O‘zbekiston respublikasi turizm va sport vazirligi o‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universteti sport psixologiyasi va pedagogika kafedrasi sport psixologiyasi


Professor. Gapparov Zahid Gaparovich



Yüklə 437,42 Kb.
səhifə10/48
tarix20.11.2023
ölçüsü437,42 Kb.
#163891
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   48
majmua 1- kurs

Professor. Gapparov Zahid Gaparovich
O‘zbekistonlik sport psixologlari ilk bor 1967 yilda horijda bo‘lib o‘tgan ilmiy anjumanda o‘z ilmiy tadqiqotlari bilan ishtirok etdilar. O‘shanda Tbilisi shahrida sport psixologiyasi bo‘yicha umumittifoq konferentsiyasi bo‘lib o‘tgandi. Ushbu anjumanda hamyurtlarimiz tomonidan 2 ta ma’ruza qilingan (L.Ye.Lebedyanskaya, Z.G.Gapparovlar tomonidan) ushbu ma’ruzalar “Qilichbozlardagi harakat assimetriyalari” va “Funktsional assimetriya qilichbozlarning sport tayyorgarligi holatining mezoni sifatida” deb nomlangan.
Ana shunday muvaffaqiyatli chiqishlardan so‘ng O‘zbekistonlik psixologlar keyingi yillarda sport psixologiyasi bo‘yicha o‘tkazilgan barcha konferentsiya, simpozium, seminarlarda muntazam qatnashib bordilar. Ular tomonidan “Qilichbozlardagi oraliqni his qilishning psixologik xususiyatlarini o‘rganish” (Z.G.Gapparov), “Ot sportida ixtisoslashgan idroklarni o‘rganish” (dotsent L.Ye.Lebedyanskaya) mavzulari har tomonlama tadqiq etilgan. 1969 – 1972 yillar mobaynida psixolog Z.G.Gapparov Moskvadagi markaziy jismoniy tarbiya instituti (GSOLIFK)ning professor P.A.Rudik rahbarlik qilayotgan psixologiya kafedrasining maqsadli aspiranturasida tahsil oldi. Professor O.A.Chernikova rahbarligi ostida Z.G.Gapparov tomonidan “Qilichbozlardagi oraliqni his qilishning psixologik hususiyatlarini o‘rganish” mavzusida dissertatsiya yozilib muvaffaqiyatli tarzda himoya qilindi. Mazkur nomzodlik dissertatsiyasi xozirgi kunga qadar O‘zbekistondagi “Sport psixologiyasi” fani bo‘yicha yagona hisoblanadi.
Moskva tajribasi kafedra psixologlarining o‘quv - ilmiy ishlarining yanada takomillashtirilishiga hizmat qildi.
O‘zbekiston Davlat jismoniy tarbiya institutining pedagogika va psixologiya kafedrasi yaqin xorijdagi davlatlar, xususan, Sankt-Peterburg, Omsk, Kyoln shaharlaridagi jismoniy tarbiya institutlarining psixologiya kafedralari bilan o‘z aloqalarini yanada kengaytirdi.
Mazkur kafedra olis xorij mamlakatlarida ham sport psixologiyasi bo‘yicha bilimlarning tarqatilishiga o‘zining munosib hissasini qo‘shdi (dotsent Z.G.Gapparov 1983-1987 yillar davomida Jazoirning institutlarida “Psixologiya” va “Sport psixologiyasi” fanlaridan dars berdi).
1980 yilda kafedradagi olimlar safi yangi o‘qituvchilar bilan to‘ldirildi. Ayni shu yillarda kafedraga M.A. Tursunova, N.I.Ivanova va 1988 yilda esa T.P.Predibaylolar kelib qo‘shildilar ularning kelishi bilan kefadradagi ilmiy tadqiqot ishlarning mavzu doirasi yanada kengaydi. Dotsent Z.G.Gapparov raxbarligi ostida ular tomonidan ixtisoslashgan idroklarni o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlar olib borildi. Mazkur tadqiqotlarning natijalari Kaunas shahrida bo‘lib o‘tgan sport psixologiyasi bo‘yicha xalqaro konferensiyada ma’ruza qilindi.
M.A.Tursunova ushbu anjumanda “Velosportda ixtisoslashgan idroklarni o‘rganish masalasiga doir” mavzuida, N.I.Ivanova esa “Suzish sportchilarida vaqtni his etish bo‘yicha ixtisoslashgan idroklarni o‘rganish” mavzusida ma’ruza qildilar.
Sobiq ittifoqda sport psixologiyasi hali alohida fan sifatida ajralib chiqmagan, shuningdek uning alohida boshqaruv organlari ham yo‘q edi. 1987-yilda Moskvadagi markaziy davlat jismoniy tarbiya instituti (GSOLIFK) qoshida simpozium o‘tkazilib, unda sobiq ittifoqning barcha respublikalaridan psixolog mutaxassislar ishtirok etdilar. Simpoziumning ta’sis majlisida sobiq ittifoqda sport psixologlari federatsiyasi tashkil etildi va, O‘zbekiston psixologlari vakili Z.G.Gapparov esa mazkur majlisda qatnashdi.
O‘zbekiston Davlat jismoniy tarbiya institutida magistratura va aspirantura ochilishi munosabati bilan zamonaviy talablarga javob beradigan psixologiya laboratoriyasini tashkil etish masalasi kun tartibiga keskin qo‘yildi, zero sport psixologiyasi fani magistrantlar o‘quv dasturiga kiritilgan edi. 2003 yilda institut rektoratining yordamida pedagogika va psixologiya kafedrasi mudiri dotsent Z.G.Gapparov tomonidan psixologiya laboratoriyasi tashkil etildi va zarur uskuna va jihozlar, zamonaviy informatsion-texnologiyalar bilan ta’minlandi.
Magistrantlar, aspirantlar, kafedraning professor o‘qituvchilarining o‘quv va ilmiy faoliyatlarini ta’minlash maqsadida kafedrada psixologik tadqiqotlar uchun PSI-10 kompyuter dasturi (kompyuterlashtirgan psixodiagnostika usullari) ishlab chiqildi, shuningdek talabalar bilan laboratoriya mashg‘ulotlarini o‘tkazish uchun kompyuter o‘quv dasturlari yaratildi (Z.G.Gapparov).
Laboratoriyaning tashkil etilishi hamda psixologik tadqiqotlar o‘tkazish uslublariga zamonaviy axborot texnologiyalarining joriy etilishi psixologiya fanining rivojlanish tarixida va uning sport faoliyatiga tatbiq etilishida muhim bosqich bo‘ldi. Shunday qilib laboratoriyadan respublikamizning har xil sport turlari bo‘yicha terma jamoalarini ilmiy ta’minlash maqsadida foydalanilib, bunda kafedra o‘qituvchilaridan M.A.Tursunova, T.P.Predibaylo va Z.T.Sayitmetovalar faol ishtirok etdilar.
Olib borilgan psixologik tadqiqotlar talabalarning diplom ishlarida, magistrlik, nomzodlik dissertatsiyalarida o‘z ifodasini topdi.
Psixologiya laboratoriyasi psixologik tadqiqotning yangi uslublari yaratilishiga katta ta’sir ko‘rsatdi. Xususan “FOSBYeRI” uslubi bilan balandlikka sakrashning ritm va sur’at strukturalarini aniqlash uchun xizmat qiluvchi “RTS-PV” kompyuter dasturi, sinxron suzish musobaqaviy kompozitsiyalarining ritm va sur’atli strukturalarini aniqlashga xizmat qiluvchi “SINXRO” dasturi hamda yangi o‘rganayotgan slalomist – eshkakchilarda xotirani rivojlantirishga mo‘ljallangan “SLALOMIST” dasturlarini alohida tilga olib o‘tish mumkin. Futbolchilarda taktik tayyorgarliklarni takomillashtirish maqsadida “TAKTIK” kompyuter dasturi ishlab chiqildi. Ushbu barcha kompyuter dasturlaridan magistrlik va nomzodlik dissertatsiyalarida, shuningdek respublikamizning terma jamoalari sportchilarining psixologik tayyorgarligini takomillashtirishda samarali foydalanildi. Mazkur barcha kompyuter dasturlarining muallifi professor Z.G.Gapparov bo‘ldi.
Respublikamiz terma jamoalarini 2008 yil Pekinda bo‘lib o‘tgan XXIX Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etish uchun tayyorlash ham nihoyatda muhim voqea bo‘ldi. O‘zbekiston respublikasi hukumati olimpiada ishtirokchilarining psixologik tayyorgarligiga juda katta e’tibor qaratdi.
2008 yilning 1-fevraldan 20-fevraliga qadar O‘zbekistonning yetakchi psixologlari Rossiya psixologlarining o‘z terma jamoalarini qanday qilib psixologik tayyorgarliklarini ta’minlashlarini o‘rganish uchun Rossiya davlat jismoniy tarbiya, turizm va sport universitetiga (Moskva) va Jismoniy tarbiya Akademiyasiga (Sankt-Peterburg) xizmat safariga yuborildilar. O’sha yilning may oyida O‘zbekiston respublikasi sport trenerlari ishtirokida “Yuqori sport natijalari uchun psixologik tayyorgarlik” mavzusida seminar o‘tkazilib, unga rossiyalik yetakchi psixolog, pedagogika fanlari doktori, professor A.V. Rodionov taklif etildi.
2009 yilning sentyabr oyida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya institutning pedagogika va psixologiya kafedrasida "Sport psixologiyasi" ta’lim yo‘nalishi ochildi va bu yo‘nalish bo‘yicha 21 nafar talaba o‘qishga qabul qilindi.
Sport psixologiyasining rivojlanishiga respublikamizda ulkan xissa qo‘shgan yagona olim Gapparov Zaxid Gapparovich 1959-1961 yillarda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti 1961- 1963 yillarda Moskva shahridagi Markaziy Davlat jismoniy tarbiya instituti bitiruvchisi hisoblanadi. U mehnat faoliyatini 1963-1965 yillarda harbiy xizmatni o‘tagan. 1965 yildan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya institutida psixologiya va sport psixologiyasi fanidan o‘qituvchi lavozimida o‘z ish faoliyatini boshlagan.
2009 yilda professor Z.G.Gapparov ilmiy rahbarligi ostida magistrant Ishtaev Javlon Mavlonboevich “Belbog‘li kurashchilarda portlovchi –kuch qobiliyatini rivojlantirish” mavzusida o‘z ilmiy ishlarini boshladi. 2009-2010 yillarda professor Z.G.Gapparov yakkakurashchilarni psixologik tayyorlash (erkin kurash misolida) nomli o‘quv qo‘llanmalari (o‘zbek va rus tillarida) hamda sport psixologiyasi darsliklari o‘zbek va rus tillarida nashr etidi.
2011 –yilda J.M.Ishtayev professor Z.G.Gapparov rahbarligi ostida magistrlik dissertatsiyasini muvafaqqiyatli himoya qildi. Shu yilning o‘zida pedagogika va psixologiya kafedra mudiri Z.G.Gapparov o‘z kafedrasiga o‘qituvchi lavozimiga ishga qabul qilindi.
Professor Z.G Gapparov hamda o‘qituvchi J.M Ishtaevlar respublika va xalqaro konferensiyalarda o‘zlarining ilmiy ishlari bilan muntazam qatnashdi. 2012 - yilning yanvar oyida J.M.Ishtaev O‘zbekiston Davlat jismoniy tarbiya instituning aspiranturasiga o‘qishga qabul qilindi pedagogika va psixologiya kafedrasida ilmiy rahbari Professor Z.G Gapparov boshchiligida ilmiy tadqiqot ishlarini boshladi va 2013-2015 yillarda ushbu institutning doktoranturasini tamomladi. Ilmiy rahbari qo‘l ostida doktorlik dissertatsiyasi mavzusi “Tezkor-kuch sport turlarida sportchilarning portlovchi harakat qobiliyati shakllanishining metodologik asoslarini takomillashtirish” nomli ilmiy tadqiqot ishini 2018 yil yanvar oyida muvafaqqiyatli himoya qildi.
Gapparov Z.G hamda Ishtayev J.M. 2012 yilda yangi sport trenajyori “SPORK” sportchilarning portlash qobiliyatini o‘lchash va rivojlantirish moslamasini yaratdi va unga davlat intellektual mulk agentligidan mualliflik huquqini qo‘lga kiritdi. Professor Z.G. Gapparov o‘z ilmiy ishlarini yaratuvchanligini davomi sifatida 2014 yilda sportchilarni psixologik diagnostika “PSI-10”kompyuter dasturi uchun ham davlat intellektual mulk agentligidan mualliflik huquqini olishga muyassar bo‘ldi.
J.M.Ishtaev 2017 yil “Tezkor-kuch sport turlarida portlovchi harakat qobiliyatni rivojlanishiga yangicha metodologik yondoshish. Nomli Monografiyasi nashr etildi.
2018 yilda professor Z.G.Gapparov rahbarligi ostida shogirdlari J.M.Ishtaev hamda O.X.Xasanovlar bilan birgalikda “Yuqori toifali sportchilarni psixologik va ijtimoiy psixologik ta’minot mexanizmlari” nomli ilmiy tadqiqot loyihasini yutishga mavaffaq bo‘lishdi. 2017 yil yilda Z.G.Gapparov boshchiligida D.N.Arzikulov, D.B.Vaxobovalar psixologiya va sport psixologiyasi o‘quv qo‘llanma chop ettirdi. 2018 yilda Z.G.Gapparov, J.M.Ishtaev, Sh.U.Abidov, A.U.Sadikov, M.N.Umarov, G.M.Xasanovalar “Психология спорта высщих достижений” qo‘llanma, Z.G.Gapparov, J.M.Ishtaev sportchilarni tezkor kuch- qobiliyatini rivojlantirishning psixofiziologik asoslari nomli o‘quv qo‘llanmalar nashr etishdi.
Bugungi kunda sport psixologiyasi fanidan rus tilida Z.G.Gapparov va o‘zbek tilida dotsent J.M.Ishtayevlar ma’ruza hamda amaliy mashg’ulotlardan dars berib kelmoqda.

Yüklə 437,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin