2-3-YANVAR, XORAZM
Xorazmda qor yukidak og‘ochlar sindi,
Kun-tun falak tegirmoni muz sepdi go‘yo.
Qurib
ko‘kka uchib ketgan Jayhunning endi
Bulut bo‘lib tushishidan bormi bir ma’no?!
Oyoqlarin muz novdalar qo‘yvormay, ushlab,
Parvozlari qotishgandek sovuq temirga.
Shoxlar aro panoh topgan junjikkan qushlar,
Daraxtlarga qo‘shilishib qulashdi yerga...
O‘zbekiston! Sening o‘ktam oyoqlaringni
Yuz yil shundoq qo‘yvormadi Shimol muzlari.
Yuking – og‘ir, shamollar – och...
Va shoxlaringda
Jon kushlarim ming jovdirab boqar ko‘zlari...
Qahratonda himoyatsiz qoladi muhit,
Yiqilganlar, to‘xtaganlar, so‘zsiz – o‘ladir.
O‘zbekiston, erk daraxtim, o‘zni bardam tut,
Parvozga shay qushlar bilan yelkang to‘ladir!
1992
www.ziyouz.com kutubxonasi
MAQSUDAM
89
UY
Bu ne oyina uy, ne billur qasr,
Nurlar, sharpalarning bu qanday raqsi?!
Har bir nafasingga bunda bor tasvir,
Har yurak zarbining ko‘rinur aksi.
Bu ne oyina uy, har bitta ko‘zgu –
Sa’yi a’molingga aniq shahodat.
Tomonlar to‘rtman deb solmaydi qutqu,
Ko‘zlarga hokimlik qilmas mahobat.
Jimir-jimir chashma yo qush ko‘zlari,
Ustunda titragan sezimli simob.
Barida bir ruhning bordir izlari,
Ayni payt savoldir, ayni payt javob.
Endi men aminman, shu oydin uyda,
Ya’ni ayon joyda har bitta samar.
Odamzod yashaydi – ko‘zi uyquda,
Umr ne, mazmun ne, butkul bexabar.
Yo olis quyoshning elitib tafti,
Yo oygacha borday shay taxtiravon.
Yulduzga payvandday umr daraxti,
Loqayd abadiylik sig‘inar inson!
U bilmas, bu ko‘zgu nechog‘ g‘aroyib,
Xatto nafas tegsa xira tortishin!
www.ziyouz.com kutubxonasi
Omon MATJON
90
Salga darz ketishi, salga qorayib,
Bunda qorong‘ulik yana ortishin.
Bilmas, na ul har kech yulduz yomg‘iri:
Bilmas, kimlar bois qolib jabrga.
Butrab o‘n sakkiz ming olamning biri,
Billur kukunlari to‘kilur yerga!
Nega hushyor etmas uni bu falak,
Koinot – ulug‘vor oyina erur.
Unda neni ko‘rsak, neni ilg‘asak,
Bu – o‘zga olamlar osha kelgan nur!
Bu uydagi har barg, har gul yaprog‘i,
Oqmi-qora bulut, yo tomchi yomg‘ir.
Bari hisobdadir, bordir so‘rog‘i,
Bari bir-birining suvratchisidir.
Uylang, bul makonda mehr yo qahr,
Gʻazab yo muhabbat – ketarmi izsiz?!
Birin ham qoldirmay bu ko‘zgu axir,
Odamning o‘ziga qaytarar, so‘zsiz!
Bilmas, bilmaydi, bu oynakor uyda,
Million rasmi bor – tan olmas odam!
Gʻofil, kim ne qilar degan bir o‘yda,
O‘ziga hukm yozib boradi, nodon.
www.ziyouz.com kutubxonasi
MAQSUDAM
91
Men endi sezaman – jismim ko‘zgudir,
Ming-ming billur yulduz suzar qonimda.
Tafakkurim – ko‘zgu, ismim ko‘zgudir,
Yaratganning rasmi bordir jonimda!
Ey do‘st, ey safardosh, ey sen hamxona,
Hayotmiz! Birgamiz! Baxtimiz kuldi!
Senga ishonaman! Tik boqaman, ha,
Sen ham Haqiqatdan qo‘rqmasang bo‘ldi!
1992
www.ziyouz.com kutubxonasi
Omon MATJON
92
* * *
Ishqdan hol so‘rdim, ul:
“Ishq – hol ermas!” – dedi.
“Ishq, aytgil qismatim?!”
“Ishq – fol ermas!” – dedi.
“Ishq, suvrat hadya et!”
“Ishq, bu – ma’no!” dedi.
“Ishq, darding o‘ldirur!”
“Ishq, bu – davo”, dedi.
“Ishq, hamroh o‘l!” – dedim,
“Ishq – sorbon!” – dedi ul.
“Ishq, kel, sog‘indim-ay!”
“Ishq – armon!” – dedi ul.
“Ishq, sen qalbimdasan!”
“Xotiring jammu?!” – dedi.
“Ishq! Diydor istadim!”
“Ishq o‘zi kammu?!” – dedi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
MAQSUDAM
93
* * *
Kuzda men har holda tabiatda ham,
Bir tinchlik borini sezaman osud.
Jilg‘a tinch uzalar, tepa olar dam,
Yechib qo‘yilganday qilich va sovut.
Qani ul bahodir, nahot jang tingan?!
Anhor uzra ko‘prik keng nafas olar.
Faqat qayrilishda, o‘zni tutolmay,
Mavjlar bir-birini shapatlab qolar.
Huvuzun qirlarning so‘ngiga boqsang,
Xotiraday xira ko‘rinar tog‘lar.
Fasl tugab borar. Yo balki asr
Mezonlar bo‘shliqdan bir vido xohlar.
Gap huv botayotgan quyoshda emas,
Butun sir va jumboq kuzning o‘zida.
Goh u bir-ikki ho‘l bulutni ushlab,
Savalab qoladi yuz-u ko‘ziga.
Bir to‘rva olmani uyga eltguvchi,
Dehqon qiz o‘ylamas oldi-sotdini.
U tezroq va tezroq uyiga kirib,
To‘ldirgisi kelar ko‘zgu sathini.
Undagi bosiqlik, hayo olmasi,
Kuzakning kimiga balki qarindosh.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Omon MATJON
94
O‘z qizlik rejasi bilan ishlaydi,
Uning qalbidagi bokira quyosh.
Kuz. Tunni kutmaymiz. Lekin ufqlar,
Gʻalayon qopqog‘in kovsharlar alvon.
Endi tungi bozor uyg‘ona boshlar,
Somon yo‘li bo‘ylab kelar yuz karvon.
Yulduzlar, zargardan yangi chiqqanday,
Samo rastasida yorqin yoyig‘liq.
Bu hafta bezovta yurdi andak oy,
Kemtikligin o‘ylab yuragi dog‘liq.
Kuz. Tunni kutmaymiz. U o‘zi kelar,
Bir ne olib kelar bashar tinchiga.
Tun, qora turnadek, jo‘jalarini,
Titroq parlarining olar pinjiga.
Kuz. Tunni kutmaymiz. Chunki osmon,
Bugun teran va sof. Bugun mukammal.
Taqdir, ehtirosli umr ishlarin,
Doim shunday qo‘lla! Va shunday et hal!
www.ziyouz.com kutubxonasi
MAQSUDAM
95
Dostları ilə paylaş: |