176
hisobraqamlarini to‗ldirishini osonlashtiradi va bu bilan kredit ekspansiyasini
rarbatlantiradi. Markaziy bank hisobga olish stavkasini pasaytirib yoki ko‗paytirib,
muomaladagi pul massasiga ta‘sir ko‗rsatishga harakat qiladi. Tijorat banki
tomonidan ushlab qolinadigan foiz summasi bu yilda markaziy bankning hisobga
olish stavkasidan 0,5 – 1,5 foiz yuqori bo‗ladi. Ayni mana shu farq hisobiga tijorat
banki xara – jatlari qoplanib, ularning foyda olishi ta‘minlanadi. Biroq markaziy
bankda hisobga olingan veksel qayta hisoblangan yoki rediskontlangan taqdirda,
tijorat bankining foydasi veksel oddiy hisobga olingan yildagiga nisbatan ancha kam
bo‗ladi.
Qayta hisoblash siyosati XIX asr oxiri – XX asr boshida juda keng
ommalashgan bo‗lib, keyinchalik uning ko‗lami anchagina qisqardi. Ssuda kapitallari
bozorida moliyaviy kapital va yirik banklar xukmronlik qilgan sharoitlarda foiz
stavkalari bozor qatnashchilarining o‗zaro stixiyali kurashlari natijasida emas, balki
monopolistik kelishuv natijasida belgilanadi. Bu foiz me‘yori darajasiga ta‘sir
ko‗rsatishni o‗ziga maqsad qilib olgan qayta hisoblash siyosatining samaradorligini
cheklaydi. 30–40 – yillarda markaziy banklar J.Keyns tavsiya etgan "arzon pullar"
siyosatini, ya‘ni past foiz stavkalari va ko‗plab kreditlar berish siyosatini olib bordi.
Qayta hisoblash stavkasi Angliyada 1932–1951-yillarda 2 % darajasida, AQSHda
1937–1948 yillarda 1% darajasida saqlanib turdi. XX asrning 50–yillarida ko‗pgina
mamlakatlarda yana faol qayta hisoblash siyosati yuzaga keldi. Ammo umuman
olganda, tartibga solishning bu usuli boshqa usullarga nisbatan sustlashdi
Dostları ilə paylaş: