O’zg
Vara
q
Hujjat
№
Imzo
Sana
Bet
Aslonova D.
Bajardi:
Rahbar:
“Axborot-kommunikatsiya tizimlarini optimallashtirish” fanidan modulli
o’qitish uslubiyotini yaratish (Chiziqli programmalash masalasini
geometrik usulda yechish)
- kasbga qiziqtirish asosida,
faollashtirish, mustaqillik va o`qitish
imkoniyatlarini to`la ro`yobga chiqarish.
Modulli o`qitish samaradorligi quyidagi omillarga bog’liq :
ta`lim muassasasining moddiy-texnik bazasi;
malakali professor-o`qituvchilar tarkibi darajasi;
talabalar tayyorgarligi darajasiga;
kutiladigan natijalar bahosiga;
didaktik materiallarning ishlab chiqilishiga;
modullar natijasi va tahliliga.
Modulli o`qitishda amaliy va nazariy mashg’ulotlar birga olib boriladi, har
bir modul yangi material bilan to`ldirilib borilishi kerak.
Bir qator tadqiqot ishlarida modulli o`qitish qo`llanilganda quyidagi
afzalliklar va imkoniyatlar bo`lishi keltiriladi:
fanlar ichidagi modullar orasidagi o`qitish
uzluksizligini va uzviyligi
ta`minlanadi;
ha bir modul yaxlit tugallangan o`quv jarayoniga moslashgan;
talabalar o`zlashtirishi muntazam va samarali nazorat qilinadi;
har bir modul to`la o`zlashtirilgandan so`ng ikkinchi modulga o`tiladi.
Buning natijasida, o`kuvchi etarli bilimlarga, ko`nikmalarga ega bo`ladi.
Modulli metodika o`qitishda faoliyatlilik,
tizimli kvantlash, qiziqtirish,
modullilik, muammolilik,
kognitiv vizuallilik, xatoliklarga tayanish tamoyillariga
muvofiq ishlab chiqilishi lozim.
Modulli o`qitish texnologiyasining boshqa texnologiyalardan farqi shundaki,
bunda har qaysi bosqichda talabalar o`quv materiali bo`yicha etarli bilim, ko`nikma
va malakalarni egallaganlaridan keyingina keyingi bosqichga o`tadilar.
Modulli o`quv materiallari bilan mustaqil ishlashni
quyidagicha amalga
oshirish mumkin:
talabalarning o`quv materiali tuzilishi bilan tanishishi;
berilgan savollarga modulli o`quv materialidan va boshqa manbalardan
javob izlash;