Pedagogika fakulteti ona tili va bolalar adabiyoti



Yüklə 1,65 Mb.
səhifə344/345
tarix02.01.2022
ölçüsü1,65 Mb.
#38953
1   ...   337   338   339   340   341   342   343   344   345
УМК она тили ва адабиёт 2019-2020 III semestr

5 –variant

1. Qanday birikma hosil bo'lishida egalik qo'shimchasi ishtirok etadi? A) moslashuvli birikmada B) teng bog'lanishli birikmada C) boshqaruvli birikmada D) bitishuvli birikmada

2. Birdan kirib kelmoq. Ushbu birikmadagi so'zlarning o'zaro aloqasi qaysi qatorda to'g'ri ko'rsatilgan? A) boshqaruv B) bitishuv C) kelishikli boshqaruv D) moslashuv

3. Bitishuvli so'z birikmasini toping. A) qiz husni B) ukam uchun olmoq C) birdan gapirmoq D) ukamdan olmoq

4. Quyidagi birikuvlarning qaysi biri bitishuvli birikuvga mansub emas? 1) devor soat 2) vatan ishqi 3) shunday o'yin 4) qiyin vazifa 5) chindan aytmoq 6) ashula aytgan qiz 7) xayrlashib ketmoq 8) o'qib chiqmoq 9) tezda qaytmoq 10) holdan toymoq. A) 1, 2, 4, 5, 8, 9, 10 B) 2, 4, 10 C) 1, 2, 4 D) 2, 8, 10

5. Bitishuvli birikuvlarda tobe so'z vazifasida asosan qanday so'zlar keladi? A) sifat va ravish vazifasidagi so'zlar B) sifatlar C) mustaqil so'z turkumiga oid barcha so'zlar D) ot, sifat va ravish vazifasidagi so'zlar

6. Tobe bog'lanishning qaysi usuli bilan hosil qilingan birikmalar asosan otli birikma hisoblanadi? A) boshqaruv B) moslashuv C)bitishuv D) A.B

7. Bitishuvli birikmalarda bosh so'z asosan qaysi turkumga oid so'zlar bilan ifodalanadi? A) ot va fe'l bilan B) barcha so'z turkumlariga oid so'zlar bilan C) mustaqil so'zlar bilan D) ot, olmosh va fe'l bilan

8. Bitishuv munosabatidagi birikmalar berilgan qatorni aniqlang. A) ko'klam quyoshi, bahor tongi B) olis yo'llar, tez yurdi, qizil olma C) o'lkamiz chiroyi, maktab bordi, ko'l suvi D) xat yozdi, quduq qazdi, so'z sehri

9. Qo'qqisdan kirib kelmoq. Ushbu birikmadagi so'zlarning o'zaro aloqasi qaysi qatorda to'g'ri ko'rsatilgan? A) boshqaruv B) bitishuv C) kelishikli boshqaruv D) A va C.

10. Boshqaruvli bog'lanishda kelishik qo'shimchalari va ko'makchilar odatda qaysi so'zlar tarkibida bo'ladi? A) bosh so'z tarkibida B) ergash so'z tarkibida C) bosh so'z yoki ergash so'z tarkibida D) birikma oxiridagi so'z tarkibida

11. Ergash so'z bilan bosh so'zning birikish usullarini aniqlang. A) tobe bog'lanish va ergash bog'lanish B) moslashuv, boshqaruv, bitishuv C) ergash so'z va bosh so'z D) bosh so'z bilan ergash so'zning mosligi

12. Moslashuv yo'li bilan bog'langan birikmalarda ergash so'z bosh so'zga qanday vositalar yordamida bog'lanadi? A) ko'makchilar yordamida B) so'z tartibi va tobe ohang yordamida C) turli kelishik qo'shimchalari yordamida D) qaratqich kelishigi yordamida.

13. Moslashuvli bog'lanishda egalik qo'shimchasi odatda qaysi so'z tarkibida bo'ladi? A) bosh so'z tarkibida B) ergash so'z tarkibida C) bosh so'z yoki ergash so'z tarkibida D) so'z birikmasida qaysi so'z oldin joylashsa, o'sha so'z tarkibida

14. Yomondan qoch, yaxshiga quloch och. Shu maqoldagi so'zlarning o'zaro aloqasi qanday yo'l bilan amalga oshgan? A) gapda so'zlar teng va tobe bog'langan. B) boshqaruv va moslashuv yo'li bilan C) faqat boshqaruv yo'li bilan D) bitishuv va boshqaruv yo'li bilan

15. Boshqaruv yo'li bilan bog'langan so'z birikmalarini aniqlang. A) uyga qaytish, olma terish, sayr haqida suhbatlashish B) ko'chaning chetida, chelakka solish, sharifani ko'rish C) bog' tomonga yurish, kitob o'qish, keng uy D) qarmoq bilan tutish, o'qish to'g'risida gaplashish, akam topshirig'i

16. Moslashuv yo'li bilan bog'langan so'z birikmasini toping. A) kuchli shamol B) kitob o'qish C) maktab bog'i D) jadal yur

17. Boshqaruv yo'li bilan birikkan so'z birikmasini aniqlang. A) kitob o'qish B) birga ishlamoq. C) tezda kelmoq D) mahallaning qariyalari

18. Qaysi qatorda ergash so'z bilan bosh so'zning moslashuvli birikishi berilgan? A) do'stga sadoqat B) chiroyli yozmoq C) maktab kutubxonasi D) suv bilan to'ldirmoq.

19. Bitishuv yo'li bilan birikkan so'z birikmalarida ergash so'zni ko'rsatuvchi asosiy belgilar qaysilar? A) grammatik vositalarni olgan so'z ergash so'z B) ko'makchilardan oldin kelgan so'z ergash so'z C) oldin kelgan so'z ergash so'z D) kelishik qo'shimchasini olgan so'z ergash so'z

20. Qaysi qatordagi gapda boshqaruvli birikmaning bosh va ergash so'zi tartibi o'zgargan holda berilgan? A) Har bir inson o'z orzusini amalga oshirish yo'lida tinmay mehnat qiladi. B) Maqsadga erishish yo'lidagi mashaqqatlardan chekinmaslik kerak. C) Vatan ozodligi yo'lida jon berganlar ruhi abadiydir. D) Tinglab qalb so'zlarini, belbog'ini bog'lab beliga.

21. Moslashuvli birikma qaratqich kelishigi qo'shimchasisiz hosil bo'lgan qatorni belgilang. A) Hosil uchun kurash boshlandi. B) Ota-onalar majlisi kechgacha davom etdi. C) Sayilda shahar tomon ketishga oshiqayotgan odamlarga duch keldik. D) Baland binolar qad ko'tarib turadi.

22. Bitishuv aloqali birikma misollarning qaysi birida bor? A) Uzum uzishga yordamchilar yetib kelishdi. B) Direktorning kabinetida yig'ilish bo'lib o'tdi. C) Avtobus bekatida do'stim bilan uchrashib qoldim. D) Katta tanaffusda biz suhbatlashib o'tirdik.

23. Boshqaruv yo'li bilan birikkan so'z birikmalari qatorini toping. A) kichik korxona, yakuniy baho B) san'at bayrami, dugonamning singlisi C) shoir bilan uchrashish, sahroga hujum D) Valining uyi, paxtakorlar yutug'i

24. Kelishikli boshqaruv qatnashgan gapni aniqlang. A) Yaxshi o'g'il otga mindirar, yomon o'g'il otdan indirar. B) O'quvchilarning tashabbusi bilan ish boshlandi. C) Yigit tezda chiqib olibdi. D) Xalqim uchun, Vatanim uchun jon fido qilaman.

25. So'z birikmasidagi moslashuv qaysi qatorda berilgan? A) derazani ochmoq B) moviy osmon C) ilmda o'tkir D) uzukning ko'zi.

26. Boshqaruv yo'li bilan hosil bo'lgan so'z birikmasini toping. A) opasiga gapirmoq B) birga yurmoq C) tezda keladi D) zimdan kuzatmoq

27. Bitishuv yo'li bilan hosil bo'lgan so'z birikmasini toping? A) bolalar haqida g'amxo'rllk B) maktab hovlisi C) o'ylab gapirmoq D) gapirishga oson

28. Qaysi qatorda ergash so'z bilan bosh so'zning faqat moslashuvli birikishi berilgan? A) buloq suvi, oq paxta, ilonning yog'i B) maktab hovlisi, o'z ukang, uning daftari C) tonggi kontsert, baxmal ko'rpa, toza ko'ylak D) yer yong'oq, bizning uy, uning aksi, kitob muqovasi

29. Bitishuv yo'li bilan bog'langan so'z birikmasini aniqlang? A) Zahar solmoq emish kasbi ilonning B) Men uyda qoladigan bo'ldim C) Gulni sevgan tikanini ham sevadi. D) Tantanali qism juda qisqa bo'ldi.



30. So'z birikmalarining qaysi birida ergash so'z ayrim hollarda kelishik qo'shimchasisiz ishlatilishi mumkin? A) moslashuvda B) boshqaruvda C) bitishuvda D) A, B

Yüklə 1,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   337   338   339   340   341   342   343   344   345




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin