Parazitologiyadan amaliy mashg’ulotlar



Yüklə 2,31 Mb.
səhifə72/83
tarix11.10.2023
ölçüsü2,31 Mb.
#153741
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   83
parazitologiyadan amaliy mashgulotlar

Rasm 30. Odam burgasi:


A-imago; V-lichinka; D-g’umbak.


Profilaktikasi. Ushbu tadbirlarning asosi sanitar-gigiyenik qoidalarga amal qilishdir. Binolarning ichi va atrofi toza holda saqlanishi, xonalar ichini namli narsalar bilan tozalash, chiqindilarni uzoq vaqt saqlamaslik kabilarni doimiy ravishda amalga oshirishdan iborat.


ISHNI BAJARISH:





  1. Rangli jadvallardan, mikropreparatlardan bitlar va burgalarning tuzilishini, ularning tuxumlari, lichinkalari va imagolarini mikroskopda ko’rish.

  2. Ish oxirida mavzu bo’yicha qilingan barcha ishlarni xulosa shaklida yozib qo’yish hamda bit va burgalarning tuzilishini rasmlarda ifodalash.



Tushunchalarni baholash uchun test savollari





  1. Qov biti odam tanasining qaysi joylari (a’zolari)da yashaydi hamda uning tana o’lchamlari qanday?

    1. qov joylari (jinsiy a’zolar junlari)da, qo’ltiq osti junida, soqol va mo’ylovlarda; kattaligi 1-1,5 mm;

V) faqat jinsiy a’zolar junlarida; kattaligi 3-4 mm;
S) faqat soqol va mo’ylovlarda, qoshlarda; kattaligi 0,3-0,6 mm;
D) qosh va kipriklar orasida; kattaligi 0,7-1 mm.

  1. Bosh va kiyim bitlarining gavda o’lchamlari qanday hamda yashash joylarini ayting.

    1. bosh biti – 3-4 mm, odamning sochlari orasida; kiyim biti – 3-4,7 mm, kiyim va ko’rpa choklarida;

V) bosh biti – 2-3 mm, sochlar va qo’ltiq osti junlar orasida; kiyim biti – 3,5-4 mm, kiyim choklarida;
S) bosh biti – 5-6 mm, sochlar orasida; kiyim biti – 7-8 mm, ko’rpa va choyshablar choklarida;
D) bosh biti – 1-2 mm, faqat jinsiy a’zolar junida; kiyim biti – 2-3 mm, ko’rpa va yostiqlar chokida.

  1. Bitlar qanday usulda rivojlanadi va qaysi bosqichlarni o’tadi?

    1. to’liq metamorfoz: tuxum, lichinka, g’umbak, imago;

V) chala metamorfoz: lichinka, nimfa, imago;
S) chala metamorfoz: tuxum (sirka), lichinka, imago;
D) rivojlanishi o’zgarishsiz, to’g’ridan-to’g’ri.

  1. Bitlar odamlar orasida qanday kasallik qo’zg’atuvchilarini yuqtiradi?

    1. toun va tepkili tif kasalliklarini;

V) toshmali va qaytalama terlama (tif) kasalliklarini;
S) kasallik qo’zg’atuvchilarni yuqtirmaydi, faqat qon so’radi;
D) bakterial ich ketish kasalligini.

  1. Burgalar qanday morfologik belgilari bilan xarakterlanadi?

    1. tanasi yaxlit, bo’g’imlarga bo’linmagan, og’iz organlari sanchib-so’ruvchi, oyoqlarining hammasi uzun;

V) tanasi 2 qismdan – boshko’krak va 10 segmentli qorin, og’iz organlari – so’ruvchi, qanotlari rivojlangan;
S) tanasi 3 bo’limlan, bir juft oddiy ko’z, og’iz sanchuvchi, qanotlari bir juft, 3- nchi juft oyoqlari ancha uzun;
D) tanasi 3 bo’limdan: bosh, ko’krak, qorin; bir juft mo’ylov, bir juft oddiy ko’z, gavda ikki yon tomondan qisilgan, 3-nchi juft oyoqlar kuchli, uzun va sakrovchi; qanotsiz.

  1. Burgalarning rivojlanishi qaysi usulda boradi va hayot siklida qanday bosqichlar bor?

    1. rivojlanishi to’liq metamorfoz usulda: tuxum, lichinka, g’umbak va imago;

V) chala metamorfoz: tuxum, lichinka, imago;
S) to’g’ridan-to’g’ri, o’zgarishsiz;
D) burgalar tirik bola to’g’adi, rivojlanishi o’zgarishsiz. 7.Burgalar qanday kasallik qo’zg’atuvchilarini yuqtirishda ishtirok etadi?
A) sil va tif kasalliklarini;
V) o’lat (toun), tulyaremiya, endemik kalamush tifi;
S) piroplazmoz va bezgak;
D) leyshmanioz, ensefalit.

Yüklə 2,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin