4.
«Toshkent» RFB bo„limlarining vazifalari
"Toshkent" Respublika fond birjasi ochiq aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil
etilganligi tufayli uni boshqarish organlarining tarkibi o‗ziga xos xususiyatga ega.
Aksiyadorlarning umumiy yig‗ilishi boshqaruvning oliy organi hisoblanadi, bu faqat
investitsiya muassasalari bo‗lishi mumkin. Aksiyadorlarning umumiy yig‗ilishlari
oralig‗idagi davrda birjani boshqarish bilan Kuzatuvchi kengash shug‗ullanadi.
Kengashning a‘zolari Aksiyadorlarning umumiy yig‗ilishi tomonidan saylanadi.
Birjaning joriy faoliyatini boshqarishni birja a‘zolaridan tarkib topgan Boshqaruv
198
amalga oshiradi, unga Rais boshchilik qiladi. Boshqaruv faoliyatini tekshiruvchi
organ Taftish komissiyasi bo‗lib, uning xulosalarisiz aksiyadorlarning umumiy
yig‗ilishi Boshqaruvning yillik hisobotini tasdiqlash huquqiga ega emas.
"Toshkent" RFBning barcha funksional bo‗linmalarini ikki guruhga bo‗lish
mumkin. Birinchi guruh – bu oddiy korxonalarga xos bo‗linmalardir. Bunga
qo‗yidagilar kiradi: ishlar boshqarmasi, birjaga to‗lanishi lozim bo‗lgan yirimlar va
to‗lovlarning o‗z yilida kelib tushishini nazorat qiluvchi hisob–kitob to‗lovining
moliya boshqarmasi, huquqiy boshqarma, nashriet xizmati, ommaviy axborot
vositalari bilan ishlash xizmati va tashqi aloqalar xizmati bilan axborot boshqarmasi.
Mazkur bo‗linmalarning vazifalari barchaga ma‘lum, ya‘ni istalgan boshqa xo‗jalik
yurituvchi subyektlarning vazifalari bilan bir xil. Ikkinchi guruh – bu muayyan birja
xususiyatlariga ega bo‗lgan faqat fond birjalariga xos bo‗lgan bo‗linmalar. Ularga
qo‗yidagilar kiradi:
24. savdolarni. tayyorlash va o‗tkazish boshqarmasi, u savdolarni tashkil
etishga doir amalga oshiriladigan butun chora–tadbirlar majmuasiga – brokerlarni
tenglashtirishdan tortib, to ular tomonidan bitimlar tuzish va tegishli hujjatlarni
rasmiylashtirish bo‗yicha operatsiyalarning to‗liq tugallanishigacha javob beradi.
Unga qo‗yidagilar kiradi:
25. savdolarni tayyorlash va o‗tkazish xizmati, u savdolarni tayyorlash, tashkil
etish va o‗gkazish ishlarining to‗liq jarayonini, ya‘ni brokerlardan qimmatli qog‗ozlar
oldi–sotdisiga doir talabnomalarni qabul qilishdan tortib, to maxsus dasturiy–texnik
savdo majmuasi yordamida o‗tkaziladigan savdolarga xizmat ko‗rsatish ishlarini
amalga oshiradi;
26. bitimlarni ro‗yxatga olish va rasmiylashtirish xizmati, u birjada tuzilgan
bitimlarni ro‗yxatga olish, savdo tadbirlarining yakunlovchi bosqichida ularning
rasmiylashtirish ishlarini amalga oshiradi;
27. -XIFlar dasturiga xizmat ko‗rsatish xizmati, u maxsus kompyuter
dasturidan foydalangan holda xususiylashtirilayotgan korxonalar aksiyalarini
XIFlarga sotish bo‗yicha elektron kimoshdi savdolarining o‗tkazilishini tashkil
etishning o‗ziga xos vazifalarini amalga oshiradi;
199
28. aksiyadorlar,
birja
a‘zolari bilan o‗zaro hamkorlik qilish va
shu‘ba xo‗jalik jamiyatlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi, u aksiyadorlar
bilan
ishlash,
birjaga
a‘zolikni
rasmiylashtirish,
brokerlik
idoralarini
akkreditatsiyalash, ularning pasportlarini yuritish, tashkiliy talablarga rioya etishini
nazorat qilish (brokerlarda shaxodatnomalarning mavjudligi, a‘zolik badallarining o‗z
yilida to‗lanishi, yil davomida brokerlik joyidan foydalanish), brokerlik joylarining
ijara shartnomalarini, birja a‘zolarining tarkibidan chiqishni rasmiylashtirish
vazifalarini
amalga
oshiradi,
shuningdek,
birjaning
mintaqaviy
shо‗ba
korxonalarining faoliyatini nazorat qiladi;
29. texnikaviy ta‘minot boshqarmasi birja tizimlari xizmati, agrotexnikadan
foydalanish va unga xizmat ko‗rsatish xizmati hamda aloqa xizmatidan tarkib topgan.
Birja tizimlari xizmati qimmatli qog‗ozlar bilan savdo qilishning amaldagi
tizimining tegishlicha ishlashini ta‘minlaydi, uning faoliyat ko‗rsatishini nazorat
qiladi, takomillashuvi ustida ish olib boradi. Birja savdo tizimlarining rivojlanishini
birjani faoliyat ko‗rsatishining boshlang‗ich bosqichidan (u yilda savdolar bitta
binoda "ovoz orqali" o‗tkazildi (1994–1995y.y.)), oraliq bosqichidan (unda savdolar
"ovoz orqali", lekin selektor aloqasi orqali birjaning viloyatlardagi mintaqaviy
bo‗linmalarini qo‗shish bilan (1995–1996 y.y.)) boshlab va to hozirgi bosqichgacha
(unda savdolarning elektron tizimi mavjud bo‗lib, uning faoliyat ko‗rsatishi
zamonaviy asbob–uskuna va aloqa vositalari, shu jumladan, yo‗ldosh aloqasi bilan
jihozlangan yagona savdo majmuasini ta‘minlaydi) ko‗zatish mumkin.
Orgtexnikadan foydalanish va unga xizmat ko‗rsatish xizmati murakkab birja
savdo tizimi hamda fond birjasining turli bo‗linmalarida mavjud bo‗lgan kompyuter
parkini ta‘minlaydi.
Ekspert–kotirovka xizmati, tahliliy xizmat va metodologiya xizmatini o‗z
ichiga olgan ekspert–tahliliy boshqarma tegishli ravishda qimmatli qog‗ozlar
narxining birja kotirovkasi, qimmatli qog‗ozlari birja savdolarida kotirovka
qilinayotgan yoki kotirovkaga taqdim qilingan emitentlarning moliyaviy–xo‗jalik
faoliyatini tahlil qilish; o‗tgan savdolar haqida turli xil hisobotlar va ma‘lumotlarni
tayyorlash (birja aylanmalarini viloyatlar, tarmoqlar, uyushmalar, konsernlar,
200
birlamchi hamda ikkilamchi bozorlar va shu kabilar bo‗yicha guruhlash) bilan bog‗liq
ishlar majmuasini amalga oshiradi; yaqin va o‗zoq xorij fond birjalarining ish
tajribalarini ham qonuniy, ham texnikaviy nuqtai nazardan, shuningdek, uni mahalliy
sharoitlarda qo‗llash imkoniyatlarini tadqiq qilish.
Fond birjasining tarkibiy tuzilmalari qatorida komissiyalar alohida o‗rin tutadi.
Ular, odatda, fond birjasining xodimlari – yuqori malakali, tajribali mutaxassislaridan
tarkib topadi.
Ekspert–kotirovka komissiyasi qimmatli qog‗ozlarning birja savdolarida
kotirovka qshshnishiga ruxsat etilishi imkoniyatlarini aniqlaydi, listing, delisting,
relisting va shu kabi tadbirlarni amalga oshiradi.
M a l a k a komissiyasi tegishli imtixonlarni o‗tkazish yo‗li bilan brokerlarga
birja savdolarida qatnashish uchun ruxsat berish imkoniyatlarini aniqlaydi.
N i z o l a r bo‗yicha komissiya savdolarni o‗tkazish, bitimlarni ijro etish
jarayonida brokerlar o‗rtasida, brokerlar va ularning mijozlari o‗rtasida, mijozlar va
birjaning mutaxassislari o‗rtasida yuzaga keladigan bahsli vaziyatlarni hal etish bilan
shu g‗ullanadi.
Intizomiy komissiya birja savdosi qoidalari, ustav va birjaning boshqa asosiy
hujjatlari bo‗zkunchilarining aybdorlik darajasini aniqlaydi hamda tegishli jazolarni
tayinlaydi, jazolarning ijro etilishini nazorat qiladi.
"Toshkent" Respublika fond birjasi respublikaning har bir viloyatida o‗zining
shо‗ba bo‗linmasiga ega.
Dostları ilə paylaş: |