Baliqlarda (Pisces) mavjud bo’lgan moslanishlar va ularning turlari 1Esonov I. O’ , 2Asqarova M. 1Chirchiq Davlat Pedagogika Universiteti Biologiya yo’nalishi 2-kurs talabasi Islomesonov4@gmail.com 2Chirchiq Davlat Pedagogika Universiteti Zoologiya fan o’qituvchisi
Annotatsiya.Ushbu tezisda baliqlarda uchraydigan va ularning hayoti uchun muhim bo’lgan moslanish turlari haqida ma’lumot berib o’tilgan.
Kalit so’zlar. Maskirovka, Mimikriya, himoya rangi, ogohlantiruvchi belgilar, adoptatsiya, suv muhiti
Yer yuzida hayot boshlanganidan beri hayvon va o’simlik turlari ma’lum sharoitlarga moslashib borishgan. Masalan, havo sovuganida ularda jun va qalin qoplamlar, shamollar ko’payganida qanotsiz yoki kalta qanotli qushlar, suvdan issiqda ham foydalanish maqsadida o’rkachida to’playdigan tuyalar va bu ro’yxatni uzoq keltirish mumkin. Moslanishlar bir necha xil bo’ladi: morfologik moslanish, fiziologik moslanish, etologik moslanish kabi turlarga bo’lish mumkin. Moslanishlar har bir organizmda bo’lgani kabi baliqlarda ham mavjud.
Baliqlardagi morfologik moslanishlar.Baliqlardagi morfologik moslanishlarga himoya rangi, maskirovka, mimikriya, ogohlantiruvchi rang, chalg‘ituvchi rang misol bo‘ladi.
Himoya rangi. Ko’pchilik hollarda hayvonlarning tashqi rangi yashash muhitiga o’xshash bo’ladi va ko’zga kam tashlanadi. Ko’pchilik baliqlarda orqa tarafi qoraroq, old tarafi esa oqroq bo’ladi. Bu esa ularni tepadan turib qaraganda ko’rinmasligini va suv ostidagi yirtqich baliqlarga ham ko’rinmasligini ta’minlaydi. Suv tubida yashovchi baliqlarda (kambala, tillarang dengiz tipratikani) kabi baliqlar qum rangida yoki dengiz tubidagi toshlar rangida bo’ladi. Shuningdek baliqlar suv tubi rangi, suv va yorug’lik sharoitiga qarab rangini o’zgartirishi mumkin. Masalan, muz va qorlar sababli yorug’lik nuri kam kirgani hisobiga qishda baliqlar yozdagiga nisbattan qoraroq bo’ladi []. Shuningdek buqalamunsimon (ya’ni rangini o’zgartiruvchi baliqlar) ham mavjud. Bularga misol qilib, faqatgina Ganga daryosida yashovchi rangini o’zgrtirib turuvchi badis badis deb nom olgan baliqni aytish mumkin. Uni akvariumda ham parvarishlash mumkin[]. Shuningdek ayrim baliqlar yetarlicha o’zlarini himoya qila olganliklari sababli ko’zga tashlanib turishadi. Ularning zaharli qismlari yaqqol ko’zga tashlanadi. Masalan dengiz ajdari deb ataluvchi Trachinus draco deb ataluvchi baliqning orqa suzgichigina ko’rinib turadi. Yirtqich agar ozgina tegsa ham zaharlanishi mumkin[].
Maskirovka. Ayrim hollarda hayvonning tana shakli va rangi atrofidagi barg, novda, suv o’tlariga o’xshash bo’ladi. Masalan, dengizlarda yashovchi ignabaliq (syngnathus) dengiz o’tlarini eslatsa, dengiz paxmoq otchasi (hippocampus) suv o’simligini, bargsimon baliq (Monocirrhus polyacanthus) esa bargni eslatadi.
Mimikriya. Ba’zi hollarda dushmanlari tomonidan ko’p qiriladigan hayvonlar tanasining rangi va shakli xavfli hayvonlarga taqlid qiladi.