O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta


Iqtisodiyotdagi muhim tarkibiy о„zgarishlarning amalga oshirilishi va sanoatning rivojlanishi



Yüklə 7,32 Mb.
səhifə48/146
tarix19.10.2023
ölçüsü7,32 Mb.
#156953
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   146
O zbekiston respublikasi oliy va o rta

Iqtisodiyotdagi muhim tarkibiy о„zgarishlarning amalga oshirilishi va sanoatning rivojlanishi.


О‗zbekistonning sobiq Ittifoq tarkibida uzoq yillar davomida ma‘muriy-buyruqbozlik tizimi ostida bо‗lganligi, shundoq ham susayib borayotgan xо‗jalik aloqalarining 1990 yillarning boshida batamom uzilib qolishi kuchli inqiroz holatlarini keltirib chiqardi. О‗zbekiston iqtisodiyotining bir yoqlama tarzda, faqat xom ashyo yetishtiradigan holga tushib, vaqtida kompleks rivojlanish yо‗liga, aholi ehtiyojlarini qondirishga о‗tkazilmagani ijtimoiy ishlab chiqarish tuzilishidagi chuqur nomutanosibliklarda namoyon bо‗ldi.




90-yillarning boshida О„zbekistonda ijtimoiy ishlab chiqarish tuzilishidagi


nomutanosibliklar



Kо„rsatkich

Miqdori

Sanoatda tayyor mahsulotning ulushi

50 foiz

Qayta ishlanmasdan, respublika tashqarisiga chiqarilgan qishloq xо‗jaligi mahsulotining ulushi

80 foizdan kо‗proq

Respublikadan olib ketilayotgan mahsulot tarkibida xom ashyo, materiallar va chala tayyor mahsulotlar ulushi

65 foizdan kо‗proq

Respublikaga keltirilayotgan tovarlar tarkibida sanoat mahsulotlari (mashinalar, asbob-uskunalar, yengil sanoat, va oziq-ovqat mahsulotlari) ulushi

60 foiz

Sovet davrining keyingi о‗n yilliklari mobaynida iqtisodiyotni rivojlantirishda xom ashyo, chala tayyor mahsulotlar ishlab chiqaradigan va chetga yuboriladigan, mehnatni nisbatan kamroqtalab qiladigan xom ashyo tarmoqlarini rivojlantirishga ustuvor ahamiyat berilishi ushbu nomutanosibliklarni yanada kuchaytirdi. Jumladan, ishlab chiqarishning umumiy hajmida yengil sanoatning ulushi keyingi 50 yil ichida 54 foizdan 37 foizga, oziq-ovqat sanoatining ulushi 30 foizdan 14 foizga tushib qolgan, mashinasozlikning ulushi atigi 7 foizga о‗sib, 16 foizni tashkil etgan.


Shuningdek, iqtisodiyot tarmoqlarini tarkib toptirish va rivojlantirishda qator nuqson va kamchiliklarga yо‗l qо‗yilgan. Jumladan:

  • respublika mashinasozlik kompleksi faoliyati paxtachilik, paxtachilik uchun mashinalar ishlab chiqarish bilan cheklanib, murakkab uy-rо‗zg‗or texnikasi, yо‗l qurish mashinalari, plastmassa buyumlari, oziq-ovqat sanoati jihozlari, savdo-sotiq va maishiy xizmat sohasi uchun

kerakli asbob-uskunalar deyarli ishlab chiqarilmadi;

  • kimyo sohasining rivojlanishida yirik korxonalarga afzallik berilishi respublikadagi ekologik vaziyatni juda yomonlashtirib yubordi;

  • yirik kimyo korxonalari nitron, atsetat, kaprolaktam singari dastlabki qayta ishlangan mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashib, ularning mahsulotlari ham, asosan, respublikadan tashqariga chiqarishga mо‗ljallandi.

Istiqlol yillarida mamlakatimiz rahbari tomonidan О‗zbekistonning iqtisodiy mustaqilligini ta‘minlashga alohida e‘tibor qaratilib, bu boradagi strategiyaga quyidagi yondashuvlar asos qilindi:

  • mintaqamiz taraqqiyotining tarixiy asoslari, oqilona mantiq e‘tiborga olinmay, ma‘muriy- buyruqbozlik usullari tazyiqi ostida shakllangan qarashlarning hammasiga barham berilishi kerak;

  • mintaqamiz taraqqiyotining istiqbollariga, avvalo, respublika aholisining manfaati nuqtai nazaridan qaramoq kerak.

Respublikani iqtisodiy mustaqillik yо‗liga о‗tkazish, uni inqiroz girdobidan olib chiqish vazifalarini hal etishda mamlakatning ichki resurslari va imkoniyatlariga baho berishga mutlaqo yangicha yondashish zarurligi ta‘kidlandi.
Iqtisodiy islohotlarning dastlabki bosqichida asosiy e‘tibor mustaqil davlatning amal qilishini ta‘minlovchi infratuzilmani yaratish, bozor iqtisodiyotiga о‗tishning qonunchilik asoslarini shakllantirish, narxlarni erkinlashtirish, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, inflyatsiyaga qarshi kurash va aholini ijtimoiy himoyalash masalalariga qaratildi.
Ijtimoiy yо‗naltirilgan bozor iqtisodiyotiga о‗tish О‗zbekistonda davlat suverenitetining iqtisodiy asosi sifatida belgilandi. Bu yо‗lni shakllantirish uchun iqtisodiyotni tubdan isloh qilishga kirishildi. Bunda, avvalo, iqtisodiy islohotlarning quyidagi strategik maqsadlariga e‘tibor qaratildi:

  • ijtimoiy yо‗naltirilgan bozor iqtisodiyotini bosqichma-bosqich shakllantirish, milliy boyliklarning о‗sishi, kishilar turmushi va faoliyati uchun munosib sharo itni ta‘minlaydigan kuchli va muntazam rivojlanib boruvchi iqtisodiy tizim yaratish;

  • kо‗p ukladli iqtisodiyotni shakllantirish, xususiy mulkka munosabatni о‗zgartirish, tashabbuskorlik va tadbirkorlikning har taraflama о‗sishi uchun asos bо‗ladigan xususiy mulkchilikning davlat tomonidan himoya qilinishini ta‘minlash;

  • korxonalar va fuqarolarga keng iqtisodiy erkinliklar berish, ularning xо‗jalik ishlariga davlatning tо‗g‗ridan-tо‗g‗ri aralashuvidan voz kechish, iqtisodiyotni boshqarishning ma‘muriy- buyruqbozlik usullariga barham berish, iqtisodiy vositalar va rag‗batlantirishni keng qо‗llash;

  • moddiy, tabiiy va mehnat resurslaridan unumli foydalanish, raqobatbardosh tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish va jahon iqtisodiyoti tizimiga kirib borishni ta‘minlaydigan chuqur iqtisodiy о‗zgarishlarni amalga oshirish;

  • iqtisodiyotda chuqur tarkibiy о‗zgarishlar qilish va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish;

  • jahon iqtisodiy tizimiga qо‗shilish;

  • yangicha iqtisodiy tafakkurni shakllantirish, aholining dunyoqarashini о‗zgartirish, har bir kishiga о‗z mehnati samarasidan bahramand bо‗lish imkoniyatini yaratish.

Bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich о‗tish bozorning kо‗p bо‗g‗inli infratuzilmasini yaratishni talab qiladi. Chunki muayyan infratuzilmaga ega bо‗lmasdan bozor mexanizmlari tо‗liq ishlay olmaydi. Infratuzilma bu - xalq xо‗jaligi faoliyatini ta‘minlash uchun turli tuman xizmat kо‗rsatuvchi tarmoqlar kompleksi: transport, aloqa, savdo, moddiy-texnika ta‘minoti, suv bilan ta‘minlash, fan, maorif, sog‗liqni saqlash, atrof muhitni muhofaza qilish va boshqalarni о‗z ichiga oladi. Asosiy ishlab chiqarish infrastrukturasi – elektr ta‘minoti, transport, yо‗l, ombor xо‗jaligi va aloqa tarmoqlari hisoblanadi.
О‗tish davrida bozor infratuzilmasini shakllantirish va kengaytirish borasida kо‗plab amaliy tadbirlar amalga oshirildi.
Tovar va xom ashyo bozorida xizmat qiluvchi tovarlar va xom ashyo birjalari, biznes- inkubator, auditorlik va konsalting firmalari, kо‗plab savdo uylari, auksionlar, tijoratchilik idoralari, reklama firmalari, savdo-sotiq va ularni nazorat qiluvchi davlat muassasalari tashkil etildi. Bu sohadagi dastlabki qadam mahsulot yetkazib berishga majburiy davlat buyurtmasining tugatilishi bо‗ldi. Davlat buyurtmasi tugatilgach, tovar resurslarini markazlashgan tartibda taqsimlashga mutasaddi ta‘minot tashkilotlari ham tugatildi. Ularning о‗rniga tovarlar bozorini shakllantiruvchi birjalar tizimi tashkil etildi. О‗zbekistonda 1991 yilning avgustidan "О‗zbekiston" respublika universal agrosanoat birjasi, "О‗zulgurjibirjasavdo" (1994 yil, mart), "Toshkent‖ Respublika tovar-xom ashyo birjasi (1994 yil, 8 aprel) va boshqa birjalar faoliyati yо‗lga qо‗yildi.
Bozor munosabatlarini rivojlantirishda axborot infratuzilmasi alohida ahamiyatga ega. Shu bois iqtisodiy faoliyat uchun zarur bо‗lgan axborotlar, xabarlar va ma‘lumotlarni tо‗plovchi, umumlashtiruvchi vositalar, firmalar vujudga keldi.
Xо‗jalik yurituvchi subyektlarni moliya-kredit munosabatlariga xizmat qiluvchi infratuzilma yangi bank tizimi, о‗z-о‗zini kreditlash idoralari, sug‗urta kompaniyalari, moliya kompaniyalari, soliq undirish idoralari, pul jamg‗armalari yaratildi.
Respublikamizda tadbirkorlar va aholini rо‗y berishi mumkin bо‗lgan turli zararlardan himoya qiluvchi sug‗urta bozori vujudga keldi. Davlat ishtirokida bozor munosabatlariga xizmat qiluvchi "О‗zbekinvest" (1994 yil 13 aprel), "О‗zagrosug‗urta" (1997 yil 25 fevral), "Kafolat‖ (1997 yil 14 mart) kabi uchta yirik sug‗urta kompaniyasi tashkil etildi. Prezident farmoni bilan 2002 yil 1 fevralidan boshlab sug‗urta tashkilotlarining 3 yil muddatga daromad solig‗idan ozod qilinishi mamlakatimizda sug‗urta bozorini yanada erkinlashtirish va rivojlantirishga xizmat qildi.
Bozor iqtisodiyotiga о‗tish mulkchilik shakllari, kо‗p ukladli aralash iqtisodiyot tuzilmalarining xilma-xilligiga asoslanadi. Bu raqobat bozor iqtisodiyotini harakatlantiruvchi kuch ekanligi, u kup sonli bozor subyektlarini talab qilishi bilan izohlanadi. Shunga kо‗ra, О‗z Rning "Mulkchilik tо‗g‗risida"gi Qonunida mamlakatimizda mulkchilikping qanday shakllari amal qilishi aniq belgilab berildi. Shuningdek, О‗zbekistonda mulkchilikning barcha shakllari teng huquqli ekanligi Konstitusiyada ham belgilab qо‗yildi.
Mustaqil taraqqiyot yо‗liga о‗tgan mamlakatimiz iqtisodiyotida muhim tarkibiy о‗zgarishlarni amalga oshirishda investitsiya faoliyati muhim ahamiyat kasb etdi.
Samarali investitsiya siyosatining amalga oshirilishi iqtisodiy rivojlanishning turli bosqichlaridagi ustuvor yо‗nalish va mexanizmlarni о‗zgartirdi.
Iqtisodiy islohotlarning birinchi bosqichi (1991-1995 yillar)da YAIM hajmining kamayib ketishi, milliy valyuta devalvatsiyasi va inflyatsiya о‗sib borishi, rivojlanishda yuqori darajada beqarorlik kuzatildi. Investitsiya hajmi va kо‗lami qisqarib, bunday holatda xorijiy investitsiyalar ulushining katta qismi turli grantlardan iborat bо‗lib, tо‗g‗ridan-tо‗g‗ri investitsiyalar deyarli mavjud emas edi.
Respublika byudjet mablag‗larining investitsiya qilingan asosiy qismi (95 foiz) davlat sektoriga, iqtisodiyotning ustuvor rivojlanish sohalariga, strategik muhim obyektlarni qurishga yо‗naltirildi. Shuningdek, respublika byudjeti xarajatlar qismining salmoqli ulushi (57,3 foizgacha) kadrlar tayyorlash, qishloq infratuzilmasini rivojlantirish, qishloq aholisini toza ichimlik suvi va tabiiy gaz bilan ta‘minlash kabi davlat dasturlariga ajratildi. Davlat nazorati ostida iqtisodiy va ijtimoiy xavfsizlikni ta‘minlashga xizmat qiluvchi muhim tarmoqlar moliyalashtirildi.
Iqtisodiyotni, shu jumladan, narx tashkil etishni erkinlashtirish, davlat mulkini xususiylashtirish, tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish va iqtisodiyotga davlat aralashuvini cheklash islohotlarning asosiy yо‗nalishlariga aylandi. Mustaqil taraqqiyot davrining dastlabki pallasidagi investitsiya jarayonlarida quyidagi masalalar hal etildi:

  • amalga oshirilayotgan investitsiya hajmining qisqarib ketishiga barham berish va barqarorlashtirish;

  • investitsiya jarayonlarini davlat byudjeti orqali moliyalashtirishni qisqartirish;

  • davlat kafolati ostida xorijiy investitsiyalarni jalb etish;

  • investitsiya jarayonlariga mamlakat aholisi va tijorat banklarini keng jalb etish.

О‗z R qator davlatlar va xorijiy shaxslar о‗rtasida investitsiya bahslarini hal etish tartibi tо‗g‗isidagi Vashington konvensiyasiga, investitsiyalar kafolati bо‗yicha Seul konvensiyasiga qо‗shildi, Xalqaro valyuta jamg‗armasi, Jahon bankiga a‘zo bо‗ldi, Jahon savdo tashkilotiga kuzatuvchi sifatida qabul qilindi. Bir qancha hukumatlararo investitsiyalarni himoya qilish va rag‗batlantirish, ikkiyoqlama soliq solmaslik kabi kelishuvlarni imzoladi.
1996 yildan boshlab korxona va tashkilotlar investitsiya faoliyatini jadallashtirish uchun iqtisodiyotda tarkibiy о‗zgarishlar amalga oshirildi. Xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni kengaytirish uchun har yili Investitsiya dasturi ishlab chiqilib, qabul qilina boshladi.
Iqtisodiy islohotlarning ikkinchi bosqichida investitsiya siyosatining asosiy natijalari quyidagilar bо‗ldi:

  • Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida birinchi bо‗lib Asaka shahrida avtomobil zavodi qurildi;

  • Nukus, Ellikqala, Samarkand va Namanganda yirik tо‗qimachilik majmualari foydalanishga topshirildi;

  • Navoiy-Uchquduq-Sulton Uvaystog‗-Nukus va G‗uzor-Boysun-Qumqо‗rg‗on yangi temir yо‗l liniyalari kurildi;

  • Toshkent-Andijon avtomobil yо‗lining Qamchiq dovonidan о‗tadigan qismi rekonstruksiya qilindi.

Bu davrda zamonaviy "О‗zDEUavto" zavodining ishga tushirilishi bilan avtomobilsozlik sanoati tashkil etildi, bu esa iqtisodiyotni tarkibiy qayta о‗zgartirilishining asosiy yakuni bо‗ldi. "SamKochavto" (avtobuslar ishlab chiqarish), "Kabul-О‗zbekKo" (paxta tolasini qayta ishlash), "О‗zSamsung Elektroniks‖ (maishiy elektron apparatura), "Nestle О‗zbekiston" (oziq-ovqat mahsulotlari, ichimliklar), "Olgin Deri", "Shark-teks", "Supertekstil" tо‗qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yangi qо‗shma korxonalar ishga tushirildi.
Iqtisodiy islohotlarning uchinchi bosqichi (2004-2011 yillar)da YAIM barqaror suratlarda о‗sdi va 7 foizdan ortiqni tashkil etdi. Asosiy kapitalga kiritiladigan investitsiyalar 2006 yildan boshlab ortib bordi va 2008 yilda deyarli 30 foizga oshdi.
Bu vazifalarni amalga oshirish maqsadida О‗z R Prezidentining "Tо‗g‗ridan-tо‗g‗ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni rag‗batlantirish borasidagi qо‗shimcha chora- tadbirlar tо‗g‗risida"gi (11.04.2005), "Tо‗g‗ridan-tо‗g‗ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni rag‗batlantirish borasidagi qо‗shimcha chora-tadbirlar tо‗g‗risida‖gi (21.07.2005), "О‗z R Tiklanish va taraqqiyot jamg‗armasini tashkil etish tо‗g‗risida"gi (02.05.2006), "Navoiy viloyatida erkin iqtisodiy-industrial hududni tashkil etish tо‗g‗risida"gi (02.12.2008), "Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirishga doir qо‗shimcha chora-tadbirlar tо‗g‗risida"gi (24.08.2011), "Tо‗g‗ridan-tо‗g‗ri xorijiy investitsiyalar jalb etilishini rag‗batlantirishga oid qо‗shimcha chora-tadbirlar tо‗g‗risida''gi (10.04.2012), "Angren maxsus industrial hududini tashkil etish tо‗g‗risida"gi (13.04.2012) farmonlari va bir qancha qarorlar qabul qilindi.
Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi sharoitida investitsiyalarning barqaror о‗sishi О‗zbekiston iqtisodiyotining barqarorligi, tashqi inqirozlar ta‘sirini minimallashtirish imkoniyatiga nisbatan xorijiy investorlarning ishonchi yuqoriligidan dalolat beradi. Chunonchi, tо‗g‗ridan tо‗g‗ri chet el investitsiyalari 2011 yili 2003 yilga nisbatan 8 barobarga kо‗paydi.
Islohotlarning uchinchi bosqichida bir qator yirik investitsiya loyihalari muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Jumladan, Shо‗rtan gaz-kimyo majmuasi ishga tushirildi, Navoiy shahridagi aeroport rekonstruksiyasi yakunlandi, "Toshg‗uzor-Boysun-Qumqо‗rg‗on" temir yо‗li ishga tushirildi, Olmaliq tog‗-kon metallurgiya kombinati rekonstruksiya qilindi, Rezaksoy suv ombori qurilishi tugatildi.
Xalqaro kuzatuvchilar О‗zbekistonning investitsion faolligi va rivojlanish yо‗li tо‗g‗ri ekanini e‘tirof etdilar. Islohotlarni amalga oshirish qiyinchiliklari va har bir bosqichning о‗ziga xosligiga qaramasdan, О‗zbekiston MDH davlatlari orasida yaxshi kо‗rsatkichlarga erishdi.
Mamlakatimizda investitsiya hajmi bо‗yicha boshqa MDH davlatlari kabi keskin pasayishlar rо‗y bermadi. О‗zbekiston MDH davlatlari ichida 1995 yildan beri investitsiya hajmi indeksi salbiy mikdorni kо‗rsatmagan yagona davlat bо‗lib qoldi.
Mustaqillikka erishish arafasida va mustaqil taraqqiyotning dastlabki yillarida iqtisodiyotimizda jiddiy tarkibiy deformatsiyalar mavjud bо‗lib, ular orasida sanoatning haddan ortiq tarzda xom ashyoga yо‗naltirilgani katta salbiy ta‘sirga ega edi.
О‗zbekiston oldida ishlab chiqarishning iqtisodiy tarkibini tubdan qayta qurish, xom ashyo va qayta ishlovchi sohalar о‗rtasidagi nomutanosibliklarni bartaraf etish, jahon xо‗jaligiga kirib borishga qodir bо‗lgan diversifikatsiyalashgan sanoat kompleksini shakllantirish vazifasi turardi. Shuni ta‘kidlash kerakki, iqtisodiyotning asosiy sohalari bо‗lgan energetika, neft va gaz sanoati, oltin qazib olish va kimyo sanoati, qora va rangli metallurgiya korxonalari qatorida qayta ishlash sanoati sohalarini jadal sur‘atlar bilan rivojlantirish, qurilish materiallari ishlab chiqarishni yо‗lga qо‗yish asosida mamlakatning asosiy tabiiy va mineral xom ashyo resurslarini kо‗proq ishlab chiqarishga jalb qilish ustuvor vazifa hisoblanadi. 1999 yildan boshlab iqtisodiyotning real sektorida mulkchilikning yangi shakliga о‗tish bо‗yicha choralar amalga oshirildi. Buning uchun iqtisodiyotning asosiy sohalari bо‗lgan yoqilg‗i-energetika majmuasi, metallurgiya sanoatining yirik korxonalari xususiylashtirildi. Iqtisodiyotning asosiy sohalaridagi yirik investitsion loyihalarning rо‗yobga chiqarilishi va yangi qayta ishlovchi korxonalarning faol jalb qilinishi iqtisodiyotdagi о‗sish darajasining bir meyorda oshishiga imkon yaratdi. Sanoat mahsulotlari eksportining oshishi hisobiga ijobiy tо‗lov balansi shakllandi va oltin- valyuta zahiralari oshdi. Valyuta bozorining liberallashtirilishi doirasida 2000 yilga qadar davlat valyuta almashtirish kursi va valyuta operatsiyalarini qatiy ma‘muriy nazorat qilish eksport
hajmi kо‗payishi va chet el valyutasi kirib kelishini rag‗batlantirdi.
2008-2011-yillarda О‗zbekiston iqtisodiyoti jahonda yuz bergan moliyaviy inqiroz sharoitida rivojlandi, "iqtisodiyotimizning jahon xо‗jalik va moliyaviy-iqtisodiy aloqalarga о‗sib borayotgan sur‘atlar bilan kirishib ketayotganligini hisobga olganda jahon inqirozi, birinchi navbatda, uning oqibatlari bizga salbiy ta‘sir kо‗rsatdi.
Global moliyaviy inqirozning salbiy ta‘sirini yengib о‗tish maqsadida hukumat tomonidan 2008 yildayoq inqirozga qarshi chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqildi va qabul qilindi.
Dasturga kо‗ra, birinchi navbatda, eksport qiluvchi korxonalarning barqaror ishlashini qо‗llab-quvvatlash va ta‘minlash bо‗yicha chora-tadbirlar ishlab chiqildi.
Sanoat sektorining jadal о‗sish sur‘atlari О‗zbekiston iqtisodiyotidagi tarkibiy qayta о‗zgartirishlar ijobiy dinamikasini ta‘minladi. Umuman olganda, 1995-2011 yillarda sanoatning YAIM tarkibidagi ulushi 17,1 foizdan 24 foizgacha о‗sdi.
Iqtisodiyotdagi tarkibiy qayta о‗zgartirishlar samaradorligi eksport tarkibida erishilgan ijobiy siljishlar bilan izohlanadi. 1995-2011 yillarda xom ashyo eksportining ulushi sezilarli darajada, jumladan, paxta tolasi 48,4 foizdan 9 foiztacha kamaydi. Tayyor mahsulotlar ulushi 7,1 foizdan 34,6 foizgacha oshdi, shu jumladan, mashinalar va asbob-uskunalarning ulushi 2 foizdan 6,7 foizgacha, tо‗qimachilik mahsulotlari 3,1 foizdan 9,7 foizgacha, oziq-ovqat mahsulotlari 1,7 foizdan 13,2 foizgacha oshdi.
Shu yillarda iqtisodiyotning sanoat tarmog‗ida nodavlat sektorining roli keskin ravishda о‗zgardi. Nodavlat korxonalarning sanoat subyektlarining umumiy tarkibidagi ulushi 1991 yildagi 17 foizdan 87 foizgacha oshdi, ulardan 30 foizi xususiy korxonalardir.
2019 yilda О‗zbekiston iqtisodiyotiga jalb qilingan xorijiy investitsiyalar 4,2 milliard dollarni tashkil etib, 2018 yilga nisbatan 3,1 milliard dollarga yoki 3,7 barobar о‗sdi. Investitsiyalarning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 37 foizga yetdi (Prezident Murojaatnomasidan. 24.01.2020.). Sanoatning 12 ta yetakchi tarmog‗ida modernizatsiyalash va raqobatdoshlikni kuchaytirish dasturlari jadal amalga oshirila boshlandi. Natijada 2019 yilda iqtisodiy о‗sish 5,6 foizni tashkil etdi. Sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi 6,6 foizga, eksport – 28 foizga kо‗paydi. Oltin-valyuta zaxiralarimiz 2019 yil davomida 2,2 milliard dollarga ortib, 28,6 milliard dollarga yetdi.
Mustaqillik yillarida О‗zbekistonda chuqur tarkibiy о‗zgarishlarning amalga oshirilishi
natijasida respublikaning yonilg‗i-energetika resurslariga bо‗lgan ehtiyoji о‗zi hisobidan tо‗la ta‘minlandi. Istiqlol davrida iqtisodiyotda yangi tarmoqlar avtomobilsozlik, sellyuloza-qog‗oz, qand-shakar, farmatsevtika va boshqa tarmoqlar vujudga keldi. Respublika sanoatida yuksak texnologiyaga asoslangan va istiqbolli tarmoqlarning, yani mashinasozlik, yoqilg‗i-energetika, kimyo va yengil sanoat kabilarning hissasi ortib bordi. О‗zbekiston iqtisodiyotining tarmoq tuzilishini о‗zgartirishda yangi neft konlari (Mingbuloq va Kо‗kdumaloq)ning ishga tushirilishi, Buxoro neftni qayta ishlash zavodining qurilishi, Yangi Angren va Tolimarjon GRESlari qurilishining jadallashtirilishi, metall ishlab chiqarilishining kо‗paytirilishi muhim ahamiyatga ega bо‗ldi. Respublikamiz uchun tamomila yangi bо‗lgan avtomobilsozlik sanoatining vujudga keltirilishi oqibatida Avtotransport ishlab chiqaruvchilar xalqaro tashkilotining 33-tо‗laqonli a‘zosi sifatida qabul qilindi.
Biz tanlagan islohotlar modelining tо‗g‗ri ekanligi va xalqimizning manfaatlariga tо‗liq javob berayotganini keyingi yillarda iqtisodiyotimizning barqaror sur‘atlar bilan о‗sib, yangi marralarga kо‗tarilib borayotgani orqali kо‗rish mumkin. О‗zbekistonda 1996 yildan boshlab iqtisodiy о‗sish ta‘minlanib, uning sur‘atlari 2001-2003 yillarda о‗rtacha 4% dan, 2004-2006 yillarda 7% dan, 2007 yildan buyon о‗rtacha 8-9% dan yuqori bо‗lib kelmoqda.
Mustaqillik davrida respublikamizning tashqi iqtisodiy faoliyati yangicha mazmun va yо‗nalishlarda deyarli qaytadan tashkil etildi. Ma‘lumotlarga kо‗ra, О‗zbekistonda xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikda tashkil etilgan xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar soni 1991 yil 1 yanvar holatiga atigi 30 tani tashkil etar edi. 2014 yilning boshiga kelib bunday korxonalar soni 4,7 mingtadan oshib ketdi, ya‘ni 156 baravardan ziyod о‗sdi. Agar tashqi savdo aylanmasi 1995 yilda 6,6 mlrd. AQSH dollari hajmini tashkil etgan bо‗lsa, 2013 yilda bu kо‗rsatkich 4,4 baravar о‗sib, 28,9 mln. AQSH dollari hajmiga yetdi.
О‗zbekiston Prezidentining Parlamentga Murojaatnomasida (22.12.2017) keltirilishicha, 2017 yilda Xalqaro valyuta fondi ma‘lumotlariga kо‗ra, aholi jon boshiga tо‗g‗ri keladigan yalpi ichki mahsulot hajmi bо‗yicha О‗zbekiston dunyo reytingida 187 mamlakat о‗rtasida 134- о‗rinda turgan edi.
2017 yilda yurtimizda gaz ishlab chiqarish hajmi 56,5 milliard kub metrni tashkil etdi. Ammo mazkur soha yillar davomida modernizatsiya qilinmagani tufayli yо‗qotish miqdori juda katta – 20-23 foizni tashkil etgan.
Mamlakatimizda asosiy energiya resurslarining narxi past bо‗lib qolayotgani bozor iqtisodiyoti sharoitida о‗zini oqlamasligi hammamiz yaxshi tushunamiz. Masalan, 2017 yilda О‗zbekistonda aholi va sanoat korxonalari uchun 1 megavatt soat elektr energiyaning narxi 25 AQSH dollarini tashkil etadi. Germaniyada esa bu narx aholi uchun – 332 dollar, korxonalar uchun – 144 dollardan iborat. Rossiyada tegishlicha 47 va 51 dollarni, Hindistonda 68 va 87 dollarni tashkil etadi. Shuningdek, 1000 kub metr tabiiy gazning narxi О‗zbekistonda 32,9 dollar, Shvetsiyada 1552, Portugaliyada 1132 dollardan ziyod, Italiyada 1045, Germaniyada 785 dollardan, Angliyada esa 770 dollardan ortiqni tashkil etadi. Bu raqam Rossiyada 83 dollardan, Qozog‗istonda 45 dollardan ziyoddir.
Kо‗rinib turibdiki, bizda energiya va tabiiy gaz resurslari rivojlangan davlatlarga nisbatan bir necha barobar arzon. Lekin resurslardan oqilona foydalanish yо‗qligi natijasida tannarxning pasayishiga, mahsulot hajmi о‗sishiga erishish qiyin bо‗lmoqda.
Sо‗nggi yillarda iqtisodiyotimizni jadal rivojlantirish hamda aholini ish bilan ta‘minlashni yaxshilashda mamlakatimizning barcha hududlarida kichik sanoat zonalar va erkin iqtisodiy zonalarining tashkil etilishi muhim ahamiyat kasb etdi. О‗tgan qisqa davr mobaynida ... tashkil etildi
Sirdaryo viloyatining Yangiyer shahrida (30.03.2017), Surxondaryo viloyatida (29.03.2018), Qashqadaryo viloyatida (29.03.2018), Toshkent shahrida (18.05.2017), Toshkent
viloyatida (10.08.2017), Navoiy viloyatida (05.06.2018), Namangan viloyatida (02.07.2018) va Buxoro viloyatida (11.10.2018) kichik sanoat zonalari, «Zomin-farm», «Kosonsoy-farm»,
«Sirdaryo-farm», «Boysun-farm», «Bо‗stonliq-farm» va «Parkent-farm» (03.05.2017),
«Sirdaryo» (12.04.2018), «Buxoro-agro» (11.07.2018), «Namangan» (21.08.2018), «Urgut»,
«G‗ijduvon», «Qо‗qon», «Hazorasp» (12.01.2017) va «Chiroqchi» erkin iqtisodiy zonalari
(13.09.2019) tashkil etildi.
2017 yilgi Jahon bankining hisobotiga kо‗ra, eksport-import hujjatlarini rasmiylashtirish bо‗yicha О‗zbekiston 190 ta davlat orasida 175-о‗rinda turgani achinarli, albatta. Aytaylik, bojxona hujjatlarini rasmiylashtirish uchun Belgiyada 1 soat kifoya qilsa, bizda bunga 1 oylab muddat sarflangan.
2018 yilga ―Faol tadbirkorlik, innovatsion g‗oyalar va texnologiyalarni qо‗llab-quvvatlash yili‖, deb nom berilishi munosabati bilan barcha tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy-xо‗jalik faoliyatini tekshirishga 2 yillik (2018-2019) maratoriy joriy qilindi.
2017 yilda mamlakatimizda qisqa muddatda 161 ta yirik sanoat obyekti ishga tushirildi. Masalan, Toshkent issiqlik elektr stansiyasida bug‗-gaz qurilmasi barpo etildi. Bu esa qо‗shimcha ravishda 2,5 milliard kilovatt elektr energiyasi ishlab chiqarish imkonini beradi. Shuningdek, Navoiy issiqlik elektr stansiyasida ikkinchi bug‗-gaz qurilmasi, Qizilqum bag‗ridagi Avminzo-Amantoy oltin konlari negizida gidrometallurgiya zavodi qurish bо‗yicha ishlar davom ettirildi. Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan ―Yoshlik – 1‖, ―Yoshlik – 2‖ konlarini о‗zlashtirishga kirishildi. Sardoba, Markaziy Farg‗ona va Tо‗palang suv omborlarini qurish bо‗yicha ishlar jadal davom ettirildi.

Yüklə 7,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin