O`zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi



Yüklə 132,65 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/16
tarix02.01.2022
ölçüsü132,65 Kb.
#37621
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
umumiy orta talim maktablarida fizika fanidan laboratoriya ishlarini takomillashtirishning pedagogik asoslari

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


"Muallim zoti ezgulik va ma'rifat 

 

yo’lining bеminnat charog’bonidir" 

                                                                            A. Navoiy 

KIRISH 

 

Maktab ta’limini rivojlantirishning davlat umummilliy dasturini ijro etish 



muddatlarida-maktablarni zamonaviy o’quv laboratoriya bazalarini qayta tashkil 

etish asosiy masalalardan biri etib qo’yilgan edi. 

 

Fizika fanini o’qitish jarayonida ko’p sonli va ko’p qirrali ko’nikmalar 



shakllantirilgan bo’lishi lozim, aynan didaktikaga oid ishlar hamda ko’nikmalar 

umummantiqiy, umummilliy, bibliografik va tashkiliy-ta’limiy guruhlarga 

ajratiladi. Ko’nikma va malakalar tuzilishi jihatdan –  vazifasi bo’yicha: tashkiliy, 

amaliy, shaxsiy va psixologik turlarga bo’linadi. 

 

Bizningcha mustaqil ta’lim o’quv darslarida o’quvchi yoki talabaning 



shaxsiy ko’nikmalarini shakllantirish muhim ahamiyatga ega, bunda maxsus fizik 

ko’nikmalarini ajratib bo’lmaydi, chunki shaxsiy ko’nikmalar ularning ichiga 

singib boradi.  Ularni shakllantirish uchun o’quvchi yoki talaba bilan mustaqil 

ishlash asos bo’lib xizmat qiladi. Fizika fanini o’qitishda uchta ko’nikmani hosil 

qilish muhim ahamiyatga ega. Ta’limda bu ko’nikmalardan birini e’tiborga 

olmasak yoki yetarlicha baholamasak qolganlarining shakllantirishi sezilarli 

susaytiriladi.  

 

Shu sababli fizika fanini o’qitishda quyida keltirayotgan uchta ko’nikma 



bizga asos bo’lib xizmat qiladi:  

1)  eksperimental ko’nikma.  2) intelektual va umum o’quv , 3) maxsus  

(xususiy) ko’nikmalarga bo’linadi. 

Buning psixologik xususiyati talaba yoki o’quvchi bilan alohida guruh bilan 

yoki o’qituvchi nazoratisiz xususiy ko’nikmalar hosil qilishga qaratilgan. 

Shuni alohida ta’kidlash lozimki, intellektual ko’nikmalar deb turli 

masalalarni hal qilishda aqliy amallarni samarali bajarish qobiliyatiga aytiladi. 

 

Umuman olganda intelektual, umumo’quv va xususiy ko’nikmalarni 



shakllantirish sifatida yagona fizik material amalga oshiriladi. Shuningdek, tor 


ko’nikmalar, keng ko’nikmalar va murakkab ko’nikmalar o’quv materialining 

mohiyatini ochishga xizmat qiladi.  

 

Psixolog olimlar o’z ilmiy tadqiqotlarida inson faoliyatini o’rganish, tadqiq 



qilish, uning mohiyatini ochib berish muammolari bilan shug’ullanganlar. Inson 

faoliyatining mohiyatini motiv, maqsad,  shart  -  sharoit, harakat, jarayon kabi 

faoliyat strukturasini tashkil etuvchi elementlarni o’rganish orqali anglash mumkin. 

Shuni aytish kerakki, sub’ektning verbal  harakatlari  -  bu o’quv ko’nikmasini 

tashkil etuvchi (talabaning tashqi faoliyati) harakatlardir. Aslida o’quv faoliyati

talabalarning o’quv topshiriqlarini mustaqil bajarish jarayonida bilim 

egallashlariga qaratiladi. Bu ularga mazkur bilimlarning hosil bo’lish sharoitlarini 

ham anglash imkonini beradi. Psixologlar harakatni amalga oshirish usuli sifatida 

«jarayon» tushunchasini kiritganlar. Agar jarayonlar anglab bajarilsa, u holda 


Yüklə 132,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin