O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta



Yüklə 7,32 Mb.
səhifə49/146
tarix19.10.2023
ölçüsü7,32 Mb.
#156953
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   146
O zbekiston respublikasi oliy va o rta

Milliy valyutamizni erkin konvertatsiya qilina boshlandi va yuridik va jismoniy shaxslar xorijiy valyutani tijorat banklaridan cheklovsiz sotib olish va erkin sotish imkoniga ega bо‗ldi.
2017 yilda mamlakatimizda 12 ta erkin iqtisodiy va 45 ta sanoat zonasi faoliyati yо‗lga qо‗yildi. Shular hisobidan 336 mingdan ziyod yangi ish о‗rinlari tashkil etildi
Eng muhimi, mamlakatimiz iqtisodiy siyosatida noreal raqamlar ortidan quvish, amalga oshmaydigan xomxayollarni haqiqat sifatida taqdim etishdek noma‘qul ish uslubi tanqidiy qayta kо‗rib chiqildi. Amaliy natijadorlik, inson manfaati va yana bir bor inson manfaati islohotlarning bosh maqsadi etib belgilandi.
Qandim gazni qayta ishlash kompleksi ishga tushirilishi hisobidan 2018 yilda qо‗shimcha ravishda 4 milliard 100 million kub metr tabiiy gazni qayta ishlash, 67 ming tonnadan ziyod kondensat, 106 ming tonnadan ortiq oltingugurt ishlab chiqarish imkoni yaratildi.
Ayni shu asosda amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida 2017 yilda barqaror iqtisodiy о‗sish sur‘atlari 5,5 foizni tashkil etdi, eksport hajmi qariyb 15 foizga kо‗paydi. Tashqi savdo aylanmasining ijobiy saldosi 854 million dollarga yetdi.
О‗zbekiston iqtisodiyotining lokomotivlaridan biri bо‗lgan Muborak gazni qayta ishlash zavodida 2018 yili qо‗shimcha ravishda 6 milliard kub metr tabiiy gazni oltingugurtdan tozalaydigan bloklar tо‗liq faoliyatini boshladi. ―О‗zagrotex-sanoatxolding‖ aksiyadorlik jamiyatida 2018 yilda 5 mingdan kо‗proq zamonaviy traktorlar, mingdan ziyod paxta terish mashinasi va 2 mingdan ortiq pritseplar ishlab chiqarish yо‗lga qо‗yildi.
Prezident Murojaatnomasi (28.12.2018)da aytilishicha, davlat aktivlari tartibsiz boshqarilayotgani ham samaradorlikka salbiy ta‘sir kо‗rsatmoqda. Masalan, hozirgi vaqtda 972 ta davlat korxonasi aktivlarining atigi 21 foizi Davlat raqobat qо‗mitasi tomonidan, qolgan 79 foizi vazirlik va idoralar hamda xо‗jalik birlashmalari tomonidan boshqarilmoqda.
Bunday yondashuv sо‗nggi 27 yil davomida davlat korxonalarini qanday ahvolga olib kelgani hech kimga sir emas. Aviasozlik sanoati kabi butun bir soha yо‗q bо‗lib ketdi.
Bu borada birinchi qadam sifatida 2018 yil ―О‗zbekenergo‖ va ―О‗zbekiston havo yо‗llari‖ tizimi tubdan isloh qilindi.
Iqtisodiyotdagi tizimli о‗zgarishlar natijasida yalpi ichki mahsulot tarkibida sanoatning ulushi 2018 yilda 35 foizni tashkil etgan bо‗lsa 2019 yilda bu kо‗rsatkich 37 foizga oshirildi.
Islohotlarimiz natijasida 2019 yili 93 mingta yoki 2018 yilga nisbatan qariyb 2 barobar kо‗p yangi tadbirkorlik subyektlari tashkil etildi.
О‗zbekiston Jahon bankining 2019 yilgi ―Biznes yuritish‖ reytingida 7 pog‗ona kо‗tarilib, biznesni rо‗yxatga olish kо‗rsatkichi bо‗yicha dunyoning 190 ta davlati orasida 8-о‗rinni egalladi va eng yaxshi islohotchi davlatlar qatoridan joy oldi.
Prezident Murojaatnomasida (2020 yil 24 yanvar) 2020 yilda 23 milliard dollarlik investitsiyalar о‗zlashtirilishi hamda 206 ta yangi yirik quvvatlar ishga tushirilishi, jumladan, SHо‗rtan gaz-kimyo kompleksida sintetik suyuq yoqilg‗i, ―Navoiyazot‖ aksiyadorlik jamiyatida azot kislotasi, ammiak va karbamid ishlab chiqarish quvvatlari barpo etilishi, Yangi Toshkent metallurgiya zavodi, Toshkent metrosining Sirg‗ali tarmog‗i, yer usti halqa yо‗lining birinchi bosqichi ishga tushirilishi ma‘lum qilingan edi. 2020 yil bahoridan butun dunyo va malakatimizda joriy qilingan karantin chora-tadbirlariga qaramasdan bu tadbirlarning aksariyati amalga oshirildi.
2020 yil 4 dekabrda Toshkent shahrining Yangihayot tumanida barpo etilgan Toshkent metallurgiya zavodi ishga tushilirdi. Mazkur zavodni barpo etish 2017 yil fevralda boshlangan edi. Qurilish ishlariga 420 million dollar sarflangan. Ushbu majmua О‗zbekiston iqtisodiyotida muhim ahamiyatga ega bо‗ladi. Yangi korxonada yiliga 500 ming tonna rux va polimer qoplamali metall listlar ishlab chiqariladi. Ilgari bunday mahsulotlar asosan chetdan olib kelingan. Zavodda import о‗rnini bosuvchi tovarlar ishlab chiqarilib, iqtisodiyotda mahalliylashtirish darajasi sezilarli oshadi. Shuningdek, yiliga 90 million dollarlik mahsulot eksport qilinishi rejalashtirilgan. Majmuada 700ga yaqin kishi ish bilan ta‘minlandi. Turdosh tarmoqlar bilan birga 5 mingta yangi ish о‗rni yaratildi.



    1. Yüklə 7,32 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin