O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta


О„zbekistonning eng yangi tarixi fanini о„rganishning nazariy-uslubiy asoslari



Yüklə 7,32 Mb.
səhifə2/146
tarix19.10.2023
ölçüsü7,32 Mb.
#156953
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   146
O zbekiston respublikasi oliy va o rta

О„zbekistonning eng yangi tarixi fanini о„rganishning nazariy-uslubiy asoslari.


Tarixni davrlashtirish.

Istiqlol yillarida О‗zbekistonda tarix fani ham muayyan о‗zgarishlarga yuz tutdi. Sovet mafkurasi tо‗laligicha va qat‘iyan rad etilib, kо‗p omilli metodologik yondashuvlarga jiddiy e‘tibor qaratildi. Milliy istiqlol g‗oyasiga asoslangan yangi metodologik yondashuvlar paydo bо‗ldi, ilm-fanning muammoli sohalariga shu kungacha о‗rganilmagan mavzular kirib keldi, kо‗plab tarixiy voqealarga yangicha izohlar berila boshlandi, yangicha ta‘lim standartlari,


dasturlar, darslik va metodik qо‗llanmalar ishlab chiqildi. Lekin, shunga qaramay, hali qilinishi lozim bо‗lgan ishlar juda kо‗p. О‗tgan davr mobaynida О‗zbekistonning eng yangi tarixidagi voqealar kо‗lami va о‗sish sur‘ati fan va ta‘lim oldiga ularni tizimli ravishda о‗rganish vazifasini qо‗ymoqda. Bu, bir jihatdan, mamlakatimiz keyingi 29 yil davomida iqtisodiy-siyosiy, ijtimoiy, madaniy-ma‘naviy sohalarda erishgan ulkan yutuqlar yetarli darajada yoritilmagani bilan sharhlanadi.
Mustaqillik О‗zbekiston xalqi tarixini xolisona о‗rganish imkonini berdi. Bu omil tarixni mafkuraviy aqidalar, bir tomonlama noxolisona yondashuvlar ta‘siridan xalos etish, tarixiy voqea-hodisalar qanday sodir bо‗lgan bо‗lsa, shundayligicha tadqiq etish va undan tо‗g‗ri xulosa chiqarish uchun asos bо‗ldi.
Mustaqillik sharofati bilan mamlakatimizda tarix faniga bо‗lgan munosabat davlat siyosati darajasiga kо‗tarildi. О‗zbekistonning Birinchi Prezidenti I.Karimovning 1998 yil iyun oyidagi bir guruh tarixchilar bilan uchrashuvi, ―О‗zbekiston FA Tarix instituti faoliyatini takomillashtirish tо‗g‗risida‖gi О‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Qarori va ―О‗zbekiston tarixi konsepsiyasi‖ning ishlab chiqilishi anashu amaliy harakatlar debochasi bо‗ldi.
О‗zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.Karimovning ―Tarixiy xotirasiz kelajak yо‗q‖ (1998), ―Yuksak ma‘naviyat – yengilmas kuch‖ (2008), ―О‗zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida‖ (2011) kabi asarlari О‗zbekistonning eng yangi tarixini zamonaviy tarzda о‗rganishning nazariy-metodologik asoslarini shakllantirishga turtki bо‗lib xizmat qildi.
Vatan va xalq tarixini о‗rganishda О‗zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyevlarning asarlari, maqola va nutqlari, Farmon va qarorlari, 2016-2020 yillarda qabul qilingan Qonun va meyoriy hujjatlar ham muhim nazariy-metodologik asos sifatida xizmat qiladi.
E‘tibor berish lozimki, tarixning yaratuvchisi va ijodkori bu – xalq. Bо‗lib о‗tgan tarixiy- madaniy jarayonlar, voqelik va hodisalar, islohotlarni xalqsiz va tarixiy shaxslarsiz tasavvur etish aslo mumkin emas. Tarix xalqning fikr-tafakkuri va dunyoqarashining hosilasi. Aynan shuning uchun ham – tarix ibrat maktabi bо‗lib, о‗tmishda yо‗l qо‗yilgan nuqsonlarni anglash va ulardan tegishli saboq chiqarish, hushyorlik va ogohlikni targ‗ib etuvchi, buzg‗unchi g‗oyalarga qarshi turishga undovchi, milliy birlik, hamkorlik va bag‗rikenglikka chaqiruvchi beqiyos ibrat maktabidir. Shuningdek, xalq xotirasi, о‗tmish, ushbu о‗tgan tarixiylikni о‗quvchilarga haqiqiy yetkazish tarixni fan darajasiga kо‗taradi. Tarixni fan sifatida о‗qish, о‗rganish, talqin etish va chuqur anglab yetish bevosita ilmiy tadqiqotlarning samarasi hisoblanadi. Faqat ilmiy tadqiqotlar orqaligina bо‗lib о‗tgan tarixiy-madaniy jarayonlarni xolis tahlil qilish va mantiqiy talqin etish qiyosiy va tanqidiy solishtirish asosida ilmiy asoslangan xulosalar chiqarish, tarixiy dunyoqarash asosida voqea-hodisalar, tarixiy jarayonlarga baho berish, tarix falsafasini anglab yetish imkoniyatlari kengayadi. Aynan shuning uchun ham tadqiqotlar natijalarini doimiy ravishda fanga joriy etib borish metodologik jihatdan ulkan ahamiyat kasb etadi.
Mustaqillik bizga barcha imkoniyatlar bilan birgalikda haqqoniy tarixni yoritish va о‗rganish imkoniyatini ham berdi. Shu jihatdan tarixni yoritish va о‗rganishda birinchi navbatda bilish nazariyasining dialektik metodidan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Olam yagona va yaxlit, barcha hodisa-voqealar umumiy va о‗zaro bog‗liqlikda, uzluksiz harakatda, ziddiyatli taraqqiyotda bо‗lishi dialektikaning asosiy tamoyillaridir. Dialektik metodologiya barcha mamlakat va xalq tarixini, shuningdek, О‗zbekistonning eng yangi tarixini jahon xalqlari tarixi bilan bog‗liq holda о‗rganishni talab etadi.
О‗zbekistonning eng yangi tarixi tarixi Markaziy Osiyo mamlakatlari tarixi bilan, qolaversa, bashariyat tarixi bilan chambarchas bog‗langan. Qadimdan bugungacha О‗zbekiston Markaziy Osiyo va qо‗shni mintaqadagi kо‗pgina davlatlar bilan yagona iqtisodiy va madaniy makonda bо‗lib keldi. Bu katta hududda yashovchi urug‗, qabila, qavm, elatlar etnik jihatdan doimo о‗zaro ta‘sir va aloqada bо‗lgan, qо‗shilish, aralashish jarayonlarini boshdan kechirgan, ularning ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, ma‘naviy hayoti bir-biri bilan uzviy bog‗liqlikda о‗tgan. Bu holatlar О‗zbekistonning eng yangi tarixini qо‗shni mamlakatlar tarixi bilan bog‗liq holda о‗rganishni taqozo etadi. Qozoq, qirg‗iz, qoraqalpoq, turkman, tojik, fors, afg‗on, hind, arab va
boshqa xalqlarning zamonaviy tarixini qanchalik yaxshi bilsak, О‗zbekistonning eng yangi tarixini shunchalik chuqur, har tomonlama mukammal о‗rganish imkoniyatiga ega bо‗lamiz.
Tarixiy voqea-hodisalarni tahlil etish, yoritish va о‗rganishda aloiilox, yxooloih, xlloxooi ax iomih hlolxiyoa muhim metodologik qoida hisoblanadi. Xolislik qoidasi tarixiy voqea- hodisalarni о‗rganayotganda, ular bilan bog‗liq barcha jarayonlarning hech bir istisnosiz butun majmuani birga olib tekshirishni, aniq, haqqoniy dalillarga asoslanib ishlashni talab qiladi. Tarixiy hodisalarni bir butun holda о‗zaro aloqada va munosabatda tekshirish lozim.
Tadqiqotchilar tо‗g‗ri ta‘kidlaganlaridek, ―Tor doirada tug‗ilgan bir g‗oyani, uydirmani oqlash lozim bо‗lsa, faktlar silsilasidan faqat ayrimlarini, mos keladiganlarinigina tanlab olish
―tajribasi‖ sir emas... Bu usulda chiqarilgan xulosa yoki baho xolisona, haqqoniy bо‗lmay, u bir tomonlamalikka olib keladi‖.
Tarixiy voqea-hodisalarni о‗z davrining aniq tarixiy sharoitidan kelib chiqqan holda о‗rganish ham muhim ahamiyatga ega. Voqea-hodisalarni о‗rganishda tarixiy rivojlanish jarayoniga e‘tibor qaratmoq zarur. Shu jihatdan tarixni yoritish va о‗rganishda tarixiylik metodologiyasi muhim о‗rin tutadi. Har bir voqea-hodisani boshqa voqea-hodisa bilan bog‗lab о‗rganilgandagina mazkur voqea-hodisalarning umumiy tarixiy jarayonidagi о‗rnini tо‗g‗ri aniqlash, belgilash mumkin bо‗ladi. Har bir voqea-hodisaga umumiy tarixiy jarayonning bir qismi, bir bо‗lagi deb qaramoq zarur. Ularning qanday tarixiy sharoitda, muhitda paydo bо‗lganligini, о‗z taraqqiyotida qanday asosiy bosqichlarni о‗taganligini, keyinchalik u qanday bо‗lib qolganligini bilish tarixiylik qoidasining asosiy talabidir.
Tarixiylik metodologiyasi xalqning о‗tmishini, hozirgi zamon va kelajagini yagona tabiiy tarixiy jarayon deb, о‗tmish hozirgi zamonni yaratdi, hozirgi zamon kelajakni yaratadi, degan taraqqiyot qonuni asosida qaraydi. О‗tmishni, ajdodlarimiz tarixini qanchalik yaxshi bilsak, anglab yetsak, hozirgi zamonni, mustaqillik mazmun-mohiyati va ahamiyatini mukammal tushunamiz, kelajakni tо‗g‗ri tasavvur etamiz.
Tarixiy jarayonni о‗rganishda ijtimoiy yondashuv tamoyiliga ham rioya qilmoq zarur bо‗ladi. Ijtimoiy yondashuv metodologiyasi tarixiy jarayonlarni aholi barcha tabaqalarining manfaatlarini hisobga olgan holda о‗rganishni taqozo etadi. Voqealarni alohida bir ijtimoiy tabaqa – kambag‗allar, yо‗qsillar yoki mulkdor, boylar manfaati nuqtai nazaridan turib tahlil etish, yoritish bir tomonlama yondashuv bо‗lib, u tarixni soxtalashtiradi, tо‗g‗ri xulosaga olib kelmaydi.
Mamlakat yurtboshisiz, boshliqsiz, davlat idora organlarisiz, boshqaruvchilarsiz, amaldorlarsiz bо‗lmasligini isbot etishning hojati bо‗lmasa kerak. Shunday ekan, barcha davlat arboblarini, amaldorlarni yoppasiga qoralash tо‗g‗ri emas.
Ijtimoiy yondashuv tamoyili davlat arboblarining, siyosiy kuchlar, partiyalar, turli uyushmalar, ular yо‗lboshchilarining tarixiy taraqqiyot darajasiga kо‗rsatgan ijobiy yoki salbiy ta‘sirini, jamiyatda u yoki bu yо‗ldan rivojlanishdagi rolini bilib olishda ham muhim ahamiyatga egadir. О‗zbekiston tarixini о‗rganishda milliy qadriyatlar, xalq an‘ana va urf-odatlarini, din tarixi, odamlarning diniy e‘tiqodlari, diniy ta‘limotlar va ularning asoschilari faoliyatini tahlil qilishda, yoritishda vorisiylik tamoyiliga amal qilish, ularga hurmatlash, e‘zozlash nuqtai nazaridan yondashmoq kerak. Hayot xalqning necha ming yillar davomida yaratgan ma‘naviy madaniyatini, axloqiy mezonlarini ikkiga: ekspluatatorlik madaniyati va axloqi hamda ekspluatatsiya qilinuvchilar madaniyati va axloqiga bо‗lish va birinchisini qoralashdan iborat bolsheviklarcha yо‗riqnomaning naqadar zararli ekanligini kо‗rsatdi. Ma‘naviy merosga bunday yondashuv ma‘naviy qashshoqlanishga, milliy qadriyat va urf-odatlarning oyoq osti qilinishiga olib kelganligini ham unutmaslik kerak.
О‗tmishning tarixiy jarayonlarini tahlil etish, yoritish va о‗rganishda Vatan manfaati nuqtai-nazaridan yondoshib, milliy istiqlol g‗oyasi tamoyillariga tayanib ish tutish juda muhim hisoblanadi.
Tarixni о‗rganishda yuqoridagi nazariy-metodologik qoidalar bilan bir qatorda, dalillarni taqqoslash, mantiqiy-qiyosiy xulosalar chiqarish, davrlashtirish, sotsiologik tadqiqotlar о‗tkazish, statistik, matematik va boshqa usullardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
О‗zbekiston Prezidenti SH.Mirziyoyev ta‘kidlaganidek, ―о‗tmishga berilgan baho albatta xolisona, eng muhimi, turli mafkuraviy qarashlardan xoli bо‗lishi zarur‖ (Oliy Majlisga Murojaatnoma. 28.12.2018).
Vatan tarixini yoritish va о‗rganishda uni tо‗g‗ri davrlashtirish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Uzoq davr mobaynida tarixni о‗zlari bilganlaricha davrlashtirishlar tarixni yoritish va о‗rganish borasida buzilishlarga olib keldi.
Sobiq ittifoq tarkibidagi xalqlar tarixi, jumladan, yurtimiz va xalqimiz tarixi sinfiy kurash, inqilobiy harakatlarga asoslangan markscha qarashlarga mos holda davrlashtirildi. Shu bois, fanda ibtidoiy jamoa, quldorlik, feodalizm, kapitalizm, sotsializmga bо‗lingan davrlar о‗rin oldi.
1991 yilgacha tarixni davrlashtirish masalasida boshqa yondashuvlar ham mavjud edi. Arxeolog olimlar mehnat qurollari qanday materialdan yasalganligini asos qilib olib, insoniyat tarixini qadimgi tosh, о‗rta tosh, yangi tosh, mis-tosh, bronza, temir davrlariga bо‗lgan edilar. Xorij olimlaridan L.Morgan va F.Engels tarixni uch davrga: yovvoyilik (tayyor tabiat mahsulotlarini о‗zlashtirish), vahshiylik (chorvachilik va dehqonchilikning vujudga kelishi) va sivilizatsiya (sanoat rivojlanishi) davriga bо‗lgan bо‗lsalar, bunday davrlashtirish nomukammal ekanligini hayotning о‗zi isbotladi va rad etdi.
Mustaqillik yillarida tarixga yangicha yondashuv, uni haqqoniy yaratish borasidagi vazifalar taniqli tarixchi olimlarni bu masalaga aniq mazmun va mohiyat kiritishiga imkon yaratdi. Taniqli tarixchilardan akademik A.Asqarov va E.Rtveladze tarixni davrlashtirish borasida bugungi kun nuqtai nazaridan kelib chiqib, yangi ijobiy fikrlarni oldinga surdilar. Masalan, akademik A.Asqarov jamiyat hayotida yuz beradigan tub ijtimoiy-iqtisodiy о‗zgarishlar, О‗rta Osiyo tarixining rivojlanish darajasi va shu mintaqa tarixi taqozo etgan holatlardan kelib chiqib, О‗zbekiston tarixini davrlashtirishdagi asosiy omillarni izohlashga harakat qildi.
Nazarimizda, har bir davr qaysi asr va yillarni о‗z ichiga olishini aniq kо‗rsatib va oltinchi davrni ―О‗zbekistonning eng yangi tarixi‖ davri deb nomlab, quyidagi tartibda berish maqsadga muvofiqdir.





Yüklə 7,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin