181
biogeotsenozlar, ekologik sistemalarning о‘zgarishi, biosfera, insonning ekologik
omil ekanligi va h.k. о‘quvchilar tomonidan mustahkam о‘zlashtirishlari, kо‘nikma
va malakalarni egallashiga erishishi lozim.
О‘quvchilarda ekologik madaniyatni tarkib toptirishda quyidagi vazifalar
amalga oshirilishi lozim:
О‘quvchilar tomonidan
tabiatning yaxlitligi, jamiyat va tabiatning о‘zaro
aloqadorligi haqidagi ilmiy bilimlarni о‘zlashtirish, tabiatga nisbatan ongli
munosabatni tarkib toptirishga asos bо‘ladigan ekologik bilim, kо‘nikma va
malakalarni egallashga erishish;
Tabiat va uning tarkibiy qismlarining keng ma’nodagi ahamiyatini
tushunish, tiklanadigan va tiklanmaydigan boyliklarning farqiga yetish;
Tabiiy boyliklardan tejamkorlik bilan foydalanish, atrof-muhitning tozaligini
asrash, kо‘kalamzorlashtirish va tabiiy boyliklarni kо‘paytirish
uchun amalga
oshiriladigan tadbirlar, ijtimoiy foydali mehnatda faol ishtirok etish motivlarini
shakllantirish.
Ekologik ta’lim-tarbiyani amalga oshirishda quyidagi kо‘rsatmalarga amal
qilish zarur:
Tabiat va atrof muhitni о‘rganish va о‘zlashtirish insonning bilish va amaliy
faoliyati birligi asosida tashkil etiladi. Shu sababli о‘qituvchi biologiyani
о‘qitishda tabiatning har bir tarkibiy qismi,
shu jumladan, о‘simliklar,
hayvonlarning tuzilishi va hayotiy jarayonlari о‘rganilganda о‘quvchilarga ilmiy
bilimlar berish bilan birga, mazkur bilimlarni amaliyotga tatbiqi haqida ham
ma’lumot berishi, har bir organizmga tashqi muhitning kо‘rsatadigan ta’siri,
organizmlarning yashash muhitiga moslashishini tushuntirilishi;
Insonning jonsiz va jonli tabiatga, о‘simliklar olami va hayvonot dunyosiga
kо‘rsatgan ijobiy va salbiy ta’sirini
yoritish asosida, tabiat, inson va jamiyat
munosabatlari tushuntirilishi, fan sohalari bо‘yicha tо‘plangan ilmiy bilimlar
integratsiyasi va fanlararo bog‘lanishlar amalga oshirilishi;
Sayyoramizda vujudga kelgan lokal va global
ekologik muammolarni hal
etishda dunyo hamjamiyati, davlat va nodavlat tashkilotlarining faoliyati, ya’ni
182
ushbu ekologik muammolarning hal etilishida davlatlararo umumiy aloqadorlik
masalalari haqida ma’lumot berilishi;
О‘quvchilarda ekologik madaniyatni shakllantirish barkamol shaxsni
kamolga yetkazish borasida olib borilayotgan ta’lim-tarbiyaviy
ishlarning asosiy
tarkibiy qismi ekanligini nazarda tutish zarur.
Dostları ilə paylaş: