Do`stlar, biz ham ularga munosib farzand bo`lishimiz kerak. Axir hadisda aytilganku, ,,Beshikdan to qabrgacha ilm izla” deb.
Jahonda kitobdin yaxshi yor bo`lmas, Davr g`amxonasida g`amguzor bo`lmas. Yolg`izlik qo`njida unda har-qachon, Yuz rohat bo`lar lek bir ozor bo`lmas. ,,Ustozlar” qo`shig`ini tinglaymiz. Avvalo kitobning yaratilish tarixiga bir nazar solsak, kitob bir necha yillar avval paydo bo`lgan bu davrlarda u turli hil ko`rinishda bo`lgan. Bobilliklar va boshqa xalqlar loydan yasashgan. Buning uchun ular yumhoq loydan tayyorlangan taxtachalar uchli yog`och bilan maxsus belgilar tushirilgan so`ngra ular oftobda yoki olovda pishirilgan. Xitoyda dastlab kitobni yupqa bambuk plastinkalarga, keyinchalik mo`yqalam va tush ipakka, milodiy 2-asrdan boshlab qog`ozga yozishgan. Kitob javonim Javonimda tizilib. Turar qator kitoblar Alifbe-yu ertaklar. Arifmetik hisoblar.
Ularni qo`lga olsam Zerikmasman sira ham. Bilim olib kitobdan Hech kimdan bo`lmayman kam. ,,Sog`lom avlod” qo`shig`i, raqsi Kitob Kitob bilim manbayi U bilan bo`lgin o`rtoq. Tafakkuring charxlangan Kitob-la bo`lsang inoq.
Har varag`ing asraylik Bilimlarning konidir. Dunyo ilmas irfonim Egallash imkonidir. Qadimda Misrda kitobdagi matnlarini tosh taxtachalarga o`yib yozishgan. Paperos `ixtiro qilingandan so`ng matn va xatlarni uchi o`tkir tayoqcha bilan ustiga mum surtilgan taxtachalarga yozishgan. O`zbekistonda ham kitobning paydo bo`lishi yozuvning yaratilishi bilan uzviy bog`liq. Qadimgi Misr, Rim, Yunonistinda bo`lgani kabi O`rta Osiyoda ham kishilar o`z fikirlarini tosh, sopol, suyak va boshqa materiallarda ifoda etganlar. O`rta Osiyoda tarqalgan Zardushtiylik dinining muqaddas kitobi ,,Avesto” ning qadimgi nusxasi ham pergamentga yozilgan. Uning keyingi ko`chirilgan nusxalaridan biri Toshkentdagi ,,O`zbekiston xalqlari tarixi muzeyi” da saqlanadi.