Patopsixologiya va tibbiyot psixologiyasi


Mavzu yuzasidan asosiy tushunchalar



Yüklə 248,5 Kb.
səhifə18/26
tarix05.01.2023
ölçüsü248,5 Kb.
#78501
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   26
Tibbiyot psixologiyasi

Mavzu yuzasidan asosiy tushunchalar


Tibbiyot deontologiyasi – tibbiy hodimlarning kasbiy xulq-atvori haqidagi fan


Etika – grekcha «yetxos» so'zidan olingan bo'lib, u urf-odat, ahloq degan ma'noni bildiradi


Vrachlik siri – bemor kasalligi bilan bog'liq ma'lumotlarni vrach tomonidan sir tutilishi.

Tibbiyot deontologiyasi (grekcha deontos-zarur lozim bo'lgan narsa va logos-ta'limot) tibbiyot hodimlarining kasbiy hulq-atvori haqidagi fandir.


«Deontologiya» kishining professonal hulq-atvori haqidagi fanni ifodalash uchun 21-asrning boshlarida ingliz faylasufi Iyerimiya Bentam tomonidan taomilga kiritilgan edi. «Deontologiya» tushunchasi teng ma'noda professional faoliyatning har qanday sohasiga – tibbiyot, muxandislik, yuridik, agronomik va x.k. soxalariga ham taaluqlidir.
Osiyo davlatlarida XV-XVI asrlardayoq tarkib topgan. Mustaqil O'zbekistonimizda deontologiyaning shakllanishiga buyuk allomalarimiz Xorazmiy, Farg’oniy, Ismoil al-Buxoriy, At-Termiziy,Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino, Beruniy va boshqa buyuk olimlarimiz o'zlarining yaratgan nodir asarlari bilan katta ta'sir ko'rsatishdilar. Ayniqsa Ibn Sino tibbiyot sohasidagi o'lmas asarlari bilan O'rta Osiyoda tibbiyotning yuksalishiga o'zining bebaho hissasini qo'shgan. Tibbiyot deontologiyasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat
- tibbiyot hodimlari hulq atvorlarining davolash samaradorligini imkoni boricha oshirishga qaratilgan tamoyillarini o'rganish
- tibbiy xizmatdagi noqulay omillarga hamshira va vrach faoliyatidagi ziddiyatlarga, patologik ko'rinishlarga barham berish.
- tibbiyot hodimlari bilan bemorlar o’rtasida o'rnatiladigan o'zaro munosabatlar tizimini o'rganish.
- zamonaviy tibbiyot va bemor talabiga javob bermaydigan tibbiyot xizmatining zararli omillarini tugatish.


Gippokrat qasami xaqida nimalarni bilasiz?

Tibbiyot etikasi umumiy etikaning bir qismi hisoblanadi. Tibbiyot etikasi qadimgi Gresiyada katta taraqqiyotga erishdi va Gippokrat qasamida yaqqol namoyon bo'ldi.


Gippokrat qasami tibbiyot etikasining rivojlanishiga katta ta'sir ko'rsatdi. Keyinchalik tibbiyot o'quv yurtlarini bitirib chiquvchi talabalar «Fakultet va'dasi»ga imzo chekkanlar, unga Gippokratning ahloqIy nasixatlari asos qilib olingan.
Buguni kunga kelib tibbiyot etikasi tamoyillari yanada rivojlandi. Vrach siri degan narsa ustida (Aniqrog'i tibbiyot siri degan narsa ustida) alohida to'xtalib o'tish kerak. Bu tibbiyot hodimi etikasiga ta'luqli masaladir. Tibbiyot hodimlarining ishini hususiyatiga ko'ra, bemor o'zining eng chuqUr kechinmalarini ularga izhor etadi, o'zlarining oilaviy va boshqa ishlari to'g'risidagi ma'lumotlarni, hech kimga aytmaydigan gaplarini tibbiyot hodimi bilan o'rtoqlashadi.
Bemorlarning ishonib aytgan ma'lumotlarini esa hech kimga aytmaslik kerak.


Etik munosabatlar qanday bo’lishi kerak?

Tibbiyot hodimlari bemor bilan muomala qilishda etika normalariga amal qilishdan tashqarii, kasbiy sabr-to-at va o'z-o'zini tuta bilish yuksak tuyg'usiga ham ega bo'lishi kerak. Tibbiyot hodimi bilan bemor o'rtasidagi ishonch vaziyatini vujudga keltirish davolash siriga qat'iy rioya qilinishi shart hisoblanadi.


Tibbiyot hamshirasining ishi faqat katta jismoniy zo'riqishni bajarish bilan emas, balkiy katta xissiy zo'riqish bilan ham bog'liq bo'lib, bu narsa bemor kishilar bilan muomala qilish chog'ida ularning haddan tashqarii ta'sirchanligi, kasallik tufayli injiq bo'lib qolishi jizzakiligi natijasida vujudga keladi. Hamshira kasallar orasida hamma vaqt bo'ladi. Shuning uchun uning aniq xarakatlari va vrachning ko'rsatmalarini mahorat bilan bajarishi, uning bemorga ta'sirini samimiy munosabati unga psixoterapevtik ta'sir ko'rsatadi. Bu omillar ya'ni g'amho'rlik diqqat e'tibor hamshira bilan bemor o'rtasidagi aloqani asosi hisoblanadi. yoqimli va shirin so'z bilan murojaat qilishda samimiy tabassumda hamshiraning o'z bemorlariga g'amxo'rligi va diqqat e'tibori ifodalanadi.
Biroq hamshiraning diqqat e'tibori va samimiyligi intim xarakterda bo'lmasligi, bemorlar o'zlari bilan hamshira o'rtasidagi masofani suiste'mol qilishga yo'l qo'ymaslik kerak.
Tibbiyot hodimi, shu jumladan tibbiyot hamshirasi vrachlik sirini qattiq sir tutishi kerak. Vrachlik siri deganda quyidagilar tushiniladi:
1) bemor to'g'risidagi ma'lumotlar va bu ma'lumotlarni tibbiyot hodimi bemorning o'zidan yoki davolash jarayonida oladi va ular jamoatchik orasida ma'lum qilinmaydi;
2) bemor to'g'risidagi ma'lumotlar; (kasallikning noxush yakuni, bemorga psixologik ziyon yetkazuvchi diagnoz v ax. k.) tibbiyot hodimi bu ma'lumotlarni bemorga ma'lum qilmaydi.



Yüklə 248,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin