Pedagogik mahorat haqida tushuncha, uning o’qituvchi faoliyatidagi o’rni


Zamonaviy maktab o'qituvchisiga qo'yilgan talablar



Yüklə 38,38 Kb.
səhifə4/12
tarix19.12.2023
ölçüsü38,38 Kb.
#186763
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Pedagogik mahorat haqida tushuncha, uning o’qituvchi faoliyatida-fayllar.org

Zamonaviy maktab o'qituvchisiga qo'yilgan talablar
Hozirgi zamon pedagogika fani oldida turgan muhim muammolardan biri – o’qituvchi va pedagogik mehnat sharoiti muammosi hisoblanadi. Chunki, o’qituvchida barcha pedagogik g’oyalar mujassamlangan bo’lib, uning faoliyati orqali bu g’oyalar amalga oshiriladi va hayotga tatbiq etiladi. O’qituvchining ko’p qirrali va murakkab faoliyati zamirida yosh avlodni odobli, axloqli qilib tarbiyalash, ularni bilimlar bilan qurollantirish kabi muhim vazifalar yotadi. Bularni amalga oshirish esa o’qituvchining xilma-xil faoliyatiga bog’liq: bolalarni o’qitish, maktabdan va sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarni tashkil eta bilish va o’tkazish, ota-onalar o’rtasida pedagogik targ’ibot ishlarini olib boorish va hokazo. Bularning hammasi o’qituvchidan chuqur bilimga ega bo’lishni, o’z sohasini, bolalarni sevishni talab etadi.
O’zbekiston Respublikasi oliy ta'lim konsepsiyasida mutaxassis vazifalari quyidagicha belgilangan: …"mutaxassis o’z faoliyati, sohasidan qat'i nazar, ijodiy jamoalarda ishlay olish qobiliyatiga, menejment va marketing sohalarida tayyorgarlikka ega bo’lishi, yangi texnologiyalarni joriy etishning xo’jalik, ijtimoiy va madaniy jihatlarini aniq tasavvur qila olishi kerak". Ushbu fikrlar o’qituvchilarga ham bevosita taalluqli. Chunki jamiyatimizda sodir bo’layotgan tub o’zgarishlar, bozor munosabatlariga kirib borishimiz o’qituvchidan nafaqat kasbiy bilimlarni, balki iqtisodiy, yuridik, texnikaviy bilimlardan ham xabardor bo’lishni taqozo qilmoqda. Bu o’rinda boshlang’ich sinf o’qituvchisi xususida alohida to’xtalmoq zarur.
2. Hozirgi zamon o’qituvchisining asosiy fazilatlaridan biri – o’z kasbiga sadoqatliligi, g’oyaviy e'tiqodliligi, o’z kasbini sevishi o’qituvchini boshqa kasb egalaridan ajratib turadi. Chunki maktabda ta'lim-tarbiya ishining yuqori saviyada olib borilishi faqat o’qituvchiga, uning kasbiy tayyorgarligiga bog’liq. O’qituvchi shaxsiga qo’yiladigan muhim talablardan biri shuki, u o’zi o’qitayotgan predmetlarni chuqur bilishi, uning metodikasini o’zlashtirib olgan bo’lishi zarur.

Yüklə 38,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin