Ilmiy uslubning ilmiy va ilmiy-ommabop korinishlari bor.
Ilmiy-ommabop bayon ozining leksik tarkibi va sintaksisi bilan xalq
ommasiga moljallangan boladi: bunga izohli lugatlar, sohalarga oid lugatlar
kiradi. Ilmiy uslubda esa tabiat va ijtimoiy hayotdagi hodisalar aniq
tariflanadi, tushuntiriladi. Bu uslub ozining alohida maxsus vazifasiga
ega ekanligi bilan ajralib turadi. Ilmiy uslub ilmiy terminologiya bilan
bogliq. Odatda, terminlar ilmiy uslubning leksikasini tashkil etadi. Lekin
ilmiy asarlar tili faqat terminlardangina tashkil topmay, unda mavhum
leksika va kop manolilik xususiyatiga ega bolgan umumxalq sozlari ham
shartli ravishda qollanadi. Ilmiy uslubda yana fanning turli sohalariga oid
ramz va belgilari, raqamlari ham ishlatiladi.
Ilmiy uslubning ogzaki va yozma shakllari ham mavjud. Ilmiy
ogzaki uslub tili ancha sozlashuv tiliga yaqin bolsa-da, biroq undagi
qollanayotgan soz-terminlar, aniqlik, tarif va izchilliklar ilmiy uslub
ekanligini isbotlab turadi. Bunda adabiy tilning ogzaki shakli muhim orin
tutadi. Ilmiy uslubda fikr yuritayotgan shaxs turli xil tasviriy
vositalardan iloji boricha qollamasligi lozim. Har bir fikr oz tasdigini
ilmiy va mantiqiy asosda topmogi zarur.
1. Savollarga javob bering.
Fan deganda nimani tushunasiz?
Qanday fanlarni bilasiz?
Fanlarning onasi deb nimaga aytiladi?
Ilm-fan qachon paydo bolgan?
2. Berilgan qatorlarni davom ettiring.
Fan sohalari uch katta qismga ajratiladi:
aniq fanlar: …………………………………………..;
tabiiy fanlar: …………………………………………;
ijtimoiy fanlar: ……………………………………… .
3. Matnni o‘qing. Ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarning ma’nosini
tushuntiring. Fanning rivojlanish bosqichlarini jadval shaklida
ifodalab, gapirib bering. Fan – dunyo haqidagi bilimlar tizimi, ijtimoiy ong shakllaridan
biri. U yangi bilimlarni egallash bilan bogʻliq faoliyatni ham, bu
faoliyatning mahsuli – olamning ilmiy manzarasi asosini tashkil etuvchi
bilimlarni ham oʻz ichiga oladi; inson bilimlarining ayrim sohalarini
ifodalaydi. Fanning bevosita maqsadi oʻzining oʻrganish predmeti
hisoblangan voqelikning qonunlarini kashf etish asosida shu voqelikning
jarayon va hodisalarini taʼriflash, tushuntirish, oldindan aytib berishdir.
Fanning ilk kurtaklari kishilik jamiyatining paydo boʻlishi bilan
bogʻliq holda maydonga kelgan. Dastlabki bilimlar amaliy xarakterga
ega boʻlgan. Tafakkur tizimining kurtaklari mifologiya sifatida qadimgi
Sharq va Yunonistonda paydo boʻla boshlagan. Mifologiya fanga oʻtish
boʻsagʻasida maʼlum bosqich vazifasini bajargan. Rivojlanish davom
etishi bilan mifologiya oʻrnini naturfalsafa egalladi. “Avesto”da
mifologiya va fan unsurlari bor edi. Zenon, Demokrit, Aristotel va
boshqa qadimgi zamon mutafakkirlari tabiat, jamiyat va tafakkurni goho
birgalikda, goho ayrim-ayrim ravishda bayon etishga urina boshladilar.
Dunyoni bir butun deb ifodalovchi tushunchalar, isbotlash usuli paydo
boʻldi. Ellinizm davrida Yevklid, Arximed, Ptolemey tomonidan
geometriya, mexanika, astronomiya sohasida dastlabki nazariy tizimlar
yaratildi.
Oʻrta asrda Sharq olimlari fanga ulkan hissa qoʻshdilar. Ular
qadimgi fan yutuqlarini, ilmiy asarlarni saqlash, tarjima qilish va ularni
tarqatish masalasiga katta eʼtibor berdilar. Ayni vaqtda fanni yangi
yutuqlar bilan boyitdilar, yangi kashfiyotlar qildilar. Oʻrta Osiyoning
buyuk olimlari ilm-fanning yangi tarmoqlarini yaratdilar va yangi
qonun-qoidalarni kashf etdilar.
Yevropada Uygʻonish davri arafasida, XII asr boshlaridan AlXorazmiy, Ibn Sino, Al-Kindiy, Ibn Rushd va boshqalarning asarlari
lotin tiliga tarjima qilina boshladi. Leonardo da Vinchi, Rodjer Bekon,
Tomas Gobbs, Nikolay Kopernik, Jordano Bruno, Galileo Galiley,
Iogann Kepler, Rene Dekart kabi olimlar tabiat haqidagi fanlarni
rivojlantirdilar. Astrologiya oʻrnini astronomiya, alkimyo oʻrnini kimyo
egalladi.
Yangi davr deb ataluvchi zamonda fanning ijtimoiy roli yanada
oshdi. U madaniyatning muhim tarmogʻi va texnikaning nazariy asosiga
aylana boshladi. XVI–XVII asrlarda klassik fizikaning poydevori
qurildi. Fanning nazariya darajasiga koʻtarilganligi tafakkurning induktiv
va deduktiv rivojlanishiga yoʻl ochib berdi. Mavjud ilmiy faktlar Isaak
Nyuton tomonidan dinamikaning asosiy qonuni sifatida taʼriflandi. Bu
umumlashtirilgan qonundan XVI–XIX asrlarda xususiy qonuniyatlar
kashf etildi. Mexanika fani mantiqiy rivojlanib, turli soha olimlari uning
isbotlangan qonuniyatlaridan foydalana boshladilar.
Sanoatda tub oʻzgarishlar yuz berishi (XVIII asr oxiri) tufayli
fanning taraqqiyotida yangi bosqich boshlandi. XIX asrda fizikada yangi
fanlar (termodinamika, klassik elektrodinamika) paydo boʻldi,
biologiyada evolutsion taʼlimot va hujayra nazariyasi vujudga keldi,
energiyaning saqlanish va oʻzgarish qonuni shakllandi, astronomiya va
matematikada yangi konsepsiyalar rivojlandi. Geometriya sohasida
inqilobiy taʼlimot yaratildi: asrlar davomida hukm surib kelgan Yevklid
geometriyasi yagona emasligi, balki noyevklid geometriyalar ham
borligi isbotlandi. D. Mendeleyevning davriy tizimi har xil kimyoviy
elementlar orasidagi ichki bog‘lanishni ifodaladi.
Matematika va fizikada XX asrda ham katta yutuqlar qoʻlga
kiritildi, texnika fanlarida radiotexnika, elektronika kabi sohalar paydo
boʻldi. Kibernetika vujudga keldi. Fizika va kimyo fanlaridagi
muvaffaqiyatlar hujayralardagi biologik jarayonlarni yanada chuqurroq
oʻrganishga imkon berdi, bu hol qishloq xo‘jaligi va tibbiyot fanlarining
rivojlanishiga olib keldi. Fanning ishlab chiqarish bilan yaqin
hamkorligi yuz berib, uning ijtimoiy hayot bilan aloqalari
mustahkamlana boshladi. Sohaviy terminlar va ularning qollanishi
Har qanday til taraqqiyoti va boyishi qonuniyatining manbalaridan biri
ozlashmalardir. Uzoq muddatli tarixiy taraqqiyot davomida ozbek xalqi
ozga xalq va millatlar bilan mustahkam siyosiy, iqtisodiy, madaniy, ilmiy va
lisoniy munosabatlarda bolgan. Bunday aloqalar natijasida ozbek adabiy
tilining lugat tarkibi yangi tushunchalar hisobiga yanada boyidi va boyib
bormoqda.