Parazitologiyadan amaliy mashg’ulotlar



Yüklə 2,31 Mb.
səhifə24/83
tarix11.10.2023
ölçüsü2,31 Mb.
#153741
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   83
parazitologiyadan amaliy mashgulotlar

Umumiy tushunchalar. Bir hujayrali hayvonlarning infuzoriyalar guruhiga 8000 dan ortiq tur mansub bo’lib, ular turli-tuman suv havzalarida (dengiz, ko’l, daryo, hovuz) bentos sifatida, ko’pchiligi plankton holida hayot kechiradi. Psammofil
infuzoriyalar qirg’oq yaqinidagi qum zarralari orasidagi kapillyar suv tomchilarida (namlikda) yashashga moslashgan.
Infuzoriyalarning anchagina turlari tuproqda yashab, boshqa mikroorganizmlar bilan birga yerdagi biologik jarayonlarda ishtirok yetadi. Ular boshqa bir hujayralilar, bakteriyalar va ko’pgina mikroorganizmlar bilan oziqlanishi hamda shu bilan birga o’zlaridan mikroorganizmlarning ko’payishini tezlashtiruvchi biologik faol moddalar ajratishi isbotlangan. Shuningdek suv havzasida tarqalgan infuzoriyalarning bir qismi baliq chavoqlari uchun oziqa bo’lib xizmat qiladi.
Nihoyat infuzoriyalarning 1000 ga yaqin turlari har xil hayvonlar va odam organizmida yashashga moslashgan. Ularning ko’pchiligi parazitlik bilan oziqlanib, turli protozooz kasalliklarni keltirib chiqaradi. Bunday parazit turlardan ixtioftiriuslar va balantidiylarni alohida ko’rsatib o’tish mumkin.

Rasm 11. Ichthyophthirius multifiliis ning hayot sikli:


1 – ixtioftiriaz kasalligiga chalingan baliq; 2 – baliq terisida yetilgan parazit; 3 – baliqdan chiqqan parazit; 4 – sistasi; 5 sistadan chiqqan «daydi»lar


Ixtioftiriuslar (Ichthyophtirius multifillis). Ushbu parazit bir qator baliqlarda, jumladan zog’ora baliq, do’ngpeshona, oq amur kabilarning suzgich qanotlari va jabralarida yashaydi. Baliqni parazitning tomitlari – suvda yashovchi mayda 20-30 mkm o’lchamli «daydi» bosqichidagi individlari zararlaydi. Ular bir necha kun davomida baliqning terisi ostidagi to’qima hisobida oziqlanib, tez o’sadi hamda o’lchami 0,5-1 mm ga yetib, teridan uzilib suvga chiqadi. Ma’lum vaqtdan so’ng suv tubiga cho’kib sistaga aylanadi. Sista ichidagi parazit yadrosi ko’p marta ketma-ket bo’linib, 2000 ga yaqin navbatdagi mayda kiprikli yosh infuzoriyalarni paydo qiladi. Individlar o’z harakatlari bilan sista po’stini yemirib suvga chiqadi hamda sog’lom baliqlarni
zararlaydi. Ko’p parazitlar baliq terisidan tashqi jabralariga, ayniqsa ko’zlarini ko’plab zararlashi tufayli, baliqning ko’r bo’lib qolishiga sababchi bo’ladi.
Ixtioftirioz kasalligi baliq chavoqlarini ko’plab nobud bo’lishiga sabab bo’ladi.

Yüklə 2,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin