O’zbekiston respublikasi qishloq va suv xo’jalik vazirligi


Moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar va ularning manfaati uchun



Yüklə 309,51 Kb.
səhifə4/11
tarix12.05.2023
ölçüsü309,51 Kb.
#112115
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
MAVZU

Moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar va ularning manfaati uchun

zarur bo’lgan ma’lumotlar



F oydalanuvchilar

Foydalanuvchilarning manfaati uchun zarur bo’lgan ma’lumotlar

1

Aktsionerlar

Bankning moliyaviy holati va dividentlar foizi bo’yicha kelgusidagi dividend siyosati

2

Investorlar

Mablag’larni sarflashdan ko’riladigan iqtisodiy samaradorlik va tavakkalchilik darajasi

3

Kreditorlar va depozitorlar

Bankning moliyaviy barqarorligi, ya’ni kreditorlar va depozitorlarni va ularga hisoblangan foizlarni to’lash imkoniyati va xokazo.

4

CHet el banklari

Bank korrespondentning ishonchliligi

5

Markaziy bank

Bankning samarali boshqarilayotganligi to’g’risidagi ma’lumotlar

6

Davlat soliq qo’mitasi

Aktivlar, daromad, xarajatlar va soliq to’lanishi bo’yicha ma’lumotlar

7

Boshqa davlat organlari

Milliy daromadlar to’g’risidagi ma’lumotlar, xarajatlar va boshqa statistik ma’lumotlar

8

Ishchi va xizmatchilar

Mexnat xaqini to’lash qobiliyati.




Banklarda bir kunda katta summalardagi juda ko’plab operatsiyalar amalga oshiriladi. Bu operatsiyalarning barchasi ma’lum bir shaklga ega bo’lgan hujjatlar asosida bajariladi. Hisobga olinishi lozim bo’lgan har bir operatsiya haqidagi ma’lumotni o’z ichiga jamlagan va operatsiyaning qonuniyligini tasdiqlovchi hujjatlar majmuasiga hujjatlashtirish deb aytiladi. Banklar o’zining faoliyati jarayonida hujjatlar bilan ish olib boradi. Buxgalteriya hisobida o’tkazilishi kerak bo’lgan hech bir operatsiya hujjatsiz amalga oshirilishi mumkin emas, chunki hujjatlar mol-mulkning talon-taroj qilinmasdan to’liq saqlanishini ta’minlashda asosiy rol o’ynaydi. Misol uchun, pul mablag’larini bankka topshirish yoki bankdan olishni to’liq to’ldirilgan va oldindan tekshirilgan maxsus hujjatlar asosida amalga oshirilishi mumkin, o’tkazib bo’lingan operatsiyalarning naqadar to’g’riligi yoki qonuniyligi keyinchalik shu hujjatlar asosida tekshiriladi. Tekshirish natijalari tahlil qilinib kerakli chora ko’riladi. SHuning uchun hujjatlar buxgalteriya hisobining asosi hisoblanadi.


Hujjatlardagi operatsiyaning mazmuni, uni hisobga olish uchun kerak bo’lgan barcha belgilar hujjatlarning rekvizitlari yoki ko’rsatkichlari deyiladi. Hujjatlar va korxonalarda buxgalteriya hisobini olib borish haqidagi Nizomga muvofiq barcha hujjatlar uchun majburiy bo’lgan rekvizitlar o’rnatilgan. Hujjatlarning asosiy rekvizitlari quyidagilar:

  1. Hujjatning to’liq nomi (masalan: to’lov talabnomasi, to’lov topshirig’i)

  2. Hujjatning to’ldirish sanasi va uning nomeri.

  3. Mahsulot sotuvchi va mahsulot oluvchi korxonalarning to’liq nomi.

  4. SHu korxona va tashkilotlarning bankdagi hisobvaraq nomerlari.

  5. Ularga xizmat ko’rsatuvchi banklarning nomi, ularning kodi.

  6. Operatsiyaning mazmuni.

  7. To’lanadigan summa (raqamlar va yozma ravishda).

  8. Rahbar shaxslarning imzolari va korxonaning muhri.

Har bir hujjat xatosiz, yozuv mashinkalarida bir yo’la bir necha nusxada to’ldirilishi yoki kompyuterda terilishi kerak. Kassa operatsiyalari bo’yicha ishlatiladigan hujjatlar bundan mustasno, bunday hujjatlar qo’lda, ruchkalar yordamida to’ldiriladi.
Bankda ishlatiladigan barcha hujjatlarni biz shartli ravishda 2 qismga bo’lamiz.

  1. Korxonalar tomonidan rasmiylashtiriladigan hujjatlar.

  2. Banklar tomonidan rasmiylashtiriladigan hujjatlar.

Hujjatlarning asosiy qismi korxona va tashkilotlar tomonidan rasmiylashtirilib, banklarga topshiriladi. Korxona va tashkilotlar tomonidan to’ldiriladigan hujjatlarga asosan naqd pulsiz hisob-kitob bilan bog’liq bo’lgan hujjatlar: to’lov talabnomasi, to’lov topshiriqnomasi, to’lov talabnomasining ro’yxati, cheklar ro’yxati, kassa operatsiyalari bo’yicha esa pul topshirish haqidagi hujjat (e’lon) pul cheki kabilar kiradi. Har bir hujjatlarga korxona rahbari va buxgalterining imzolari qo’yilib, ular muhr bilan tasdiqlangan bo’lishi lozim.
Bu hujjatlar banklarga korxonaning ma’lum xizmatchisi tomonidan maxsus ajratib qo’yilgan qutilarga solib qo’yish yo’li bilan yoki aynan shu korxonaga xizmat ko’rsatuvchi mas’ul ijrochiga berish yo’li bilan topshiriladi. Hujjatlar mas’ul ijrochi tomonidan shakl va mazmun jihatidan puxta tekshiriladi, shundan so’ng shu hujjatlar asosida ma’lum bir operatsiya o’tkaziladi.
Korxonalar tomonidan topshirilgan hujjatlar bilan ish ko’rish bilan bir qatorda banklarning o’zida ham ma’lum bir hujjatlar rasmiylashtiriladi. Masalan, banklar o’rtasidagi o’zaro aloqalarga ishlatiladigan avizo, bank operatsiyalari bo’yicha ishlatiladigan memorial va boshqa orderlar, kirim va chiqim jurnallari, balansdan tashqari hisoblaridan orderlar, bank xodimlari bo’yicha kirim-chiqim orderlari bank tomonidan rasmiylashtiriladigan hujjatlarga kiradi. Lekin hozirgi kunda ikki pog’onali bank tizimi faoliyat ko’rsatayotgan bir paytda “avizo” deb nomlanuvchi hujjat elektron ko’rinishda asosan Markaziy bank muassasalari o’rtasida banklararo aylanmalar bo’yicha operatsiyalar o’tkazilganda rasmiylashtiriladi.
Tijorat banklari esa mijozlarning hujjatlari asosida elektron to’lov hujjatlarini rasmiylashtirib hisob markaziga o’tkazadilar.
Hujjatlar sodir etiladigan operatsiyalarning hajmiga ko’ra oddiy va yig’ma bo’lishi mumkin. Oddiy hujjatlarda faqat bitta xo’jalik operatsiyasi aks etadi, yig’ma hujjatlarda esa bir necha operatsiyalar jamlangan bo’ladi. Oddiy hujjatlarga to’lov talabnomasi, to’lov topshiriqnomasi, akkreditiv ochish uchun ariza, kirim orderi va pul chekini misol qilish mumkin. Yig’ma hujjatlarga esa yig’ma to’lov topshiriqnomasi, to’lov talabnomasining ro’yxati, cheklar ro’yxati, kassa kirim jurnali, kassaning chiqim jurnalini kiritish mumkin.
Bundan tashqari bajariladigan operatsiyalarning mazmuniga ko’ra bank operatsiyalari bo’yicha barcha hujjatlarni 3 guruhga bo’lish mumkin:

  1. Naqd pulsiz hisob-kitoblarda ishlatiladigan hujjatlar;

  2. Naqd pul bilan bog’liq bo’lgan kassa hujjatlari;

  3. Balansdan tashqaridagi hisobvaraqlar bo’yicha hujjatlar.

Ma’lumki, har bir xo’jalik yurituvchi sub’ekt o’z pul mablag’larini biror bankda ochgan hisobvaraqda saqlaydi va barcha naqd pulli hamda naqd pulsiz operatsiyalari (pul to’lash va pul kelib tushishi bo’yicha) mana shu hisobvaraqlar orqali o’tkazadi. Pul o’tkazish mijozning topshirig’i yoki mol jo’natuvchi korxonaning to’lov talabnomasi orqali bank xodimlari tomonidan bajariladi. Bu holda naqd pul ishlatilmaydi. Operatsiyalar hisobvaraqlardan yozuvlar bajarish orqali o’tkaziladi. SHuning uchun bunday operatsiyalarda ishlatiladigan hujjatlarni naqd pulsiz hisobkitoblarda ishlatiladigan hujjatlar guruhiga kiritamiz.
Bank orqali o’tadigan operatsiyalarning bir qismi naqd pul ishtirokida amalga oshiriladi. Bu bankning kirim kassa operatsiyalari va chiqim kassa operatsiyalaridir. Bank mijozlari tomonidan ya’ni naqd pul bilan muomala qiluvchi savdo, maishiy xizmat ko’rsatish, umumiy ovqatlanish, madaniy tadbirlar o’tkazish bilan shug’ullanuvchi (kinoteatr, konsert zallari, muzey) muassasa va tashkilotlar tomonidan naqd pul tushumini topshirishi bilan bog’liq operatsiyalar kirim kassa operatsiyalari hisoblanadi. Iqtisodiyotning turli tarmoqlariga qarashli bo’lgan korxona, tashkilot va muassasalar ishchi xizmatchilarga ish haqi, nafaqa, mukofot, komandirovka xarajatlarini to’lash uchun naqd pul oladilar. Bu operatsiyalar chiqim kassa operatsiyalari hisoblanadi. Ushbu operatsiyalarda ishlatiladigan hujjatlami naqd pul bilan bog’liq kassa hujjatlari guruhiga kiritamiz.
Bankda balans ichidagi hisobvaraqlar bilan bir qatorda balansdan tashqari hisobvaraqlar ham yuritiladi. Bunday hisobvaraqlarda asosan qimmatbaho hujjatlar hamda ba’zi bir bank operatsiyalari bo’yicha hujjatlar hisobga olinadi. Masalan, to’lanadigan akkreditivlar, to’lov muddatini kutayotgan hisob-kitob hujjatlari, o’z vaqtida to’lanmagan hujjatlar balansdan tashqari hisobvaraqlar bo’yicha yuritiladigan hujjatlar jumlasidandir. Bu hisobvaraqlardagi qoldiq bank balansiga ta’sir etmaydi. SHuning uchun bunday hujjatlar balansdan tashqari hisobvaraqlar bo’yicha hujjatlarga kiritiladi. Bu guruhlarning har biriga korxona va tashkilotlar tomonidan to’ldirilgan hujjatlar hamda bank tomonidan to’ldirilgan hujjatlar kiradi.
1.3. Tijorat banklarida xujjatlashtirish va ichki bank nazoratini nazariy va huquqiy asoslari.
O’zbekistonda hozirgi kunda Markaziy bank va tijorat banklaridan tashkil topgan bank tizimi faoliyat ko’rsatmoqda. Respublika bank tizimini izchil ravishda isloh qilish orqali uning mustahkam va barqarorligini ta’minlashga alohida ahamiyat berilmoqda. Natijada bank tizimida yuqori natijalarga erishilmoqda. Ma’lumki, banklar mijozlarga xizmat ko’rsatish jarayonida juda ko’plab operatsiyalarni bajaradi, bu operatsiyalarning buxgalteriya hisobini to’g’ri va o’z vaqtida yuritish iqtisodiyotdagi hisobkitoblarni tezlashtirish, xo’jalik yurituvchi subektlarning o’zaro majburiyatlarini bajarishga yordam beradi. SHu sababli banklarda buxgalteriya hisobini tashkil qilish, xujjatlashtirish va ichki nazoratni tashkil etishda quyidagi huquqiy va me’yoriy hujjatlar asos qilib olinadi:

  1. O’zbekiston Respublikasining “O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki to’g’risida”gi Qonuni.

  2. O’zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to’g’risida”gi Qonuni.

  3. O’zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi Qonuni.

  4. O’zbekiston Respublikasining “Elektron to’lovlar to’g’risida”gi Qonuni

  5. O’zbekiston Respublikasining “Elektron hujjat aylanishi to’g’risida”gi Qonuni

  6. O’zbekiston Respublikasining “Elektron raqamli imzo to’g’risida”gi Qonuni

  7. O’zbekiston Respublikasining "Bank siri to’g’risida"gi Qonuni

  8. “O’zbekiston Respublikasi banklarida buxgalteriya hisobini yuritish va buxgalteriya ishlarini tashkil qilish tartibi to’g’risida”gi yo’riqnomasi.

  9. O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining boshqa me’yoriy hujjatlari.

Banklarda buxgalteriya hisobini tashkil qilish qoidalari “O’zbekiston
Respublikasi banklarida buxgalteriya hisobini yuritish va buxgalteriya ishlarini tashkil qilish tartibi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki
Boshqaruvining 2008 yil 3 maydagi 11/5-sonli qarori bilan tasdiqlangan yo’riqnomada batafsil yoritilgan. Ushbu yo’riqnoma O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2008 yil 11 iyulda 1834-son bilan ro’yxatdan o’tkazilgan.
Yo’riqnomada buxgalteriya hisobi yuritish qoidalari, buxgalteriya apparatining strukturasi berilgan, bank operatsiyalari hisobini yuritish va ularni nazorat qilish qoidalari ko’rsatilgan, mijozlarga xizmat ko’rsatish hamda hujjatlar aylanishini yo’lga qo’yish usullari to’g’risida ko’rsatmalar berilgan. Bundan tashqari, buxgalteriya hisobotini tuzish hamda xalqaro andozalarga asoslangan boshqa bank operatsiyalarini bajarish hajmlari va tartibi belgilab qo’yilgan.
Buxgalteriya hisobining yuritilishi, buxgalteriya ishining to’g’ri tashkil etilishi va nazoratning aniq olib borilishi bankning o’z vazifalarini to’g’ri bajarishini, mavjud va bo’lg’usi investorlar, kreditorlar, hukumat muassasalari, vazirliklar, idoralar, jamoatchilik va boshqa manfaatdor foydalanuvchilar, shuningdek, bank rahbariyati va xodimlari uchun bank faoliyatiga haqqoniy baho berish imkonini yaratadigan aniq va foydali axborot olishni ta’minlaydi. Bank xodimlari buxgalteriya hisobida aks ettirilgan bank siriga oid ma’lumotlarni O’zbekiston Respublikasining “Bank siri to’g’risida”gi Qonuni talablariga qat’iy amal qilgan holda sir saqlashlari lozim. O’zbekiston Respublikasining “Bank siri to’g’risida”gi Qonunining 3-moddasiga muvofiq bank siri bank tomonidan muhofaza qilinadigan quyidagi ma’lumotlardan iboratdir:
o’z mijozlarining (vakillarining) operatsiyalari, hisobvaraqlari va omonatlariga doir ma’lumotlar;
bank o’z mijoziga (vakiliga) bank xizmatlari ko’rsatishi munosabati bilan mazkur mijoz (vakil) to’g’risida olgan ma’lumotlar;
mijozning (vakilning) bank seyflari va binolarida saqlab turilgan mol-mulki, uning xususiyati va qiymati haqidagi ma’lumotlar;
mijoz (vakil) topshirig’iga binoan yoki uning foydasini ko’zlab amalga oshirilgan banklararo operatsiyalar va bitimlar to’g’risidagi ma’lumotlar;
bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarning banklar o’rtasida muomalada bo’lishi natijasida ma’lum bo’lib qolgan, boshqa bankning mijoziga (vakiliga) doir ma’lumotlar;
jamg’arib boriladigan pensiya tizimining ishtirokchilari, pensiya badallarining miqdori va summalarining harakati, fuqarolarning shaxsiy jamg’arib boriladigan pensiya hisobvaraqlaridagi pensiya jamg’armalari to’g’risidagi ma’lumotlar3.
Hozirgi kunda xalqaro andozalar asosida faoliyat yuritishga harakat qilayotgan qator banklarda buxgalteriya apparatini Frontofis va Bekofisga ajratish amalga oshirilmoqda. Bank nuqtai-nazaridan Buxgalteriya apparatining Bek-ofis va Front- ofisga bo’linishining ahamiyati shundaki, Front-ofis mutaxassislari mijozlarga to’g’ridan-to’g’ri xizmat ko’rsatadi, Bek-ofis mutaxassislari esa, dastlab Front-ofis xodimlari tomonidan boshlangan, mijoz bevosita qatnashishi va mazkur bosqichni tugatilishini kutishi talab etilmaydigan bosqichda operatsiyalarni qayta ishlab, uni nihoyasiga yetkazadi. Natijada, har bir bank operatsiyasi bir-biriga bog’liq bo’lmagan ikkita bo’limda amalga oshiriladi va bank xodimlarini o’zaro nazorat qilish tizimini yaratadi.
Mijoz nuqtai-nazaridan bo’linishning ahamiyati shundaki, bankning bitta bo’limi yoki binosida, ammo lavozimi turlicha bo’lgan xodimlardan o’zining barcha masalalarini yechish imkoniyatini yaratish. Mijoz operatsiyalar boshlanishidan to uning tugaguniga qadar faqat Front-ofis xodimlari bilan aloqada bo’lib, Bek-ofis mavjudligi mijoz uchun ahamiyatsiz bo’lib hisoblanadi.
Bank tarkibiy tuzilmasining mas’uliyatini belgilash uchun, ular bajaradigan operatsiyalari tavsifidan kelib chiqqan holda, bo’limlar bo’yicha vazifalar taqsimlashning taxminiy doirasini aniqlash zarur. SHuni qayd etish zarurki, bo’linmaga yuklatiladigan vazifalar doirasi qat’iy bo’lishi shart emas. Bank bo’linmalarida ko’rsatilayotgan xizmatlar hajmi va bank operatsiyalarining avtomatlashtirilgan darajasiga bog’liq ravishda, Bek-ofis yoki Front-ofis tarkibida
ayrim bo’lim/sektor bo’lmasligi mumkin. Bunday hollarda, bir bo’lim/sektor vazifalarini boshqa bo’lim/sektor bajarishi ko’zda tutilishi lozim.
Vazifalar, bank tarkibiy tuzilmasining har bir bo’limi uchun alohida taqsimlanadi.

Yüklə 309,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin