Savollar 1.O'zini maktabda yoki davolash muassasasida ishlash uchun yaxshiroq tayyorlash maqsadida pedagogika yoki tibbiyot o'quv yurtida ta'lim olayotgan talaba qanday shaxsiy fazilatlarga ega bo'lmog'i kerak?
2.Nima sababdan bo'lg'usi o'qituvchilar—talabalar pedagogik mahoratini shakllantirish ularning shaxsini tarbiyalash ishi bilan tarkibiy bog'liq ekanligini tushuntirib bering?
4-MASALA Psixologik tadqiqotlar shuni ko'rsatmokdaki, shaxslararo aloqalarda bir-birini tushunish xizmat sohasida va odamlar o'rtasidagi oilaviy munosabatlarda muloqot madaniyatining hamda sog'lom mikromuhitni vujudga keltirishning asosiy shartidir.
quyida «hayotdan olingan» bir misol to'g'risidagi axborotni diqqat bilan o'qib ko'ring: «Yosh kelin-kuyovlar bir-birlariga qaynoq muhabbat bilan turmush qurishgan edi, lekin oradan sal vaqt o'tmay, ajralish to'g'risida gapira boshladilar. Xo'sh, sababi nima ekan?..» «Murosalari to'g'ri kelmagan emish».
Xotinim har doim arzimagan narsani bahona qilib janjal ko'taraveradi. Rasvo tabiati bor, hech qachon bir masalada yon bosish nima ekanligini bilmaydi, — deb shikoyat qiladi eri.
Erim hech bir ishni o'z vaqtida qilmaydi, men bilan hisoblashmaydi. Men ishdan charchab kelib, boshim og'rib yotgan vaqtimda u albatta qayergadir taraklatib mix qoqishi kerak. qachon nimani iltimos qilsang, nuqul ertaga, ertaga deb bahona qiladi... deya unga qarshi javob beradi xotini.
Savollar Yuqorida keltirilgan misolda shaxsning qanday salbiy jihatlari odamlar o'rtasidagi o'zaro nosog'lom munosabatlarning sababchisi bo'lganligini ko'rsatib bering.
O'zaro muloqot jarayonida shaxsning qanday o'ziga xos xususiyatlari o'zaro munosabatlarga hal qiluvchi ta'sir ko'rsatadi?
Xizmat sohasi va oilaviy munosabatlarda, odamlar o'rtasidagi munosabatlarda bir-birini tushunish sog'lom mikromuhitni vujudga keltirishning asosiy sharti ekanligini isbot qilib bering?