O’zbekiston respublikasi qishloq va suv xo’jalik vazirligi



Yüklə 309,51 Kb.
səhifə7/11
tarix12.05.2023
ölçüsü309,51 Kb.
#112115
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
MAVZU

1-chizma
Ichki nazorat xizmatining rahbari va xodimi lavozimiga tayinlanuvchi shaxslarga

qo’yiladigan talabalar

* Muallif tomonidan tayyorlangan



Ichki nazorat xizmati rahbari yoki xodimi lavozimiga quyidagi shaxslar tayinlanishi mumkin emas:
o’z faoliyati va shaxsiy xulq atvorida ishonib topshirilgan bo’linmani noto’g’ri boshqargani yoki ishni vijdonan yuritmaganini namoyon etgan shaxslar;
iqtisodiyot sohasidagi jinoyati uchun avval sud tomonidan jinoiy javobgarlikka tortilgan shaxslar.
Tijorat banki ichki nazorat tizimi tuzilmasini shakllantirish, Ichki nazorat xizmati rahbarini tayinlash to’g’risidagi qarorni qabul qilgandan so’ng 10 (o’n) ish kuni mobaynida tayinlangan shaxslar to’g’risidagi anketa ma’lumotlarini ilova qilgan holda bu haqida Markaziy bankka xabar berishi lozim.
Ichki nazorat xizmati rahbari va xodimlari ichki nazoratni amalga oshirish maqsadida tijorat banki bo’linmalari rahbarlari va xodimlaridan kerakli boshqaruvchilik va buxgalteriya hujjatlarini talab qilib olishlari, shuningdek, ichki nazoratni amalga oshirish maqsadida olingan hujjatlardan nusxa ko’chirish, tijorat bankining elektron ma’lumotlar bazalarida, lokal hisoblash tarmoqlari va avtonom kompyuter tizimlarida saqlanadigan fayllardan va boshqa yozuvlardan nusxalar olishi, tijorat bankining boshqa bo’linmalari mutaxassislaridan yordam so’rash va olishlari mumkin. Bundan tashqari o’z xizmat vazifalarini bajarish davomida banki bo’linmalarining xonalariga kirish, shuningdek tijorat banki boshqaruvi raisining yozma ruxsatnomasi bilan hujjatlar saqlanishi uchun foydalaniladigan (arxivlar), naqd pul va qimmatliklar saqlanadigan (pul omborlari), kompyuter ma’lumotlarini qayta ishlash va ma’lumotlarni elektron shaklda saqlash xonalariga kirishlari, boshqaruv raisining yoki tegishli vakolatga ega bo’lgan uning o’rinbosarining yozma roziligi bilan terrorizmni moliyalashtirish bilan bog’liq bo’lgan operatsiyalarni to’xtatib turish haqida bank filiallari rahbarlariga ko’rsatmalar berishi, mijozlarning operatsiyalariga nisbatan kelgusi harakatlari, jumladan, qonun hujjatlariga muvofiq qo’shimcha ma’lumot olish yoki mavjud ma’lumotlarni tekshirish bo’yicha tijorat banki boshqaruvi raisiga takliflar taqdim etishi va ichki hujjatlarga muvofiq boshqa harakatlarni amalga oshirish huquqiga xam ega.
Ichki nazorat xizmati rahbari va xodimlari tijorat banki nomidan to’lov (hisob-kitob), kredit va buxgalteriya hujjatlarini imzolash yoki vizalash huquqiga ega emas.
Tijorat banki boshqaruvi ichki va tashqi vaziyatlarning o’zgarishini inobatga olgan holda, tijorat banki ichki nazorat tizimini doimiy ravishda monitoring qilib boradi va samaradorligini baholab boradi, shuningdek zarur holda samarali ishlashini ta’minlash uchun uning faoliyatini kuchaytiradi.
Ichki nazorat tizimi samaradorligini monitoring qilish tijorat banki ichki audit xizmati tomonidan ham olib borilishi mumkin.
Ichki audit xizmati yoki boshqa nazorat xizmatlari tomonidan aniqlangan ichki nazorat tizimining kamchiliklari o’z vaqtida tijorat banki boshqaruvi raisiga ma’lum qilinadi. Ma’lumotni olgandan so’ng tijorat banki boshqaruvi raisi aniqlangan kamchiliklarning o’z vaqtida bartaraf qilinishini ta’minlashi lozim.

  1. bob. ATB “Agrobank” Andijon viloyat boshqarmasi xududiy filialida hujjatlar aylanishi va ichki bank nazoratini tashkil etilishi

    1. ATB “Agrobank” Andijon viloyat boshqarmasi xududiy filialida ish kuni va hujjatlar aylanishining tashkil qilinishi

Hujjatlar aylanishi operatsiyalaming qonuniyligi, hujjatlarning haqiqiyligi va to’g’ri rasmiylashtirilganligini hamda ularning hisobda to’g’ri aks ettirilishini tekshirish bilan bog’liq bo’lgan ishlarni o’z ichiga oladi. Buxgalteriya xodimlarining ish kuni shunday tashkil etilishi kerakki, bunda bank tomonidan amaliyot kuni davomida ijroga qabul qilingan pul hisob-kitob hujjatlari dastlabki va joriy nazoratdan o’tkazilib, ular o’z vaqtida ijro etilishi, ya’ni hisobvaraqlar bo’yicha operatsiyalar buxgalteriya hisobida aks ettirilib, kunlik balans hisoboti tuzilishi hamda keyingi bank ish kunidan kechiktirmasdan bajarilgan barcha operatsiyalar yakuniy nazoratdan o’tkazilishi shart.
Hujjatlarning rasmiylashtirilgan vaqtdan boshlab ular bo’yicha operatsiyalar bajarilgunga qadar bo’lgan vaqt ichidagi tartibli harakatiga bank operatsiyalari bo’yicha hujjatlar aylanishi deyiladi.
Hujjatlar aylanishi bank operatsiyalarining o’z vaqtida to’g’ri va qonuniy tarzda amalga oshirilishida katta rol o’ynaydi. SHuning uchun har bir bankda hujjatlarning aylanishi va mijozlarga xizmat ko’rsatish vaqti grafiklarda aks ettiriladi.
Buxgalteriya hisobining yuritilishi, buxgalteriya ishining to’g’ri tashkil etilishi va nazoratning aniq olib borilishi bankning o’z vazifalarini to’g’ri bajarishini, mavjud va bo’lg’usi investorlar, kreditorlar, hukumat muassasalari, vazirliklar, idoralar, jamoatchilik va boshqa manfaatdor foydalanuvchilar, shuningdek, bank rahbariyati va xodimlari uchun bank faoliyatiga haqqoniy baho berish imkonini yaratadigan aniq va foydali axborot olishni ta’minlaydi
ATB “Agrobank” Andijon viloyat boshqarmasi xududiy filialida buxgalteriya hisobi ishlarini yuritish va buxgalteriya apparatini tashkil qilish tamoyillari, mijozlarga xizmat ko’rsatish hamda hujjatlar aylanmasini yo’lga qo’yish usullari to’g’risida ko’rsatmalar berilgan, bank operatsiyalari hisobini yuritish va ularni nazorat qilish qoidalari hamda bajarilgan bank operatsiyalarining qonuniyligi bo’yicha javobgarlik belgilangan
Bankning har bir ish kunining 5-6 soati bevosita mijozlarga xizmat ko’rsatishga ajratiladi. Kunning qolgan qismida esa avvalgi kun hisob materiallari tekshiriladi, shu kunning operatsiyalariga yakun yasaladi va ertangi kun operatsiyalariga tayyorgarlik ko’riladi. SHu kun kelib tushgan hujjatlar shu kunning o’zida, kechki payt kelib tushgan hujjatlar esa ertasi kunga o’tkaziladi, chunki hujjatlar kechki pochta orqali kelishi mumkin. Hujjatlar aylanishi aks etgan grafiklarda bank operatsiyalarini bajaruvchi bank xodimlarining bir-biriga hujjatlarni uzatish, banklararo aylanmalar guruhi, kassaga yoki bankning hisoblash markazlariga, ya’ni kompyuter bo’limiga uzatish vaqtlari belgilanadi.
Bankning mas’ul ijrochilariga hujjatlarning o’z vaqtida bir maromda tushishi, ularning oldida katta navbatlar hosil qilishning oldini olish maqsadida ATB “Agrobank” Andijon viloyat xududiy boshqarmasida mijozlarga xizmat ko’rsatish grafigi tuzilgan. Grafikda kunda bank bilan muloqotda bo’ladigan, har bir mas’ul ijrochiga biriktirilgan korxona va tashkilotlar nomi va ularga xizmat ko’rsatish vaqti ular bilan kelishgan holda belgilangan.
Umuman, buxgalteriya xodimlarining ish kuni shunday tashkil etilishi kerakki, bunda kelayotgan hisob-kitob va pul hujjatlar o’z vaqtida ijro etilishi hamda ular hisobvaraqlar bo’yicha buxgalteriya hisobida aks ettirilib, kundalik balans tuzilishi kerak.
Banklarda ish kuni va hujjatlar aylanishini tashkil etish bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan asosiy talablar ishlab chiqilgan bo’lib, ular “O’zbekiston Respublikasi banklarida buxgalteriya hisobini yuritishni va buxgalteriya ishlarini tashkil qilish tartibi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2008 yil 3 maydagi 11/5-sonli qarori bilan tasdiqlangan yo’riqnomada o’z ifodasini topgan. Yo’riqnomada ko’rsatilgan talabnomalar quyidagilardir:

  • Operatsiya kuni davomida, ya’ni ish kunining birinchi yarmida bankka kelib tushgan barcha hisob-kitob, pul hujjatlari shu kunning o’zida qabul qilinishi, rasmiylashtirilishi va buxgalteriya hisobvaraqlarida qayd etilishi kerak. Operatsiya kuni tugagandan keyin bankka kelib tushgan barcha hujjatlar qoida tariqasida kelasi ish kunida mijozlarning hisobvaraqlariga kiritiladi.

  • SHaxsiy kompyuterlar yordamida fayllarga ishlov berish tartibi va ularni Hisob markaziga jo’natish vaqti O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi tomonidan tasdiqlangan “O’zbekiston Respublikasi banklari o’rtasida elektron to’lovlar tizimi bo’yicha hisobkitoblar yuritish to’g’risida”gi Nizom hamda unga kiritilgan qo’shimcha va o’zgartishlar asosida amalga oshirilishi lozim.

  • Operatsiyalarning sifatli o’tkazilishini tartibga solib turish uchun har bir bank bo’limida doimiy ravishda bankka katta miqdorda hisob-kitob va pul hujjatlarini taqdim etuvchi asosiy mijozlardan hujjatlar qabul qilish qat’iy grafiklarini tuzish lozim.

  • Operatsiya kuni davomida mijozlardan barcha hujjatlarni bevosita buxgalteriya xodimlarining o’zlari qabul qilib oladilar. Operatsiya kuni tugagandan so’ng, ya’ni kunning ikkinchi yarmida hujjatlar bankka maxsus qutilar orqali topshiriladi. Ulardagi hujjatlar har soatda olib turilishi kerak.

  • Barcha hisob-kitob va pul hujjatlaridan o’tkazilishi lozim bo’lgan summalar, jumladan, byudjetga ajratmalar, ish haqi va shunga tenglashtirilgan naqd pul to’lovlari mijozning “Talab qilib olinadigan” depozit bo’yicha hisobvarag’ida yetarli pul mablag’lari bo’lgan taqdirda, ya’ni shu hisobvaraqdagi mablag’lar chegarasida to’lanadi.

YUqorida sanab o’tilgan talablarni hisobga olgan holda ATB “Agrobank” Andijon viloyat xududiy boshqarmasida mijozlarga xizmat ko’rsatish hamda hujjatlar aylanish grafigi belgilab qo’yilgan. Unda xo’jalik yurituvchi subektlarga hisob-kitob va kassa xizmatlarini ko’rsatishning aniq vaqti hamda ularga ishlov beruvchi uchastkalardan o’tadigan vaqti ko’rsatilgan. Mijozlarga xizmat ko’rsatish va xujjatlar aylanishi grafigini bank rahbari tasdiqlaydi.
Bankda yangi ish kunini O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankning Hisob- kitob markazida ochilgan tashqi (“21302-Rezident bankning vakillik hisobvarag’i”) vakillik hisobvarag’ining kun boshiga aylanma va qoldiq summalarini, o’zlarining ichki (“10301-Markaziy bankdagi vakillik hisobvarag’i”) vakillik hisobvarag’ining aylanma va qoldiq summalari bilan mosligini tekshirish bilan boshlashadi. Ichki va tashqi vakillik hisobvarag’i aylanma va qoldiq summalarini mosligini tasdiqlash uchun Hisob-kitob markaziga elektron fayl yuboradi. Hisob-kitob markazi bank yuborgan elektron faylni qabul qilib oladi va bankning tashqi va ichki vakillik hisobvaraq qoldiq summalarini dasturiy ravishda taqqoslaydi hamda ularni mosligini tasdiqlab bankga qaytaradi. Vakillik hisobvaraqlar qoldiq summalari mos kelmasa, mavjud farq bartaraf etilmaguncha bank amaliyot kuni ochilmaydi hamda banklararo to’lovlarni amalga oshirishga ruxsat etilmaydi. Hisob-kitob markazidan tasdiq (W-fayl) olgandan so’ng, banklarga banklararo to’lovlarni amalga oshirish uchun ruxsat beriladi.
Buxgalteriya xodimlarining ish kuni rejimi quyidagicha ishlab chiqilgan. Mas’ul ijrochilarning ish kuni ertalab 8.00 dan 17.00 gacha davom etadi. Soat 8.00 dan 9.00 gacha mijozlarning shaxsiy hisobvaraqlardagi yozuvlarni tekshirish, analitik va sintetik hisob materiallarini bir-biri bilan solishtirish, kerakli hujjatlar bilan shaxsiy hisobvaraqlarni mijozlar bo’yicha hisobvaraqlar kartotekasiga joylashtirish bilan shug’ulanadi. Pul sanash kassasidan tushumni yig’ishga doir hujjatlar operatsion bo’lim buxgalteriya xodimi qo’liga ish kuni boshlanish vaqtida kelib tushishi lozim. Operatsiya kuni davomida inkassatsiya qilingan tushum hujjatlari tushum sanab bo’lingandan keyin, lekin 13.00 dan kechikmay kassadan olinadi. Kassa daftarlarini kassa ma’lumotlari bilan solishtirish 15.00 gacha tugallanishi lozim.
Ish kunining ikkinchi yarmida mijozlardan qabul qilingan hisob-kitob, pul hujjatlari to’lov muddatlari arafasida qaydlov uchun rasmiylashtiriladi. Mijozlardan hujjatlar butun ish kuni davomida qabul qilinadi. Operatsion kun oxirigacha bankka kelib tushgan hujjatlar joriy kun balansi bo’yicha o’tkaziladi. Operatsion kun tugagandan so’ng yoki kun oxirida topshirilgan hujjatlar bankning keyingi ish kuni balansi bo’yicha o’tkaziladi. Ish kuni yakunlanishiga kamida ikki soat qolganda inkassaga qabul qilingan boshqa shaharlar bilan hisob-kitoblar bo’yicha to’lov talabnomalari to’lovchilarga xizmat ko’rsatuvchi banklarga o’sha kunning o’zidayoq jo’natiladi. Mazkur bank mijozlarining hisobvaraqlari bo’yicha summalarini kiritish va olishi uchun hujjatlar bir operatsiya xodimlaridan boshqalarga berilishi kechiktirilmasligi, ular kelib tushgani va hujjatlarga ishlov berilgani sayin topshirib turilishi lozim.
Hozirgi kunda respublikadagi barcha tijorat banklari yangi kompyuter va boshqa hisoblash texnikasi bilan ta’minlangan bo’lib, o’z ichki hisoblash markaziga ega. SHu sababli korxona va tashkilotlarning shaxsiy hisobvaraqlardagi yozuvlarini tekshirish hamda hisobvaraqlar bo’yicha yakunlarini balans hisobvaraqlari va kutilmagan vaziyatlar hisobvaraqlari bilan solishtirish shu kun oxirida amalga oshirish tavsiya etiladi. Bu esa yangi ertangi kun operatsiyalarini o’z vaqtida boshlashga imkon beradi.
Endi bank operatsiyalari bo’yicha hujjatlar aylanishiga to’xtalib o’tamiz. Bankning har bir operatsiyasi bo’yicha hujjatlar aylanishining o’z xususiyatlari bor (naqd pulsiz, kassa, kreditlash ...). Kassa operatsiyalari bo’yicha hujjatlar aylanishiga ayniqsa alohida ahamiyat beriladi. SHuning uchun kassa operatsiyalari bo’yicha hujjatlar aylanishini ko’rib chiqamiz.
1 sxema

Yüklə 309,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin