O‘zbekiston yozuvchilar


MEN ISHQIMNI AYTOLMASAM O‘ZINGGA



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/25
tarix28.04.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#103986
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   25
Omon Matjon. Maqsudam (2021)

MEN ISHQIMNI AYTOLMASAM O‘ZINGGA
Men ishqimni aytolmasam o‘zingga,
Bulutlarga topshiraman qalbimni.
Ular ko‘zing osmonida bezovta – 
Chaqmoq taxlit naqsh etsinlar dardimni.
Men ishqimni aytolmasam o‘zingga,
Baland toqqa borib solay hayo-hu!
Poying uzra daryo bo‘lib to‘lg‘onsin,
Cho‘qqilarning boshidagi oq uyqu.
Men ishqimni aytolmasam o‘zingga,
Vijir-vijir qaldirg‘ochga aytayin:
Har bahorda shu zangori so‘zlardan,
Bo‘g‘otingda uya qursin atayin.
Aytolmayin, chekib oh-u nolalar,
Yerga ko‘ksim qo‘yar bo‘lsam nogahon,
Yuragimdan xabar topgan lolalar,
Faryod solib qirga chiqsin bag‘ri qon.
www.ziyouz.com kutubxonasi


MAQSUDAM
51
ASSALOM
Assalom, assalom!
O‘zbekiston, aziz kalom, assalom,
Toleyingda qutlug‘ ayyom, assalom!
Xush kelibsan, ne zamonlar kutaman,
Xush, kel, erkim, gul bilan bol tutganim!
Ijobatli duolar, xush kelibsiz,
Dil ochuvchi sabolar, xush kelibsiz!
Alpomishga ot mindirgan cho‘qqilar,
Oltin tarix endi ravon o‘qilar.
Dunyodaman endi dunyo safinda,
Borar bo‘ldim endi hurlar qatinda!
Assalom, assalom!
Bobolarning porloq yodi, assalom,
Botirlarning uchqur oti, assalom!
Xush kel, erkam, Navro‘zlarni kuldirding,
Ko‘zlarimga yulduzlarni to‘ldirding,
Ey istiqlol, bayrog‘imga ipaksan,
O‘zbekiston, mangu urgan yuraksan!
O‘z yerim deb kuygan, yongan xalq edim,
Iymonimga chin inongan xalq edim.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Omon MATJON
52
Bilar edim, yaratganning mehri bor,
Toleyimda buyuk davlat muhri bor!
Assalom, assalom!
Noming aziz, yangroq elim, assalom,
Yer-u ko‘kda uyg‘oq, elim, assalom!
OTAJONNI ESLAB...
Oqqan daryo tindimi,
Oltin toring sindimi.
Otga boshqa mindimi,
O‘rtadagi do‘st qani?!
Qayiq qumga urildi,
Asr zumga urildi.
Yurak simga urildi,
O‘rtadagi do‘st qani?!
Fano, baqo ne ishdir,
Bir-birovin yeyishdir.
Izindan voh deyishdir,
O‘rtadagi do‘st qani?!
Ikki daryo orasi,
Uch yuz oltmish qal’asi.
Izlar hofiz nolasin,
O‘rtadagi do‘st qani?!
www.ziyouz.com kutubxonasi


MAQSUDAM
53

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin