O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta



Yüklə 7,32 Mb.
səhifə4/146
tarix19.10.2023
ölçüsü7,32 Mb.
#156953
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   146
O zbekiston respublikasi oliy va o rta

1989-1991 yillarni qamrab olgan birinchi bosqich. ―Mustaqillikka erishish arafasida mamlakatimiz keskin ijtimoiy muammolar girdobida qolib ketgan tahlikali bir paytda mavjud vaziyatning ijobiy tomonga о‗zgartirilishi‖, yangi avlodga mansub siyosatchi Islom Karimovning respublika rahbari lavozimiga kelishi, О‗zbekistonda mustaqillik g‗oyalarining pishib yetilishi, davlat mustaqilligi tarixiy tasodif ta‘sirida emas, balki respublikada yuzaga kelgan ziddiyatli va murakkab vaziyatdan chiqish yо‗l-yо‗riqlarini qidirish hamda sobiq Itgifoq rahbariyatining О‗zbekiston yetakchisi Islom Karimov siyosatiga qarshi qaratilgan fitnalarining oldini olish yо‗lidagi kurashlar bilan xarakterlanadi. Mazkur yillarning alohida davr sifatida e‘tirof etilishida I.Karimovning ―О‗zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida‖ asaridagi xronologik yondashuv konseptual asos bо‗lib xizmat qiladi.
Ikkinchi bosqich – 1991 yildan 2000 yilga qadar bо„lgan davrni о„z ichiga oladi. Bu davrda milliy davlatchilik asoslari va ijtimoiy yо‗naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishga qaratilgan о‗tish davrining dastlabki islohotlar jarayoniga ilk qadamlar qо‗yildi.
Shu davrdan boshlab, bir necha avlod davrida shakllanib kelgan va odamlar ongiga singib ketgan kommunistik mafkura aqidasidan voz kechilib, Islom Karimov tomonidan ilgari surilgan Milliy istiqlol g‗oyasining asoslari shakllandi. Buning ta‘sirida demokratik qadriyatlarning hayotdagi о‗rnini mustahkamlash imkoniyati tug‗ildi, mamlakatni jahon hamjamiyatiga integratsiyasiz tasavvur qila olmaydigan yangi avlod vakillari maydonga chiqdi. Bu mamlakatda
tub siyosiy, iqtisodiy, ma‘naviy-ruhiy о‗zgarishlarning bosqichma-bosqich amalga oshirilishida muhim omil bо‗ldi.
―О‗zbek modeli‖ning hayotga joriy etilishi natijasida tarixan qisqa davr ichida ma‘muriy- buyruqbozlikka asoslangan eski sovet tizimi о‗rniga milliy davlatchilik asoslarini yuzaga keltirishga qaratilgan huquqiy baza yaratildi. Yangi davlat boshqaruv tizimi – qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati tashkil etildi hamda fuqarolik jamiyati asoslari yaratildi, erkin bozor iqtisodiyotiga о‗tish jarayoni boshlandi. Bu davrda mamlakat mustaqilligini mustahkamlash bilan bir qatorda, milliy urf-odatlar, an‘ana va qadriyatlarni saqlash hamda taraqqiy ettirish masalalari davlat siyosati darajasiga kо‗tarildi.

Yüklə 7,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin