Savollar: 1. Maktabgacha yoshdagi bola o'z-o'ziga baho berishning shakllanib kelayotgan qanday o'ziga xos xususiyatlarini ta'kidlab o'tish mumkin?
Temperamentning qaysi turiga mansub bolalar o'z-o'ziga ortiqcha baho beradi, qaysinisiga mansublari o'z qobiliyatiga pastroq baho beradi?
Mos kelmaydigan (noadekvat) ravishda o'z~o'ziga baho berishning shakllanishidagi ehtimol tutilgan sabablar xususidagi o'z fikr mulohazalaringizni ayting.
12-MASALA She'rni yodlab kelish uyga vazifa qilib tolshirilgan edi. O'qituvchi kattagina she'rni bolalar qanday yodlab kelganligini tekshirib ko'rish uchun to'qqiz kishini doskaga chaqirdi. Chaqirilganlarnin hammasi o'qituvchini juda xursand qildi. To'qqiz o'quvchi bir so'zni ham qoldirmay she'rni yoddan aytib berdi.
Shu darslarga ilmiy bo'lim mudiri miyig'ida kuldi-da, shunday javob berdi: «Ha, bolalar chindan ham she'rni yaxshilab yoddan o'qidilar.
Lekin afsuski, darsingiz to'g'risida men bundan boshqa biror ijobiy fikr ayta olmayman. O'qituvchi bu gapdan hangu mang bo'lib qoldi: «Xo'sh, sizningcha men yana nimalar qilishim kerak edi? Axir men ko'p bolalardan so'rab ulgurdim, ko'plariga baho qo'ydim», - dedi.
Savollar: 1. Qani, aytingchi, fikringizcha nima uchun bu dars ilmiy bo'lim mudiriga yeqmadi?
Sizningcha, mazkur darsda bolalar qunt bilan tinglab o'tirishdimi?
Bolalarning oldida turgan o'quv vazifalari o'sib borishi va tarbiyaviy talablarning oshib borayotganligini hisobga olib, bolalar faoliyatini qay tarzda tashkil etshi mumkin edi?
13-MASALA Bola nima uchun darsga kelmaganligini izoxlovchi xat olib keldi. «Sen chindan ham kasal bo'lib qoldingmi?» — deb so'radi, undan o'qituvchi. Bola churq etmay turadi. «Xo'sh, bu xatni chindan ham sening onang yozib berdilarmi?» —deb so'raydi yana o'qituvchi. Bola javob bermaydi. «Xo'sh, unda bu xatni kim yozdi?» — deb so'rashda davom etadi o'qituvchi. «Hech kim!» — deb keskin javob beradi bola.