KO‘HNA HIKMATLAR
Shohlarga zar yig‘moq azal taomil,
Ammo el doim zor, g‘aznabon – johil.
Odamning o‘z rizqi asli bir hovuch,
Bersang ammo doim olmoqqa moyil.
Kasbu korning sehri, qadri yo‘q joyda,
Davlat ishinda ham bo‘lmas takomil.
Ahmoq miroblarning kasridan, ko‘rdik,
Uch devor ichinda nuradi Bobil.
Ro‘shnolig‘ bermasa dehqonga davron,
Laylatulqadr ham bo‘lmaydi vosil.
Izma-iz mushkullar tug‘ar kun va tun,
Lozimdir har mulkni boshqarsa oqil.
Muzlug‘ dovonlardan o‘tgan daryoning,
Azmiga muborak bo‘ldi qo‘sh sohil.
Nabilar nazdida Bibi Maryam pok,
Oshiqlar ohidin Maseho nozil.
Yot iqlimdan kelgan ne-ne ko‘chatlar,
Bihishtga o‘tqazdik, bermadi hosil.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Omon MATJON
78
Dahshat, qirg‘iy etding, lekin o‘lmadik,
Ustuvor millatmiz, bas-da, ey qotil!
O‘zgalar naqdini qizg‘onar hosid,
Ulusga baxsh etar borini fozil.
So‘ling va sog‘ingda, bo‘yning, boshingda
Lainlarning yuki, bu ne tag‘ofil?!
Tole qushi tilar kaftingdan dona,
Foydavu ziyoning shunga muqobil.
Ulug‘ o‘tmishingni o‘zing unutding,
Azal hattotlari ulashmas oy-yil.
Yuz yil o‘z girdini qo‘rg‘on etganlar,
Titrarlar, eshikni qoqsa azozil.
Anor nihon gullar garchi ko‘zlardan,
Bahorda g‘ofillar – kuzda ham g‘ofil.
Rom etsa yolg‘onlar elning qulog‘in,
Ochilmas, burg‘usin chalsa Isrofil.
Dunyoda to bitta qul xalq bor ekan,
Zamon odil bo‘lmas, imonim komil.
www.ziyouz.com kutubxonasi
MAQSUDAM
79
1986. KUZ
Oydin kuz oqshomi. Bir xayol surib,
Nenidir istadim ko‘kdanmi, yerdan.
Garchi bilar edim, bu ro‘hna ravoq,
Sirlarin ochmaydi hammaga birdan.
Yulduzlar! Bu qanday mavj?! Ne harakat?!
Kim u mash’al tutib kelayotganlar?!
Demak, bor, huv olis sarhadlarda ham,
Men kabi bezovta bo‘layotganlar.
Haq maqsadli odam doim bezovta,
Umidning yo‘llari bo‘lmas unga berk.
Go‘yo eski lip-lip kinoda ota
Beiz ketgan o‘g‘lin ilg‘ab qolgandek.
Ko‘zim kurtagidan uchgay kapalak,
Darhol chamanlarga urarkan o‘zni.
Demak, bizlarga ham intizorlar ko‘p,
Demak, kimdir sevib asraydi bizni.
Olamda kechikkan bahorlar yo‘qdir,
Kechikkan vijdon bor, chalajon matlab.
Shu bois tabiat muammoni ming,
Yechimini esa berar bittalab.
Odamda geolog olim ruhi bor:
Tog‘larning granit jildlarin titib.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Omon MATJON
80
Million yilgi yaproq izini izlar,
Bugun oltin bargni jim bosib o‘tib...
Oydin kuz oqshomi. Xayolga shunday
Ming xil o‘y keladi, ming turli so‘zlar.
Aniq bir haqiqat jamol ochsin deb,
Tinmay igna urar tunga yulduzlar.
* * *
Qor bosgan oq-oppoq dalada ko‘rdim,
Qimir etmay turar to‘p qora tulpor.
Qish obdon bekitgan cho‘ng qora toshning
Besh-olti joyida erigandek qor.
Tulporlar, hoy! Qora qirni uyg‘oting,
Mudroq xomrezani yoki qiling bas.
Sizning ul uchishlar bo‘lmasa, bu yer –
Keraksiz bo‘shliqdir, beun va bekas.
Qora tulporlarim mening, qanotli,
Turmang, uching-ko‘ching tez bo‘lib o‘qdan!
O‘zni shundoq oqlang, qir ham qutulsin
Bugun oq ko‘ringan qora sovuqdan.
www.ziyouz.com kutubxonasi
MAQSUDAM
81
* * *
Daraxtlar va giyohlarning tarhi-fayzini
bir risola etmoq istab,
sozlab
bayotin,
obdon boqsam o‘z umrimning qabatlariga
men yashabman o‘shalarning rangin hayotin.
Ha-da!
Gohi, bo‘yterakdek, dirdov qolibman,
Na gul va na meva tugib, o‘z-o‘zim bilan.
Sal bulutga barglarimni gizlab teskari,
sal shamolga qo‘porilib ildizim bilan.
Goh o‘rikdek, mevamdan to mag‘zimga qadar,
yuraklarga malham, davo yig‘ib yashabman,
Goh anordek, bahorni “pov” yonib qarshilab,
sal yot nazar tegsa gulim to‘kib tashlabman.
Men tok bo‘ldim.
Zanglarimga zamindan sharbat,
barglarimga oq quyoshdan ziyolar soldim.
Hayot barpo bo‘lgandagi alvon isyondan
ko‘ngillarga sarxush surur, havolar soldim.
Goh shunchaki bir ihota – chaqir butazor –
ko‘p yo‘llarni asradim men to‘zsa qor, dovul.
Goh oshiqlar talpinguvchi majnuntol bo‘ldim,
goh barxanlar ko‘chkisini to‘sgan saksovul.
Yo iqlimlar keskinlashgan chog‘i yurtimda
yuragimga turfa qushlar qayg‘usi tushdi,
ularni yoz olovidan, qora sovuqdan
www.ziyouz.com kutubxonasi
Omon MATJON
82
yashiroldim – cho‘ng gujumlik baxti yetishdi.
Goh tut bo‘ldim.
Olam ipak kiymagi uchun
gardanimga qayta-qayta kallak soldilar.
Goh bolalar labida oq marvarid bo‘ldim,
goh ko‘ksimni tanbur uchun o‘yib oldilar.
O‘h-ho‘, agar sanayversam,
umrim shajari
bog‘lar qayon, tog‘-u qirga boylanib ketar
va qush uchar yuksaklardan endi boqilsa,
olam yashil maysazorga aylanib ketar.
Aholisi nihoyat zich yashil saltanat –
yalpiz, ang‘iz, ismalog‘-u binafsha, bug‘doy...
Mavjlanishim – dengizlardan qolgan esdalik,
ne muzliklar erigandir taftimdan bug‘day...
Til chiqarsam goh yerimning dardin yorgali,
qatqaloqlar qisuvidan ozurda jonman.
Tongning tiniq durlarini tun changalidan
omon olib chiqqanimdan – pokman, omonman,
Men – maysaman, qitiqlayman tovonlarini
bolakaylar yelkamda shod o‘ynagan damlar.
Ha, giyohman – poyandozman barra va
yumshoq,
tuprog‘imga og‘ir botmasin deb qadamlar.
www.ziyouz.com kutubxonasi
MAQSUDAM
83
* * *
Ko‘zingda munavvar dunyolar,
Ko‘zingda sevgining diyori.
Ko‘zingda tazkira etilgan,
Azaliy bir ishqning ash’ori.
Lekin sen men tomon boqmaysan,
Bilmadim nelar g‘ov yo‘lingga.
Yo Sukut ismli yulduzdan,
Bir og‘ir tot tushgan tilingga?!
Jimlikda toldirma sen meni,
Ko‘zingdan mujdalar uchirgil.
Ko‘zingni – ul qora kurrani
Men yongan mehvarga ko‘chirgil.
Topmasang, adashsang, to‘xtasang,
Boq, yovlar tiyrlar otarlar:
O‘qlarning izidan qarasang,
Ko‘zlaring qalbimni toparlar.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Omon MATJON
84
* * *
O‘qiy olmas bo‘ldim kitoblar,
harflar ko‘zga arang ko‘rinar,
faqat sening chehrang ko‘rinar,
so‘zlar dostonidan ketib.
Chaman kezsam endi tinchim yo‘q,
na kapalak, na rang ko‘rinar,
faqat sening chehrang ko‘rinar,
gullar bo‘stonidan ketib.
Oqshom ko‘zni yumsam ham shu hol,
ko‘kda yalt-yalt bir jang ko‘rinar,
faqat sening chehrang ko‘rinar,
yulduz osmonidan ketib.
Muhabbat deb keldim dunyoga,
oshiqqa yer-ko‘k tang ko‘rinar,
faqat sening chehrang ko‘rinar,
dunyo har yonidan ketib.
www.ziyouz.com kutubxonasi
MAQSUDAM
85
* * *
Quyosh tong oldida qizargan kabi,
Gʻunchalar qisinib yuz yorgan kabi
iymanib kelasan,
ochilolmaysan:
“Anavilar bor-da, o‘shalar...” deysan.
Qo‘lingda Zuhradan go‘yo bir xat bor,
go‘yoki Laylidan meros qismat bor,
ming yillik yozg‘utdan qutulolmaysan:
“Anavilar bor-da, o‘shalar...” deysan.
Azizam, yulduzlar falakda baxtli,
inson o‘z qolbida –
yurakda baxtli...
Sen sira o‘zingni nurga solmaysan:
“Anavilar bor-da, o‘shalar...” deysan.
Gulim, “o‘sha”larga o‘chma-o‘ch ochil,
sening uchun bugun bog‘lar bo‘sh, ochil!
Ularni qo‘yaver, ular qolmaslar,
chunki bizlar kabi seva olmaslar!
www.ziyouz.com kutubxonasi
Omon MATJON
86
Dostları ilə paylaş: |