professor unvoniga e ga bо‘lgan
olimdir. Fitrat о‘z asarlarida ta’lim tarbiya va uning maqsadlari maktab-maorif
ishlari,
bilim berish usullarini va vositalari haqida , ma’rifatli insonlarni
tarbiyalash yо‘llari haqida tо‘xtalgan. Fitrat yoshlarni chet tillarni о‘rganishga
da’vat etgan. U mamlakatni rivojlanishi uchun
chet ellar fani, madaniyatidan xabardor bо‘lishi lozim deb bilardi. U halq maorifi noziri bо‘lgan davrda
talabalarni Germaniya, Turkiyaga u yerdagi ilg‘or Yevropa ilm-fan, tabobat,
texnika sirlarini о‘rganish uchun yuborish tashabbuskorlaridan biri bо‘ldi. Fitrat
insonning kamolotga yetishish uchun badan tarbiya muhim ahamiyatga ega
ekanligini aytib, insonning butun a’zosi salomat va quvvatga ega bо‘lmasa, unday
inson uzoq yashamasligini qayd qiladi. Bolalarning ilm olishi bilan birga ularning
badan tarbiyasiga ahamiyat berilishi lozim. Fitrat bolalarning sog‘lom bо‘lib,
kamol topishi haqida gapirar ekan, ularni yoshligidan sof havodan bahramand
qilishni tavsiya etadi. Fitratning ahloqiy tarbiya haqidagi fikrlari ham muhim
ahamiyatga ega. Fitratning uqtirishicha, bolalar suvga о‘xshaydilar. Suv qaysi
rangdagi idishda bо‘lsa, о‘sha rangda tovlangan kabi bolalar ham qanday muhitda
bо‘lsalar, о‘sha muhitning har qanday ahloq va odatni qabul qiladilar. Madaniyatli
millat bо‘lish uchun bolalarning ahlok tarbiyasiga katta ahamiyat berish kerakligi
qayd etadi. Fitrat ahloqiy tarbiyada, avvalo, ota-ona va muallimlarning о‘zlari
gо‘zal ahloli bо‘lishlari zarurligini aytadi. Fitrat vatanning ravnaq topishi uchun
dunyoviy ilmlarni egallashga da’vat etadi.
Mustahkamlash uchun savollar: 1. Jadidchilik xarakatini vujudga kelish sababi nimada edi?
2.Jadidchilar harakatining asosiy maqsadi nimadan iborat?
3.Jadidchilarning ta’lim va tarbiya haqida qanday qarashlari mavjud?
4.Yangi usul maktablarini ochilishida qaysi olimlar kо‘p ishlar qildilar?
5.Munavvar qorining ta’lim va tarbiya haqidagi qarashlari nimadan iborat?