O„zbekiston Respublikasi Sog„liqni Saqlash Vazirligi Toshkent farmatsevtika instituti Psixologiya


Hayol to`g`risida tushuncha. Hayolning aktiv va passiv turlari



Yüklə 1,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə94/127
tarix18.04.2023
ölçüsü1,66 Mb.
#100116
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   127
Psixologiya

Hayol to`g`risida tushuncha. Hayolning aktiv va passiv turlari. 
Hayol - bilish jaryonlari qatoriga kirib, kishining o`ziga xos insoniy harakterga 
ega bo`lgan faoliyatlarida namoyon bo`ladi. Mehnatning tayyor natijasini hayolga 
keltirmay turib, ishga kirishib bo`lmaydi. Hayol yoki fantaziya yordami bilan 
kutilayotgan natijani tasavvur qilish - inson mexnatining xayvonlar instinktiv 
faoliyatidan tub farqidir. Istalgan mexnat jarayoni zarur tarzda hayolni o`z ichiga 


103 
qamrab oladi. Hayol badiiy, konstruktorlik, ilmiy adabiy, muzikaviy va umuman ijodiy 
faoliyatining zarur tomoni sifatida namoyon bo`ladi.
Hayol tasavvurning avval idrok qilinib xotirada qolgan materiallardan vujudga 
keladi. Hayolning asosiy vazifasi hamisha sezgi va idrok yo`li bilan hosil qilingan 
narsalarni qayta ishlovidan iboratdir. Hayol yo`q narsadan ijod qila olmaydi. Tug`ma 
garang odam tovushni hech tasavvur qila olmagandek, tug`ma ko`r ham hech mahal 
ranglarni hayoliga keltirib tasavvur qila olmaydi.
Hayolda oddiy bir stol yasash uchun stolning qanday shaklda bo`lishini, uning 
balandligini, kengligini, oyoqlari qanday maxkamlanishlarini, ovqatlanish stoli, 
labaratoriya stoli yoki yozish stoli sifatida o`zining belgilangan xizmatiga qanchalik 
javob berishini oldindan tasavvur qilish lozim. Qisqa qilib aytganda, ishni boshlashdan 
oldin bu stolni tayyor ko`ra bilish talab qilinadi.
Hayol inson ijodiy faoliyatining zarur elementi bo`lib, mexnatning oxiri va oraliq 
maxsulotlarda o`z ifodasini topadi, shuningdek muommali vaziyat noaniqlik ko`rsatgan 
hollarda xulq-atvor dasturini tuzishni tahminlaydi. SHuning bilan birga hayol aktiv 
faoliyatni programmalashtiruvchi emas, balki uning o`rnini almashtiruvchi timsollar 
hosil qilish vositasi sifatida yuzaga chiqadi.
Hayol tafakkur bilan chambarchas bog`langandir. Hayol ham tafakkur singari 
kelajakni oldindan ko`rish imkoniyatini beradi. 
Tafakkur bilan hayol o`rtasidagi umumiylik hamda ular o`rtasidagi farqlar 
nimalardan iborat? Hayol tafakkur singari, muammoli vaziyatda, ya‟ni masala 
yechishning yangi usullarini qidirib topishda yuzaga keladi. Tafakkur singari hayol 
shaxsning ehtiyojlariga asoslanadi. Ehtiyojlarni qondirishning real jarayonidan oldin 
ehtiyojlarni qondirishning soxta, hayoliy jarayoni sodir bo`ladi, ya‟ni bu ehtiyojlarning 
qondirilishi mumkin bo`lgan vaziyatni jonli, yorqin tasavvur qilish mumkin.
Hayol shunday jarayonki, u xatto tafakkur uchun kerak bo`lgan to`la va zarur 
bilimlar bo`lmagan joyda ham biror qarorga kelish hamda muommali vaziyatdan 
chiqish imkonini beradi. Fantaziya tafakkurning qandaydir bosqichlaridan «sakrab 
o`tish» va so`nggi natijani tasavur qilish imkonini beradi.  
Hayol o`zining aktivligi va faoliyati bilan harakterlanadi. Hayolning passiv 

Yüklə 1,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin