O‘zbekiston tarixi (IV asrdan XVI asrgacha)


Sulton Husayn va Alisher Navoiy



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə134/154
tarix15.11.2022
ölçüsü1,2 Mb.
#69337
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   154
O\'zbekiston tarixi 7-sinf

Sulton Husayn va Alisher Navoiy. 
Sulton Husayn Boy-
qaro Amudaryoning janubidagi yerlarga hukmron bo‘lib, 
u o‘z tasarrufida Xuroson, Xorazm hamda Sharqiy va 
Shimoliy eron viloyatlarini birlashtirgan edi. U qariyb 40 yil 
hukm surgan temuriylarning so‘nggi yirik hukmdori bo‘lib, 
uning davrida shahzoda va amirlarning boshboshdoqligiga 
qaramay, mamlakatning xo‘jalik va madaniy hayoti yuksaldi. 
Xurosonning obod etilishida, ravnaq topishida zamonasining 
tadbirkor va dono hukmdori Sulton Husayn bilan bir qatorda 
buyuk adib va davlat arbobi Alisher Navoiyning ham xizmati 
nihoyatda katta bo‘ldi.
Alisher Navoiy 1441-yilda Hirot da dunyoga kelgan. Uning 
ota-bobosi temuriylar saroyida xizmat qilgan. Sulton Husayn 
bilan Alisher bir mak 
tabda o‘qiganlar. Ular bolalik chog‘-
la ri dayoq Xuroson hukmdori Abulqosim Bobur xizmatida 
bo‘lganlar. Uning va 
fo 
tidan so‘ng 12 yil davomida boshqa-
boshqa shaharlarda yashaganlar. Hu sayn bu davrda avval 
Xorazmda, so‘ng ra Xurosonning Obivard, Niso, Mashhad va 
boshqa viloyatlarida darbadarlikda yurib, kuch to‘plab Abu 
Saidga qarshi isyonlar ko‘taradi. Alisher Navoiy bu yillarda 
Mashhad va Hirotda o‘qiydi. O‘sha paytlardayoq u shoirlik 
iste’dodi tufayli katta shuhrat qozongan edi. Yoshlikdan Sulton 
Husayn bilan yaqin bo‘lgan Alisher o‘ziga nisbatan Abu 
Said 
da adovat kayfiyatini sezib qolgach, Samarqandga borib, 
ma’ lum vaqt u yerda yashashga majbur bo‘ladi. Samarqandda u 
ilm-fan va she’riyat bilan mashg‘ul bo‘ladi. Bu yerda u mashhur 


140
olim, falsafa, mantiq, huquq, arab tili, adabiyot va she’riyatning 
o‘tkir bilimdoni Fazlulloh Abullays Samarqandiydan saboqlar 
oladi. 1469-yilda Sulton Husayn Hirotni egallagach, Navoiyni 
o‘z huzuriga taklif etadi. Alisherni u dastlab muhrdorlik 
lavozimiga, keyinroq esa vazir qilib tayin etadi.

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin