yicha
komissiya tarkibiga birja a‘zolarining vaqillari, shuningdek, chetdan jalb etilgan
buxgalterlik hisobi va moliyaviy–xo‗jalik faoliyatini tahlil qilish, bank ishi, fond
bozorini qonun jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspertlar kiritiddi.
Barcha emitentlar to‗rt guruhga bo‗linadi:
13. "A" ro‗yxat – birja tomonidan talab etiladigan ko‗rsatkichlar darajasiga
ega bo‗lgan emitentlar.
14. "V" ro‗yxat – "A" guruhi uchun ro‗yxatdagi darajadan past
ko‗rsatkichlarga ega bo‗lgan, lekin listing to‗g‗risidagi iltimosnoma bilan murojaat
etgan va ma‘lum muddat ichida o‗z ko‗rsatkichlarini "A" guruhi darajasiga
yetkazishga qodir bo‗lgan emitentlar.
15. "S" ro‗yxat – "V" guruhi uchun ro‗yxatdagi darajadan past
196
ko‗rsatkichlarga ega bo‗lgan, lekin ma‘lum muddat ichida o‗z ko‗rsatkichlarini "V"
guruhi darajasiga etkazishga qodir bo‗lgan emitentlar.
16. "V" ro‗yxat – qimmatli qog‗ozlari yilicha, bir martalik tartibda birjada
muomalaga chiqarilishi mumkin bo‗lgan boshqa emitentlar.
Bunday ro‗yxatning mavjud bo‗lishi respublikada qimmatli qog‗ozlar bozori
endigina rivojlana boshlangani bilan izohla nardi. Shuning uchun "O" ro‗yxatga "A",
"V" va "S" ro‗yxatlariga kiritilmagan emitentlarning aksiyalari kiritilishi lozim.
Qo‗yidagi ko‗rsatkichlar listingning mezonlari hisoblanadi:
17. birjada qimmatli qog‗ozlar sotilishining tezligi va miqdori,
18. real aktivlar miqdori;
19. qimmatli qog‗ozlar soni yoki aksiyalar (aksiyalar paketlari)egalarining
soni;
20. jalb etilgan sarmoyaning umumiy qiymati;
21. daromadlilik (foydalilik);
22. daromadlilik (foydalilik);
23. emitentning moliyaviy axvoli.
Bunda listing ro‗yxatiga kiritilgan emitentlar ular faoliyatining o‗ziga xos
xususiyatlarini inobatga olgan holda qo‗yidagi guruhlarga bo‗lingan:
a) ishlab chiqarish korxonalari;
b) tijorat banklari;
v) investitsiya fondlari (kompaniyalari).
Aksiyadorlik jamiyatining moliyaviy axvoli va investitsion jozibadorligi 41 ta
ko‗rsatkich asosida amalga oshirildi. Bunga umumiqtisodiy ko‗rsatkichlar, balans
likvidligining ko‗rsatkichlari, likvidlik koeffitsientlari, moliyaviy barqarorlik ko‗r
satkichlari, moliyaviy koeffitsientlar, aktivlarni boshqarish ko‗rsatkichlari, foydalilik
(rentabellik) ko‗rsatkichlari, aksiyadorlik jamiyatini boshqarish samaradorligining
ko‗rsatkichlari. Tahlil qilish uchun kompyuter dasturi ishlab chiqilgan edi. Tahlil
natijalariga ko‗ra "Toshkent" Respublika fond birjasining birja axborot bulleteniga
kiritiladigan, "A" va "V" guruhidan joy olgan emitentlardan tarkib topgan
197
aksiyadorlik jamiyatlarining ro‗yxati tuzilib, bu ro‗yxat "Biznes–Vestnik Vostoka"
gazetasida har xaftada e‘lon qilinib borildi.
1995-yilda "Toshkent" RFB Andijon, Samarqand, Buxoro shaharlarida,
keyinchalik esa respublikaning boshqa viloyatlari markazlarida o‗zining shu‘ba
bo‗linmalari tarmoqlarini tashkil etdi. Bu bo‗linmalar mintaqalarda birjaning
manfaatlarini namoyon qilish, brokerlik joylarini mustaqil ravishda sotish va
bitimlarning
mahalliy
ishtirokchilari
tomonidan
to‗lanadigan
vositachilik
yig‗imlaridan tushadigan daromadlarning bir qismiga egalik qilish huquqini qo‗lga
kiritishdi. 1995-yilning yozida birja savdolarini o‗tkazish tizimi tubdan o‗zgardi.
Fond birjasining viloyatlardagi hududiy bo‗linmalarining soni o‗sishi munosabati
bilan savdolar Toshkent shaxridagi Markaziy telegrafda buning uchun maxsus
jihozlangan aniq yil mobaynidagi selektor so‗zlashuvlar zalida o‗tkazila boshlandi.
Selektor tizim tufayli savdolarda respublikaning deyarli barcha viloyatlari brokerlari
ish tirok etishdi. Bunda birjaning mintaqaviy bo‗linmalari mintaqadagi savdolar
ishtirokchisining bitimni tuzish bo‗yicha amaldagi harakatini tasdiqlovchi savdolar
tashkilotchisi rolini bajardi.
1996-yilning mart–aprel oylarida "Toshkent" Respublika fond birjasi o‗z joyini
o‗zgartirdi va yangi binoda faoliyat ko‗rsata boshladi. Ushbu yilga kelib Birja
savdolarining elektron tizimini yaratish bo‗yicha ishlar tugatilib, 1996-yilning
bahoridayoq
birja
uning
mintaqaviy
bo‗linmalaridagi
maydonchalarining
terminallarini qo‗shish bilan bevosita asosiy savdo zalidagi 84 ta terminaldan
foydalangan holda aniq yil mobaynida savdolarni o‗tkaza boshladi.
Dostları ilə paylaş: |