Patopsixologiya va tibbiyot psixologiyasi



Yüklə 248,5 Kb.
səhifə24/26
tarix05.01.2023
ölçüsü248,5 Kb.
#78501
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Tibbiyot psixologiyasi

Savollar:

  1. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bu bolaning xulq-atvorida
    qanday salbiy iroda sifatlari namoyon bo'ladi?

  2. Bunday bolalar bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishlarni qanday tashkil etish kerak?



10-MASALA
Guruhga burab yurgiziladigan yangi o'yinchoq—kuchukcha keltirishdi. Tarbiyachi uni qo'liga olib ko'rdi va o'yinchoqni buradi: kuchukcha gir-gir aylanib vovullay boshladi. Tarbiyachi o'yinchoqni bolalarga yaqinroq olib keldi. Akmal qo'rqib ketib, kuchukchani oyog'i bilan tepib yubordi. Barcha bolalar kuchukchaga rahm qilib, nega tepasan, hammayog'i og'riydi-ku, deb achina boshlaydilar.
Guruhga vrach kirib keldi va bolalar bilan kuchukchaning qayeri lat yeganini tekshira boshladi. Akmalning yomon ish qilganini so'zlab berdi. Bola darhol o'zgardi va yig'lab yubordi: «Men bunday bo'lishini xoxlamagan edim. Men endi bunday qilmayman. Men bunday qilishni xoxlamagandim, eshitayapsizmi?!» Tarbiyachi Akmalga kuchukchani silab qo'yishni taklif qildi, u rozi bo'ldi va shu zahoti yig'idan ovunib qoldi.


Savollar:
1. Akmalning xulq-atvorida, his-tuyg'ular kechishining
qanday o'ziga xos xususiyatlari namoyon bo'ldi?
2. Uni qaysi temperamentga kiritish mumkin?


11-MASALA
Odil kirishimli, harakatchan bola. Applikatsiya yo'li bilan yasagan gullarni ko'rib, ularga baho berish vaqtida tarbiyachi Odildan so'radi:
Odil, senga hammadan ko'ra kimning ishi ko'proq ёqadi?
— Nigoraning ishi, lekin men undan ham yaxshiroq yasay olaman.

  • Xo'sh, unda nima uchun yasamay o'tiribsan? Uni qara, hamma bolalar ishlarini tugatishdi, sen bo'lsang endigina novdachalarni yasabsan.

  • Men hammadan keyin boshladim-da, agar yasab ulgurganimdami, mening gulim hammanikidan chiroyli chiqardi. Buni qarang, men novdalarni qanday nozik qilib ishladim!

Musiqa mashg'ulotida Vatan xaqida qo'shiq aytishardi. Odil qo'shiq so'zlarini hammadan ko'ra qattiqroq aytardi. Nigora degan qiz tanbeh berganida, u shunday javob qaytardi: «Bu qo'shiqni sekin aytib bo'lmaydi, chunki u Vatan haqida. I. V. bizga so'zlarni aniq tushunarli qilib aytish kerakligini aytgan edi va men shunday aniq aytdim. Tarbiyachi unga savol berdi: «Xo'sh ayt-chi, sen aytayetgan qo'shiq musiqa ohangiga mos kelayapti, deb o'ylaysanmi? Mening nazarimda sen o'zingcha ashula aytayotganga o'xshaysan. Musiqa esa o'zicha chalinayotganday». Odil javob berdi: «Men musiqa ohangiga mos ashula aytayapman».



Yüklə 248,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin