5-MASALA Agar ota-onalar o'z farzandlariga biron narsa va'da qilgudek bo'lsalar, albatta o'z va'dalarini bajarishlari shart ekanligi to'g'risida hamma ёqda yozishadi. Mening onam esa boshqacha yo'l tutadi. U menga portfel sotib olish uchun pul berdi.
Men undan: «Menga kolgotka ham olish uchun yana ozgina pul bermaysizmi? — deb so'radim. Onam rozi bo'ldi, lekin ertasiga menga bunday deb murojaat qildi: «Nasiba, menga pulni qaytarib ber. Sen hozir kolgotka sotib olishing shart emas». Men pulni qaytarib berdim, ammo shunaqa xafa bo'ldimki, hatto ho'ngrab yig'lab yubordim. Buni ko'rib onamning ham jaxli chiqib ketdi va menga qarab: «Men senda vijdon bor deb o'ylagan edim! Sen vijdonsiz ekansan», — dedida pulni stol ustiga tashlab chiqib ketdi.
Lekin men bu pulga qo'limni ham tekkizmadim. Dugonam meni ogoxlantirib qo'ydi: «Onang bu pulni qaytarib oladi», dedi. Lekin onam bunday qila olmasligini bilar va bunga qattiq ishonar edim. Lekin ma'lum bo'lishicha, onam har narsaga qodir ekan, men adashgan ekanman. Modomiki, sen bergan va'dangni ustidan chiqa olmas ekansan, yaxshisi va'da bermay qo'ya qol.
Aytingchi, bizning qaysi birimiz haqmiz?
Savollar: 1. Mazkur vaziyatda Nasiba bilan uning onasi o'rtasidagi munosabatlarga baho bering?
2.Siz maktub muallifiga qanday javob qaytargan bo'lardingiz?
6-MASALA Bine — Shtern nazariyasiga binoan bolalarda kuzatishning rivojlanishi bir qancha bosqich yoki darajalardan o'tadi. Bu darajalar muayyan bir izchilliqda bir-birining o'rnini almashtirib turadi va doimiy ravishda shunday harakatda bo'ladi:
Turli aralash buyumlarni sanab, nomma-nom aytib bera olish bosqichi (3 yoshdan 7 yoshgacha).
Bayon eta olish bosqichi: bunda buyum (narsa)larga ta'rif beriladi, ular o'rtasidagi ba'zi bir aloqalar ko'rsatib o'tiladi.
Izoxlash, tushuntirish bosqichi: bunda manzara umuman to'liq idrok etiladi, narsa va hodisalar o'rtasidagi aloqalar hamda munosabatlar ochib beriladi.
Ushbu nazariyani amalda tekshirib ko'rish vaqtida psixolog olimlar (S. L. Rubinshteyn, G. T. Ovsepyan) shunday xulosaga keladilarki, yuqorida ko'rsatib o'tilgan bosqich va darajalarni bolalarning yoshiga nisbatan olmaslik kerak. Narsa va hodisalarni qay darajada idrok etishiga qarab, bir xil yoshdagi bir qancha bolalar turli kuzatish bosqichlarida bo'lib qolishlari, xuddi shuningdek turli yoshdagi bolalar aynan shu xil bosqichda bo'lib qolishlari mumkin.