MAQSUDAM
51
ASSALOM
Assalom, assalom!
O‘zbekiston, aziz kalom, assalom,
Toleyingda qutlug‘ ayyom, assalom!
Xush
kelibsan, ne zamonlar kutaman,
Xush, kel, erkim, gul bilan bol tutganim!
Ijobatli duolar, xush kelibsiz,
Dil
ochuvchi sabolar, xush kelibsiz!
Alpomishga ot mindirgan cho‘qqilar,
Oltin tarix endi ravon o‘qilar.
Dunyodaman endi dunyo safinda,
Borar bo‘ldim endi hurlar qatinda!
Assalom, assalom!
Bobolarning porloq yodi, assalom,
Botirlarning
uchqur oti, assalom!
Xush kel, erkam, Navro‘zlarni kuldirding,
Ko‘zlarimga yulduzlarni to‘ldirding,
Ey istiqlol, bayrog‘imga ipaksan,
O‘zbekiston, mangu urgan yuraksan!
O‘z
yerim deb kuygan, yongan xalq edim,
Iymonimga chin inongan xalq edim.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Omon MATJON
52
Bilar edim, yaratganning mehri bor,
Toleyimda buyuk davlat muhri bor!
Assalom, assalom!
Noming aziz,
yangroq elim, assalom,
Yer-u ko‘kda uyg‘oq, elim, assalom!
OTAJONNI ESLAB...
Oqqan daryo tindimi,
Oltin toring sindimi.
Otga boshqa mindimi,
O‘rtadagi do‘st qani?!
Qayiq
qumga urildi,
Asr zumga urildi.
Yurak simga urildi,
O‘rtadagi do‘st qani?!
Fano, baqo ne ishdir,
Bir-birovin yeyishdir.
Izindan
voh deyishdir,
O‘rtadagi do‘st qani?!
Ikki daryo orasi,
Uch yuz oltmish qal’asi.
Izlar hofiz nolasin,
O‘rtadagi do‘st qani?!
www.ziyouz.com kutubxonasi