31
Ibn Sino о‘zining ta’lim-tarbiyaga oid qarashlarini ijtimoiy-falsafiy
qarashlari bilan bog‘liq holda ifodalangan va maxsus risolalarda talqin qilgan.
Shuningdek fanlarni tasnif etadi. Bunda u birinchi о‘ringa
tibbiyot fanlarini
qо‘yadi.
Ibn Sino bilim olishda bolalarni maktabda о‘qitish zarurligini qayd etar
ekan, ta’limda quyidagi tomonlarga rioya qilish zarurligini ta’kidlqaydi:
1. Bolaga bilim berishda birdaniga kitobga band qilib qо‘ymaslik;
2.Ta’limda yengildan og‘irga borish oraliq bilim berish:
3.О‘qitishda jamoa bо‘lib maktabda о‘qitishga e’tibor berish;
4.Bilim berishda bolalarning qiziqishi va qobiliyatini hisobga olish;
5.О‘qitishni jismoniy mashqlar bilan qо‘shib olib borish;
Bu talablar hozirgi davr tamoyillariga
ham mos kelishi bilan
qimmatlidir.
Ibn Sino о‘qituvchining qanday bо‘lishi kerakligi tо‘g‘risida qator fikrlarni
bayon etadi. Ular quyidagilardir:
1.Bolalar bilan muomulada bosiq, jiddiy bо‘lish;
2.Berilayotgan bilimni talabalar qanday о‘zlashtirib olayotganiga e’tibor
berish;
3.Ta’limda turli metod va shakllardan foydalanish;
4.Talabaning
xotirasi, bilimlarini egallash qobiliyati,
shaxsiy xususiyatlarini
bilishi;
5.Fanga qiziqtira olish;
6.Berilayotgan bilimlarni eng muhimlarini ajratib bera olish;
7.Bilimlarni talablarga tushunarli, uning yoshi, aqliy darajasiga mos ravishda
berish;
8.Har bir sо‘zning bolalar hissiyotini uyg‘otish darajasida bо‘lishiga erishish
zarur, deydi olim.
Ibn Sino ta’limotida bilishda qaysi metodlardan foydalanilmasin u og‘zaki
ifodalash, tajribalarini baribir talabada haqiqiy bilim hosil qilish mustaqil, mantiqiy
fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, olgan bilimlarini
amaliyotga tadbiq eta olish
32
qobiliyatini tarkib toptirish asosiy maqsad bо‘lgan.
Ibn Sino aqliy,
axloqiy
tarbiya bilan bir qatorda inson kamolotida jismoniy tarbiyaning muhim ahamiyatini
ham nazariy, ham amaliy jihatidan tahlil qiladi. Ibn Sinogacha insonning kamolga
yetishida jismoniy tarbiyaning ta’siri haqida bizlarda bir yaxlit ta’limot
yaratilmagan edi. Jismoniy mashqlar, tо‘g‘ri
ovqatlanish, uyqu, badanni toza
tutish,
tartibga rioya etish, inson sog‘lig‘ini saqlashda muhim omillardan ekanini
ham ilmiy ham amaliy jihatidan asosladi.
Xulosa qilib aytganda, Ibn Sinoning ta’lim-tarbiyaviy qarashlarida insonning
ham aqliy, ham ahloqiy estetik hamda jismoniy
tomondan rivojlanishi uning
kamolga yetishining asosiy mezoni sifatida talqin etiladi.
Dostları ilə paylaş: